О‘zbekiston respublikasi
-MAVZU:ANTIK DAVRI YUNON ADABIYOTI
Download 417.5 Kb.
|
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a
3-MAVZU:ANTIK DAVRI YUNON ADABIYOTI.
Reja: 1.Yunon lirikasi. 2.Salon ijodi. 3.Sapfo lirikasi. Adabiyotlar: 1. 1. I. Karimov. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kkuch. T., Ma`naviyat, 2008. 2. Alimuhamedov N. “Antik adabiyot tarixi”. Toshkent. “O’qituvchi”. 1975 yil. 3.Mahmudov M. “Hayrat va tafakkur”. Toshkent. “G’.G’ulom Adabiyot va san’at nashriyoti”. 1990 yil. 4.Aristotel. “Poetika”. Toshkent. 1980 yil. 5.Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov. “Cho’qqida qolgan ovchining ohi-zori”. Toshkent. “Sharq”. 1998 yil. 6.Kun N.A. Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari. Jahon adabiyoti jurnali. 2005 yil may.
Qadimgi Yunonistonning yirik elegiyanavislaridan biri Salondir (taxminan 635-559 yillar). Barcha yunon shoirlariga qaraganda Salonning hayoti ancha aniq. Uning haqida qadimgi zamonning atoqli kishilari – Plutarx, Aristotel ba‘zi ma‘lumotlarni qoldirib ketganlar. Shu manbalarga qaraganda shoir aristokrat oilasida tug’iladi, ammo shoirning tug’ilish vaqtiga kelganda uning nasli o’tmish mavqelarini yo’qotib, ancha kambag’allashib qolgan edi. Salon o’zining iqtisodiy ahvolini tuzatish maqsadida savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanadi. Shu munosabat bilan juda ko’p sayohat qiladi, turli shaharlarda, uzoq mamlakatlarda bo’ladi. Bu sayohatlar uning tajribasini oshiradi, fikrini kengaytiradi va yirik davlat arbobi bo’lib yetishuviga imkon beradi. Afinaning ravnaq topishi yo’lida ko’rsatgan bir qancha xizmatlari tufayli 595-yilda Salonni Afina davlatining oliy mansabiga saylaydi. Salon poeziyasining ko’pchilik qismi yangi islohot ishlariga bag’ishlangandir. Bu she‘rlarda shoir o’zi joriy etgan usul – qonunlarni tashviq qiladi. Salonning she‘rlari chuqur vatanparvarlik g’oyalari va Afinaning porloq istiqboliga ishonch tuyg’ulari bilan sug’orilgandir. Salon yunon elegiyasini yangi mazmun va yangi g’oyalar bilan boyitadi, axloq, odob masalalari ustida ham to’xtalib zamondoshlarini chinakam inson bo’lishga chaqiradi. Shoir she‘rlarida davrning sadosi shu qadar kuchli yangraydiki, bu sado Yunon va Rim poeziyasiga kuchli ta‘sir ko’rsatadi. Poeziyaning oddiy turlari hisoblangan yamb hamda elegiya bilan birga VII-VI asrlarda monodik, ya‘ni chkkaxon lirika ham benihoya tez taraqqiy etadi. Bu janrni Pesbos orolida tug’ilib o’sgan ikki ulug’ shoir – Alkey hamda Sapfolar yuksak cho’qqiga olib chiqdilar va yunon poeziyasida ko’rilmagan insoniy his va tuyg’ular bilan sug’ordilar. Manbalarning guvohlik berishicha Alkey poeziyasi o’zining muxtasarligi, tilining ravonligi, misralarning nafisligi bilan antik dunyo kishilari qalbidan joy olgan. SHoira Sapfo ham aristokrat oilasida dunyoga keladi. U o’z vatanida maktab ochib, Yunonistonning turli yerlaridan kelgan yoshlarga ashula, raqs, muzika, she‘riyatdan dars beradi va maktabini “Muzalar oshiyoni” deb atagan. Shoiraning asarlari ayollarga bag’ishlangandir. Qadimgi manbalar Sapfoning o’nta kitob yozganini xabar qiladilar. Bular barchasi XI asrda yondirib yuborilgan. Sapfo lirikasini o’qir ekansiz, ajoyib bir xususiyat yaqqol ko’zingizga tashlanadi. U ham bo’lsa shoiraning tabiat shaydosi ekanligidir. Sapfo ijodining butun mohiyati, ahamiyati ham poeziyada insonning ichki hissiyot dunyosini ochganligidadir.
Download 417.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling