O`zbekiston respublikasi


XIV-XVI ASRLAR ADABIY TILIDA


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72
Bog'liq
til tarixi

XIV-XVI ASRLAR ADABIY TILIDA 
ARABCHA, FORSCHA SO`ZLAR 
Akademik V.Radlov eski o`zbek tili, chig`atoy tili, usmonli turk tili kabi turkiy, arab 
va fors elementlarining aralashuvidan hosil bo`lgan su`niy bir til degan fikrni ilgari suradi. 
Ma`lumki bunday elementlarning shu davr adabiy tilida mavjud bo`lishi turli tarixiy 


 
101 
sharoitlar bilan bog`liqdir. Albatta, bunga sabab fors-tojik adabiyoti bilan o`zbek adabiyotining 
yaqinligi buldi. SHu tufayli XIV asrning 2-yarmi va XV asrdan boshlab qadimgi turkiy so`zlar 
zamona  talablariga  muvofiq  arabcha  va  forscha  so`zlar  bilan  almashtiriladi.  Bundan  tabiiy 
ko`pchilikni diniy-ilohiy tushunchalar ifodasi bo`lgan so`zlar tashkil qiladi: idi-ega, xudo, 
alla, taolo; uchmaq-jannat, behisht, tamug-do`zax kabilar. 
Qadimgi turkiy so`zlarnimg arabcha-forscha so`zlar bilan almashtirilishi diniy 
tushunchalar  doirasida  emas,  balki  hayotiy  so`zlar  doirasida  ham  yuz  bergan:  baliq-
shahar, asig-fāyda, achun-dunyo, irin-lab va h.o. 
O`zbek  tili  o`zining  shakllanishi  va  rivojlanishi  protsessida  qadim  zamonlardan 
buyon  O`zbekiston tarixi bilan taqdir bog`lab kelgan ko`pgina tillar  bilan munosabatda  bo`lib 
keldi. SHu protsessda aloqador tillardan zaruriy so`z va iboralar o`zbek tilining lug`at sostaviga 
kelib qo`shildi.  
O`rta  Osiyoning  va  O`zbekistonning  sho`rolar  tuzumi  davrigacha  qabul  qilingan 
so`zlarning  asosiy  qismini  arab,  fors-tojik  tilidan  olingan  so`zlar  tashkil  qiladi.  Bu  so`z  va 
iboralar hamda ular bilan bog`liq holda kirib kelgan ayrim grammatik formalar zamonlar o`tishi 
bilan  o`zbek  tilining  tub  elementlari  qatoriga  o`tib  keggandir.  Arab  va  fors  tillarining  ta`sir 
doirasi  ayniqsa  XV  asrda  kuchaydi.  Ma`lumki,  o`zbeklar  o`ratasida  feodal  munosabatlarning 
rivojlanib borishi va u bilan bog`liq bo`lgan moddiy va ma`naviy hayotning rivojlanib borishi 
arabcha va forscha so`z, iboralarning tilga kirib kelishi uchun keng yo`l ochib berdi. Tojik va 
o`zbek  adabiyotining  o`zaro  yaqinlik  munosabati  o`zbek  tilidagi  badiiy  adabiyotning  misli 
ko`rinmagan  darajada  rivoj  topishi,  o`zbek  klassik  adabiyotining  tug`ilishi  va  taraqqiy  etishi 
bilan arabcha va forscha so`zlar o`zbek tilida keng va chukur ildiz yoyib keldi. O`zbek adabiy 
tilida bu hol XIV asrdan boshlab XU-XU1 asrlarda ochiqroq ko`rindi. Xuddi shu davrga kelib 
forsiy  tili  deb  atalgan  eski  tojik  adabiy  tili  va  adabiyoti  o`zbek  savodxonlari  orasida  keng 
tarqaldi,  shuhrat  qozondi.  Bu  hol  o`zbek  adabiyotiga  ta`sir  qilmasdan  qolmadi.  Arab  tilining 
poetik  elementlari  ham  o`zbek  tiliga  tojik  tili  orqali  kirib  keldi.  O`zbek  tilida  yozilgan 
yodgorliklarning  syujet  va  janriga  qarab  ularning  lug`at  sostavi  har  xil  bo`lgan.  Ba`zi 
yodgorliklar  tilida    arabcha  va  tojikcha  so`zlar  95  foiz  va  undan  ortiq  edi.  Lekin  ular 
grammatik  struktura  jihatidan  shubhasiz  o`zbek  tilining  qonuniyatlariga  bo`ysinar 


 
102 
edi.  SHuning  uchun  ham  ularni  o`zbek  tili  yodgorligi  deb  yuritiladi.  Bunday 
hodisani poetik asarlar tilida uchratish mumkin. Masalan Navoiyning; 
Harārat jonima ul ātashin la`l āhgarindindur 
Aңa taskin ham iz ravzasiniң kavsarindindur 
Sachiңniң tiyra shāmidan yүzүң subhida yol tapmaq 
Bināgo`shuң dag`i durri tabafro`z axtarindindur. 
Taxurā bādasi derlәr erur jānbaxshu ruqafzā 
Magarkim chachini ul mayg`a la`liң sag`arindindur. 
YUqoridagi  uch  baytda  33  ta  so`z  formasi  qatnashgan  bo`lib, shundan  9 
tasigina turkiy (o`zbekcha) kolganlari esa arabcha-forscha so`zlardir. 
Atoyidan    olingan    quyidagi    2  baytda  esa  so`zlarning  deyarli  barchasi  
arabcha-forschadir. 
Dilrabā la`liң sharābi āb kavsardin latif 
Qāmating naqli dag`i sarvu sanubardin latif 
Sarhai xusnung qashida munfail avrāqi gul 
  Nuqtai  xāliң abiri mushki anbardin latif. 
 Bunda faqat dag`i, qosh, xol so`zlarigina o`zbekchadir. 
SHu  davrda  ijod  etgan  o`zbek  shoirlarining  ba`zi  asarlari  tili  ham 
yuqoridagidan  qolishmaydi.  Hatto  o`zbek  tilining  himoyachisi  sifatida  nom 
chiqargan Navoiy ham arab, fors-tojik so`z - iboralarni ma`lum sabab va sharoitlarga 
ko`ra ko`p ishlatgandir. 
SHu davr adabiy tilida arab, fors-tojik so`z va iboralarning haddan tashqari 
ko`p  ishlatib  yuborilganligi  o`zbek  tilining  kambag`al  vav  ma`lum  tushunchalarni 
ifodalay olish imkoniyatiga ega bo`lmagan til ekanligani bildirmaydi. 
O`zbek  tili  arab  va  fors-tojik  tillaridek  murakkab  tushunchalarni  ifoda 
qilish  imkoniyatiga  ega  bo`lgan  tillardan  bo`lgan.  Lekin  bu  til  zamonasiga  ko`ra 


 
103 
adabiy-badiiy  jihatdan,  ilmiy  terminologiya  jihatdan  ishlanmagan  edi.  Ma`lum 
tushunchalarni  ifoda  qiluvchi  so`z  va  ifodalar  o`zbek  tilida  mavjud  bo`lishiga 
qaramasdan  xorijiy  tillardan  so`z  va  iboralar,  ilmiy  tushunchalarni  bildiruvchi 
terminlar qabul qilingan. Buning o`ziga yarasha tarixiy sabablari mavjud. Ma`lumki, 
arab tili asrlar mobaynida faqat islom dinining tili bo`lib qolmasdan, balki musulmon 
sharqida  fan  xamda  madaniyat  bilan  ham  bo`lgan.  Arab  tilida  asrlar  mobaynida 
ishlangan  va  ilmiy  jihatdan  silliqlangan  tayyor  terminlardan  o`zbek  shoirlari  va 
madaniyat  arboblari  foydalanganlar.  Arabcha  ilmiy  termin,  so`z-iboralarni  o`zbek 
tilida yozilgan ilmiy, falsafiy, tarixiy, adabiy-badiiy asarlar tilida keng qo`llanilgan. 
SHu  so`z  va  terminlardan  Navoiy  ham  keng  foydalangan.  Navoiyning  ko`pchilik 
asarlar  nomi  ham  arabcha  berilgan.  Buning  o`ziga  xos  sababi  bor.  Birinchidan, 
Navoiy  tomonidan  mavjud  traditsiyaning  saqlanishi  bo`lsa,  2-si  o`zbek  tilida 
yaratilgan asarlariga ko`pchilik diqqatini jalb etish bilan bog`liq. 
O`zbek  tilining  murakkab  tushunchalarni  ifoda  qila  olish  qudratiga  ega 
ekanligi Navoiyning «Muhokamat-ul-lug`atayn asarida keng isbotlab berilgan. 
YOzuv  yodgorliklarida  fors-tojik  va  arab  tillari  madaniyati  merosiga 
yondashish va ulardan foydalanish printsiplari turlicha bo`lgan. Bu printsiplar shoir va 
yozuvchilarning  ijtimoiy  hayot  taraqqiyotidagi  tutgan  o`rni  va  yo`llariga  qarab 
hamda  asarlarining  janr  va  uslublariga  qarab  har  xil  shaklga  ega  bo`lgan.  SHoir  va 
yozuvchilar  asarlarida  arab  va  fors  so`zlarini  o`rinsiz  ishlatgan  o`rinlari  va  g`oyat 
darajada  ajnabiy  til  elementlariga  mehr  qo`yib  yuborgan  o`rinlar  ham  uchraydi. 
Bunday hol ayniqsa diniy asarlar uchun xarakterlidir. Progressiv adiblar arab va fors 
tillari merosidan har doim ijodiy foydalanish uchun intilganlar. SHu xildagi intilishlar 
o`zbek adabiy tilining boyib, mukammallashib kelishi uchun muhim ahamiyatga ega 
bo`lgan.  O`zbek  adabiy  tili  o`zining  shakllanish  va  rivojlanish  protsessida  arab  va 
fors-tojik tillaridan qanchalik ko`plab so`z va iboralar olib kelgan bo`lmasin, lekin u 
shu bilan birga o`zining tub xususiyatini yo`qotib yubormadi, balki o`zining grammatik 
strukturasini  va  asosiy  lug`at  fondini  saqlash  bilan  birga  asrlar  davomida  tarixiy 
bog`liq  holda  va izchillikda  taraqqiy  etib keldi. Progressiv  shoirlar  va  yozuvchilar 
hamda umuman madaniyat arboblarining ulkan tarixiy xizmatlari tufayli boshqa tillar 


 
104 
adabiy merosidan ijodiy foydalanib, ulardan olingan namunalar tufayli uzluksiz boyib, 
rivojlanib keldi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling