O`zbekiston respublikasi


O`RTA OSIYONING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINGANIDAN


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
Bog'liq
til tarixi

O`RTA OSIYONING CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINGANIDAN 
1905 YILGACHA BO`LGAN DAVRDAGI O`ZBEK 
ADABIY  TILI 
O`rta Osiyoning Rossiyaga qo`shib olinishi chekka o`lkalarda yashagan millatlar va 
elatlar  shu  jumladan  o`zbek  xalqining  ham  rus  madaniyati  va  adabiyotidan  bahramand 
bo`lishida  ijobiy  rol’  o`ynadi.  Bu  davrda  ikkita  adabiyot-reaktsion  va  progressiv-demokratik 
adabiyoti  o`sdi  va  taraqqiy  etdi.  Davrning  adabiy  tiliga  diqqat  qilsak,,  undagi  o`zgarish  va 
burilish  avvalo  leksikada  ko`rinadi.  XIX  asrning  II  yarmida  so`z  san`atkorlari  yangi 
tushunchalarni  ifodalash  uchun  rus  tiliga,  mahalliy  shevalarga  va  o`zbek  adabiy  tilining  ichki 
imkoniyatlariga murojaat qildilar. 
So`z tanlash va ijod qilishda o`sha davrda uch manbaga asoslanib ish tutdilar..  Ular 
quyidagilardir: 
1.O`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida yaratilgan so`zlar hisobiga adabiy 
til boyidi. Ma`lumki, jamiyatda paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bunday so`zlarning bir qismini 


 
123 
semantik  neologizmlar  tashkil  etadi.  Rus  madaniyati  va  fani  bilan  bog`liq  kirib  kelgan 
tushunchalar quyidagicha ifoda qilingan: 
a) Ruscha tushunchalarning ma`nosini  berish uchun  o`zbek tilida  avvaldan bo`lgan 
so`zlar  moslashtirilgan.  Masalan,  Jahonnoma  geografiya  ma`nosida,  manzil  (T.Z.G)-stantsiya 
ma’nosida, bosmaxona-tipografiya, tabib-vrach, nishon (T.V.G)-orden. 
b)  Rus  tilidagi  terminlarni  kol’ka  qilish  orqali  yangi  tushunchalar  ifoda 
qilingan: poxval’naya gromata-ta`rifnoma, ambulatornaya - tabibxona, upravitel’ — 
boshqaruvchi,  jeleznaya  doroga  —  temir  yo`l,  beliy  tsar’  —  oq  poshsho,  povestka  - 
chaqiruv  qog`ozi,  kerosin  -  er  yog`i,  shtraf  -  jarima  puli,  ruchka  -  po`lod  qalam, 
poezd - otash arava, poroxod - otash kema. 
2.Xalq  jonli  tilidan  foydalanib,  adabiy  tilni  boyitdilar,  Bu  davr  so`z  san`atkorlari 
XIX  asrning  1-yarmida  yashab  ijod  etgan  Maxmur,  Gulxaniy  traditsiyalarini  davom  ettirib, 
«avomcha» hisoblangan xalq tilidan foydalanib adabiy tilning boyishiga xizmat qildilar. 
Professor  Karimov  ta`kidlaganidek,  adabiyotning  jonli  tilga  intilishi  va  uning 
xazinasidan  samarali  foydalanishi  bu  adabiyotning  hayotga  yaqinlashayotganidan,  realizmga 
qarab  intilganidan  dalolat  beradi.  Haqiqatan  xam,  demokratik  adabiyotda  realizmning  g`alaba 
qilayotganligi  adabiy  til  taraqqiyotida  ham,  uning  leksik  sostavida  ham  ko`rinib  turadi. 
SHunday ekan, demokratik adabiyot vakillarining asarlarida jonli so`zlashuv tiliga xos bo`lgan 
so`zlarni  ko`plab  topish  mumkin.  Masalan,  bo`zchi,  kosov,  bezgak,  paxsa,  loy,  arava  va 
boshqalar. 
3.Adabiy  til  rus  tilining  hisobiga  boyidi.  «Turkiston  viloyati  gazeti»  da  mahalliy 
ziyolilar ayrim asar va maqolalarni rus tilidan tarjima qilib nashr qila     boshladilar. Bunda 
ko`pgina  ruscha  so`zlar  o`z  holicha  qabul  qilindi.  Bundan  tashqari  madaniy  va 
siyosiy  hayotdagi  boshqa  o`zgarishlar  rus  tilidagi  so`zlarning  o`zbek  tiliga 
o`zlashishiga olib keldi. 
SHu  davrdagi  progressiv-demokrat  shoir  va  yozuvchilar  asarlarida 
«Turkiston viloyati gazeti» sahifalarida quyidagi sohalarga oid ruscha va rus tili orqali 
kirgan so`zlar qo`llangan: 


 
124 
1.  Ijtimoiy-siyosiy,  harbiy-politsiya  rejimi  bilan  bog`liq  bo`lgan  so`zlar: 
uezd, volost’, duma, pristav, konsul, soldat, tor’ma, shtraf, geniral, gubernator. 
           2. Transportga oid so`zlar: poezd, vagon, kolyaska, vokzal, stantsiya. 
3. Pochta va telegraf bilan bog`liq bo`lgan so`zlar: pochta, telegraf, adres, 
marka, konvert. 
4.  Sanoat  va  moliya  ishlari  bilan  bog`liq  so`zlar:  zavod,  fabrika,  kupets, 
magazin, bank, vensel’. 
5. Fan va madaniyat bilan bog`liq so`zlar: gimnaziya, teatr, muzika, muzey, 
gazeta.  
6.  Meditsinaga  oid  so`zlar:  gospital’,  doktor,  lazaret,      fel’dsher.  7.Sud 
ishlariga oid so`zlar: sud’ya, zakun. 
8. Hujjat va mukofotlarga oid so`zlar: bilet, pasport, orden, medal’. 
9. Uy-xo`jalik   predmetlari                    nomlari:                    samovar,                    stol,          
stul, patnis, talinka, lampa, fonuz, pech’, kalish, dran, sitets. 
           10.O`lchov birliklari nomlari: pud, sajen, vershon, minut. 
       11. Oziq-ovqatga doir so`zlar: pivo, kvas, limonad, kofe, konfet, kartoshka, suxari. 
  12.Etnik va toponomik nomlar: Moskva, Rossiya, ingliz, frantsuz, rus. 
Bu  davrdagi  rus  tilidan  o`zbek  tiliga  so`z  qabul  qilinishi  asosiy  sababi 
shundan  iboratki,  madaniy  turmushda  bir  qancha  yangiliklar  paydo  bo`ldi.  Bunday 
tushunchalarni  ifodalash  uchun  o`zbek  tilida  so`z  yo`q  edi.  SHuning  uchun  rus 
tilidan to`g`ridan-to`g`ri so`z qabul qilganlar. 
XIX asrning II-yarmida rus tilidan o`zlashgai so`zlarning bir qismi aslida 
turkiy  so`zlardir:  Ular  yangicha  ma`no  va  ba`zi  fonetik  o`zgarishlar  bilan  qabul 
qilingan.  Bularga  tovar,  istihān,  karandash  (qalam)  boyar,  bek,  bashmak,  kolpak, 
kabluk,  chulan,  cherak,  den’gi,  karaul,  yarlik,  kabak  va  h.o.  O`zlashgan  so`zlar 
ichida  etimologik  jihatdan  arabcha  va  Evropaning  boshqa  mamlakatlari  tillariga  oid 
so`zlar ham bor. 


 
125 
YUqoridagi  kabi  so`zlarning  aksariyat  qismi  jonli  so`zlashuv  nutqi  orqali 
va vaqtli matbuot orqali o`zbek tiliga kirib kelgan. 
Turli  tildagi  tarjimalar  faqat  rus  tilidan  emas,  balki  fors-tojik  tilidan  ham 
bo`ldi.  Ayniqsa  bu  davrda  Bedil  ijodi  bilan  qiziqish  va  unga  ergashish  kuchaygan 
edi.  SHu  tufayli  demokratik  shoirlar  zullisonaynlikni  davom  ettiradi.  Natijada 
klassik  adabiyotda  fors-tojikcha,  arabcha  leksik  va  grammatik  elementlardan 
foydalanish traditsiyasi ham davom ettirildi. 
 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling