O`zbekiston respublikasi


MAHMUD QOSHG`ARIYNING «DEVONU LUG`ATIT TURK» ASARI HAMDA


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72
Bog'liq
til tarixi

MAHMUD QOSHG`ARIYNING «DEVONU LUG`ATIT TURK» ASARI HAMDA 


 
34 
UNING TARIXIY VA ILMIY AHAMIYATI 
XI asrda turkiy qabilalar orasidagi munosabat kuchaydi. Lekin tilda turli xil 
qabila  va  urug`  tiliga  oid  formalar  qo`llanilar  edi.  Ana  shu  davrda  turkiy  tilda 
ma`lum  normalarni  yaratish  ehtiyoji  vujudga  keladi.  Ana  shu  talabni  qondirish 
maqsadida M.Qoshg`ariy «Devonu lug`atit turk» asarini yaratdi va bu bilan turkiy 
xalqlarning tilshunosligiga hamda  madaniyatiga ulkan hissa qo`shdi. Ma`lumki, bu 
asarning  yuzaga  kelishi  mamlakatda  qoraxoniylar  hukmronligining  o`rnatilishi  va 
Somoniylar  zamonasidagi  madaniyat  va  ilmiy  traditsiya  qoraxoniylar  davrida  xam 
davom ettirilishi bilan bog`liq edi. Ana shu davrda M.Qoshg`ariy arab filologiyasini 
o`qib  o`rgandi.  U  arab  filologiyasini  qanchalik  o`rganib  borsa,  o`z  ona  tilini 
o`rganish bilan shu darajada qiziqib bordi. U uzoq yillar mobaynida shaharma-shahar, 
tog`ma-tog` kezib, u erlarda yashagan turkiy xalqlar hayotini, etnografiyasini va shu 
bilan bog`liq ravishda tilini o`rganib chiqdi. Har bir qabila tiliga xos bo`lgan dialektal 
xususiyatlarni  aniqladi.  «Men,  deb  yozadi  M.K.,  -  turklar,  turkmanlar,  o`ruzlar, 
chigillar, yag`molar, qirg`izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko`p yillar 
kezib chiqdim, lug`atlarini to`pladim. Turli xil so`z xususiyatlarini aniqladim. Men bu 
ishlarni til bilganim uchun emas, balki har bir kichik farqlarni aniqlash uchun qildim, 
bo`lmasa,  men  tilda  ularning  etuklaridan,  eng  katta  xushfahmlaridan  usta 
nayzadorlaridan  edim.  Ularga  shuncha  diqqat  qildimki,  turklar,  o`g`uzlar,  yag`molar, 
qirg`izlarning  tillari  butunlay  dilimga  jo  bo`ldi.  Ularni  puxta,  bir  asosda  tartibga 
soldim»(DLT.   I. 44-bet). 
Maxmud Qoshg`ariy «Devon»da o`sha davrdagi turkiy qabilalar leksikasi, 
fonetikasi va fammatik qurilishini yoritib berdi. 
«Devon»da  M.Qoshg`ariy  iste`molda  bor  so`zlarni  izohlash  bilan  bir 
qatorda, har bir turkiy qabilaning o`ziga xos xususiyatini berish uchun alohida yo`l 
tanlaydi. Bu haqda shunday deydi: «Men har bir qabilaga mansub so`zlarni yasalish 
xususiyatlarini  va  qanday  qo`llanishini  qisqacha  izohlab  ko`rsatish  uchun  alohida 
yo`l tutdim. Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo`llanib kelgan she`rlardan, 
shodlik  va  motam  kunlarida  qo`llaniladigan  xikmatli  so`zlaridan,  maqollaridan 


 
35 
keltirdim»  (DLT,  I,  47-bet)  M.Qoshg`ariy  so`z  ma`nolarining  kengayishi, 
etimologiyasi kabi hodisalar haqida ham to`xtalgan. 
Mahmud  Qoshg`ariy  chetdan  qabul  qilingan  so`zlarga  ikki  xil 
munosabatda  bo`ladi.  Predmet  va  tushuncha  bilan  bog`liq  ravishda  kirib  kelgan 
so`zlarga  ijobiy  munosabatda  bo`ladi.  Tilda  mavjud  bo`lgan  so`zlar  o`rnida  boshqa 
tildan olingan so`zni qo`llashga    salbiy  qaragan  va bu  holatni  zararli,  manfiy  holat 
deb bilgan. Bunga ko`ra  bilge, bitik,   urag`ut kabi turkcha so`zlar o`rnida arabcha 
olim, kitob, ayol so`zlarini qo`llamaslik kerak.  
M.Qoshg`ariy o`sha davr fonetikasiga doir qimmatli fikrlarni bayon qiladi. 
SHu davr alfaviti to`g`risida: «Turkiy tillarda qo`llaniladigan asosiy harflar soni 18 
tadir.  Xolbuki,  tildagi  tovushlar  18  ta  emas,  ko`pdir.  Bu  18  harf  etishmaydi. 
Bulardan  boshqa  tilda  mavjud  bo`lgan  tovushlarni  berish  uchun  yana  7  ta  tovushni 
ana shu  mavjud  harflar  ustiga  maxsus  belgi  qo`yib  yoziladi»  (DLTD  , 47-48-bet). 
SHuningdek,  M.Qoshg`ariy  unli  va  undosh  tovushlar,  ularning  xarakteristikasi, 
tovush almashinishi qonuniyatlari haqida o`rinli fikrlarni bayon qiladi. 
«Devon»da  turkiy  tshshar  morfologiyasi  haqida  ham  ma`lumotlar  bor. 
Unda  so`z  turkumlari  va  so`z  yasovchi  affikslar  o`z  davriga  yarasha  yoritilgan. 
M.K.Aristotel’  fikriga  tayanib,  turkiy  tilda  3  ta  so`z  turkumini  ajratadi:  ot,  fe`l, 
yordamchi  so`zlar.  M.Qoshg`ariy  sintaksis  masalalarini  «Devon»da  yoritmaydi, 
chunki  bunga  bag`ishlab  maxsus  asar,  «Javohirun-nahv  fil-lug`atit  turk»  asarini 
yozgan, lekin u bizgacha etib kelmagan. 
«Devonu lug`atit turk» asari 1914 yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan 
topiladi.  Qo`lyozmani  ko`chiruvchi  Muhammad  binni  Abu  Bakr  Damashqiyning 
yozishicha, u nusxani M.Qoshg`ariyning o`z dastxatidan olgan. 
«Devonu  lug`atit  turk»  1915-17  yillarda  uch  tomdan  iborat  qilib 
Istambulda nashr etiladi. SHu nashr asosida K.Brokkel’man 1928 yilda nemischaga 
tarjima  qilib,  uni  nashr  qiladi.  1939  yilda  Anqarada  Basim  Atalay  turk  tiliga 
tarjima  qiladi.  1960-63  yillarda-esa  prof.  S.Mutallibov  «Devon»ning  o`zbek 
tilidagi tarjimasini yaratdi. 


 
36 
«Devonu  lug`atit  turk»  turkiy  xalqlar  tillari  tarixini  o`rganishda  muhim 
manbadir.  Ayni  zamonda,  uni  o`z  davrining  entsiklopedik  asari  deyish  mumkin. 
Asarda  turli  qabila  va  xalqlarning  tarixi,  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvoli,  urf-odati, 
geografiyasi  materiallari  bordir.  Bu  asarni  o`rganish  bilan  O`rta  Osiyo  xalqlari  va 
O`rta  Osiyo  madaniyatining  kelib  chiqishini  yoritishda  yuz  bergan  xato  va 
kamchiliklarni  bartaraf  qilish  mumkin.  Mazkur  asarning  tarixiy  ahamiyati  ham 
shundadir. 
Muhimi  shundaki,  M.Qoshg`ariy  tomonidan  berilgan  ma`lumotlar  hozirgi 
turkiy  tillarni  o`rganishda  va  ularning  qiyosiy  tarixiy  grammatikasini  yaratishda 
qimmatli manba bo`lib qoldi. 
 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling