O`zbekiston respublikasi


TURDI ASARLARINING TIL VA USLUBI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
Bog'liq
til tarixi

TURDI ASARLARINING TIL VA USLUBI 


 
106 
SHoir  Turdi  XVII  asrning  oxirida  Buxoroda  ijod  etgan  demokratik 
tendentsiyadagi adabiyotning yirik namoyandasidir. Turdi ijodida satira asosiy o`rinni 
egallaydi. 
Ma`lumki,  satira  janrida  ijod  etish  ma`lum  darajada  shoirdan  ko`tarinki 
uslubdan voz kechib, xalq jonli tiliga xos uslubda asar yaratishni talab qiladi. SHu 
tufayli  ham  Turdi  she`rlarida  xalq  tilida  qo`llanadigan  leksika  ko`plab  aks  etgan. 
Masalan, «Subxonqulixon to`g`risida hajviya» she`rida og`zaki nutqqa xos bo`lgan 
ko`r,  ko`ppak,  qumaloq,  qirchonu  va  boshqa  so`zlar  qo`llangan.  SHu  she`rdan 
olingan quyidagi parchada buning isboti ko`rinadi: 
Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini, 
Kasb ilә mālin alib, qoymadingiz bitini,  
Qamchilar dag` salib bugang`a, tilib bitini  
Yardiңiz zahrāsini (ichidan) alib ӛtini  
Bolmadi kam bu raiyat bashidan hech tayaq. 
Bu banddagi she`rda ham edingiz, itdek, etini, molin, bitini, buyunga, tilib, 
tayoq kabi so`zlar og`zaki nutqqa xos so`zlardir. 
Xalq    jonli    tiliga    xos    xususiyatlar    faqat    leksikada    emas,    balki 
morfologiyada    ham    ko`rinadi.    Masalan,    o`tgan    zamon    fe`lining    II    shaxs  
ko`pligida  (qo`ymadingizlar)    ko`plikning    ikki    marta    qo`shilishi,      shahar  
shevalaridagidek  men  olmoshiga  —ga  affiksi  qo`shilgach,  menga      tarzida  talaffuz 
qilinishi, izladim fe`lning shevalarda aytilganidek, istadim varianti ham qo`llangan.  
Ne ayaq, ne bashig`a etdim, sarāpā istәdim,  
Qayadim ikki yolniң ortasida hamrāh istәdim. 
Turdi  she`rlarida  xalq  jonli  tili  xususiyatlari  bilan  birga,  g`arbiy  tillarning 
ta`sirini ham ko`ramiz. Albatta, bunda ulug` ozarbayjon shoiri Fuzuliyning asarlaridan 
ilhomlangan  bo`lsa  kerak.  SHu  ta`sir  natijasida  ayrim  so`zlarda,  ko`pincha  so`zning 
boshnda keluvchi tovushi ga o`tadi. 


 
107 
Fitna sho`r hama ilә maskun dutdi 
Xublar masnadini sifla bilan dun dutdi.  
O`g`uz tillarida qo`llanadigan cho`x (ko`p) so`zidan foydalangan: 
Tufrāg`da jān bitsә, ravādүr, ne ajab gүl 
Mux sarvi sixl etdi nihān kӛzlәri shahlā. 
O`g`uz  tillariga  xos  jo`nalish  kelishigi  (-a/ә  affiksi)  formasida  (Etmadim 
hech  era  bu  qofiya  paymolig`din),  o`tgan  zamon  aniq  fe`lining  birinchi  shaxs 
birligining-diman (YOt mandin kim bulur yaxshi zamonlar ko`rdiman) affiksi bilan 
hosil  qilinishida,  hozirgi-kelasi  zamon  fe`lining  -man,  (Bila  olmon  bu  dudaul 
raxshi Rustam  yo  parizod) affiksi bilan, sifatdoshning  -an (Barcha bo`yniga salan 
bu  rishtani  qat  etmadi)  affiksi  bilan  hosil  qilinishida,  harakat  nomiga  jo`nalish 
kelishigi  affiksi  qo`shilganda,  unda  fonetik  o`zgarish  yuz  berishida  (Zarni  jam 
aylamaga  hirsu  havo  besh  tutub;  yuzini  ko`rmaga  hasratda  bo`ldum  eshitib  nomi) 
ko`rinadi. 
SHunday  qilib,  Turdi  bir  tomondan  ulug`  Navoiy  traditsiyalarini  davom 
ettirgan bo`lsa, ikkinchi tomondan Ozarbayjon shoiri Fuzuliy ijodidan ta`sirlandi. 
SHu  tufayli  adabiy  tilda  Alisher  Navoiy  an`analarini  saqlagan  bo`lsa, 
ikkinchi tomondan o`g`uz tili elementlaridan foydalandi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling