О‘zbekiston respublikasi
Migel Servantes de Saavedra
Download 417.5 Kb.
|
Αzbek filologiyasi fakulteti o‘zbek adabiyoti kafedrasi jahon a
Migel Servantes de Saavedra 1547- yil 29- sentabrda Ispaniyaning Alkala de Enares shahrida tug'ilgan. Uning otasi Rodrigo de Servantes tabiblik bilan shug'ullanar edi. U qadimiy, biroq tanazzulga uchragan dvoryanlarsulolasiga mansub edi. Bunday oiladan chiqqan kishini idalgo deb atar edilar. Servantesning bobosi Andaluziyada yuqori mansabni egallagan, Kordobaning alokaldi lavozimini ado etgan. Biroq yozuvchining otasi hech qanday mavqega ega emas oddiy tabib edi, buning ustiga qulog'i yaxshi eshitmas edi. Servantesning onasi ham kambag'allashib qolgan dvoryanlardan edi. Bo'lajak yozuvchi oiladagi yetti farzandning to'rtinchisi edi. Otasi tuzukroq ish izlab doimo bir joydan ikkinchi joyga ko'char edi. Nihoyat 1551- yilda Rodrigo de Servantes Valyadomedada muqim joylashadi, bu shahar qirollik poytaxti edi. Biroq bir yil o'tgach, ishlari orqaga ketib, mulkini sotishga majbur bo'ladi. Shundan so'ng yana oilaning sargardonligiboshlanadi, Kordoba, Madrid, yana Valyadomeda... Seviliya shahrida boshpana topgach, Migelni 10 yoshida iyezuitlar kollegiyasiga o'qishga beradilar. U yerda 4 yil davomida o'rta ta'limni oladi. Keyinchalik o'qishini Madridda, zamonasining eng yaxshi pedagogi hisoblanmish Xuan Lopes Oyos qo'lida davom ettiradi. Uning ilk she'ri 1568- yilda yozilgan bo'lib, Filipp II ning uchinchi xotini qirolicha Izabellaning dafn marosimiga bag'ishlangan edi.
Bu davrga kelib Servanteslar oilasi butkul tanazzulga yuz tutgan edi, endi Migel o'zining nonini o'zi topib yeyish ustida qayg'urishi lozim edi. Ustozi Xuan Lopes Oyosning tavsiyasi bilan Servantes saroy xizmatiga kiradi, Ispaniya va Vatikan o’rtasidagi ba’zi bahsli masalalarni hal qilish uchun kelgan favqulodda muxtor elchi papa Pil Beshinchi qo'lida ishlay boshlaydi. Elchi monsinor Julio Akvaviva bilan birgalikda Servantes yurtini tark etadi va Rimga keladi. Akvaviva qo'l ostida bir yil xizmat qilgach, 1570- yilda Italiyadagi ispan armiyasiga xizmatga kiradi. Armiyada besh yillik hayoti davomida Servantes italiya turmush tarzi bilan yaqinroq tanishadi, yirik Italiya shaharlarida bo'ladi, italyan tilini o'rganadi, o'zining ijtimoiy sohadagi bilimlarini kengaytiradi. 1571- yilda Lepanto yaqinida raashhur dengiz jangi bo'lib o'tadi, unda avstriyalik Xuan boshchiligidagi muqaddas liga O'rta Yer dengizining sharqiy qismidagi Turkiya hukmronligiga barham beradi. Bu jangda Servantes uch yeridan yaralanib, gospitalga tushadi va 1572- yilga qadar davolanadi. Yaralangan chap qo'li ishlamay qoladi. Shunga qaramay Servantes yana dengiz janglarida ishtirok etadi, keyingi yillarda avstriyalik Xuan boshchiligida Goleta va Tunis qal'alarini mustahkamlash uchun Shimoliy Afrikaga jo'natilgan ekspeditsiya korpusiga kirdi. 1576- yih xizmatni tugatib Ispaniyaga qaytadi, Biroq yozuvchi tushgaa galeraga yo'lda qaroqchilar hujum qiladi va uning Jazoirdagi asirlik hayoti bosManadi. Uning boshi uchun o'sha davrda nihoyatda baland bo'lgan miqdorda 500 oltin eskudo talab qiladilar, uni juda badavlat deb o'ylaydilar. 5 yillik mahbuslik hayoti davomida Servantes umidsizlikka tushmadi, hatto raqibi Hasan Poshshoning muhabbatini qozonadi. Yozuvchi mahbuslikdan 1580- yilning 19- sentabrida ozod qilindi. Mahbuslik yillari boshdan kechirganlari keyinchalik «01ijanob muxlis*, «Mahbus tarixi» kabi asariarida o'z aksini topadi. Faxriy urush veterani sifatida vataniga qaytgan Servantesni muhtojlikka yuz tutgan oilasi kutib oladi. Otasi butunlay kar bo'lib, shifokorlik qila olmay qolgan edi. Servantes yana ish izlay boshlaydi. Uning oldida ikki yo'l turar edi. Yo harbiy xizmatga qaytish, yo ijod bilan shug'ullanish. Albatta, badiiy ijod bilan oilani boqib bo'lmas edi, shu sababli Servantes harbiy xizmatni tanlaydi, Portugaliyada xizmat qiladi, 1581- yilda Shimoliy Afrikaga kuryer sifatida boradi. Biroq harbiy ish unga o'zi o'ylagan moddiy farovonlik keltirmaydi. Bu orada Katalina de Salasar Palasoyega uylanadi, lekin uning uncha ko'p bolmagan sepi ham Servantesning moddiy ahvolini yaxshilamaydi. 1585- yilda Servantes Andaluziyaga boradi. Hayotining keyingi 15 yilini Seviliya shahrida o'tkazadi. Bu yerda «Yengilmas Armada* uchun oziq-ovqat yetkazib beruvchi boshqarmaga komissar qilib tayinlanadi. 1594- yilda uni soliq yig'uvchi vazifasiga o'tkazadilar. Biroq uning omadi yurishmaydi, kamomad chiqadi va uni soliq pullarini yashirishda ayblaydilar. Servantes o’zining aybsizligini isbotlay olmaydi va uni Seviliya shahar qamoqxonasiga uch oy qamab qo’yadilar. 1604-yili Servantes Seviliyani tark etadi va Valyadolidga joylashadi. Keyinchalik bu yerga xotinidan boshqa oila a'zolari ko'chib keladi. Bu orada uning ukasi Rodrigo vafot etadi. Endi Servantesning oilasi singfllari va jiyanidan iborat edi. Valyadolidda Servantes sermahsul ijod qildi. ljodining ispaniya va Marokashda o'tgan birinchi davridan kam ma'lumot saqlanib qolgan. Lekin Valyadolid bosqichida u yaratgan olmas asarlar bizgacha yetib kelgan. Bu bosqichda «Cho'pon Mel» romani, «Galateya» dramatik asarlarini ham yaratgan, biroq ular bizgacha yetib kelmagan. «Galateya»ning birinchi qismi 1585- yilda bosilgan. Bu asarning XVIII asrdagi shuhrati «Don Kixot» dan kam bo'lmagan. 1603- yildan u «Lamanchlik ayyor idalgo Don Kixot» asarini yozishga kirishadi, shuningdek, bu bosqichda «Sakkiz komediya va sakkiz intermediya» hikoyalar to'plami va «Parnasga sayohat» dostonini yozadi. «Don Kixot» romani ikki qismdan iborat. Asarning birinchi qismi bosilgach, o'n yildan so'ng ikkinchi qismi e'lon qthnadi. Bu oraliq davr ichida Servantes o'z davrida katta shuhrat keltirgan “Ibratli novellalan” ni yozadi. Servantes umrining so'nggi davrlarini Madridda o'tkazdi. Bu paytga kelib Madrid poytaxtga aylangan edi. Servantesning asariari unga shon-shuhrat keltirgan bo'lsa ham moddiy ahvolini yaxshilamadi, u rasmiy doiralar uchun omadsiz, ishonchsiz kishi bo'lib qolaverdi. Bu davrda ketma-ket ayriliqlarni boshidan kechirdi, ikki singlisi vafot etdi. Xotini rohiblikni qabul qildi. Servantes ham unga ergashdi. 1609- yilda Muqaddas qullar jamiyatiga a'zo bo'lib kiradi. Bu jamiyatda Lope de Vega va Kevedo singari mashhur kishilar bor edi. Keyinroq esa Fransiska ordeni diniy jamiyatiga kiradi va o'limidan oldin o'zini batamom Xudoga bag'ishlaydi. Uning so'nggi romani «Persiles va Sixizmunda sayohati» dir. Asar 1616- yilda yozib tugatiiadi va yozuvchining o'limidan so'ng hashr qilinadi. Bu asarda Servantesning shunday so'zlari bor: «Quvonchlar, meai kechiringlar! Ko'n-gilxushliklar, meni kechiringlar! Qiuvnoq do'stlarim, meni kechiringlar! Men narigi dunyoda tez orada va shodiyona uchrashamiz degan umidda bu dunyodan ko'z yumaman». Download 417.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling