O`zbekiston respublikasi
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIY
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA MUQIMIY
IJODINING ROLI XIX asrning 2-yarmi va XX asr boshida yashab ijod etgan O`zbek demokratik shoirlari Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O`tarlarning asarlari o`zining g`oyaviy mazmundorligidan tashqari, tilining soddaligi va ravonligi bilan ham feodal- saroy adabiyotiga mansub bo`lgan reaktsion shoirlardan ajralib turadi. Demokratik shoirlar o`z asarlarining ommaga tushunarli bo`lishiga va unga tezroq borib etishiga katta ahamiyat berdilar. Adabiy tilni jonli tilga yaqinlashtirishga, jonli til elementlaridan foydalanib, adabiy tilni boyitishga intildilar. O`zbek adabiy tili ko`p asrlik traditsiyaga ega bo`lib, u A.Navoiy tomonidan shakllantirilgan va rivojlantirilgan edi. Biroq zamonlar o`tishi bilan Navoiy tilidagi ayrim formalar o`zgarib eskira boshladi. Muqimiy asarlari tili Navoiy tilining eski o`zbek adabiy tilining davomi hisoblansa-da, undan ko`p jihatlari bilan farq qiladi. Bu farq asos-e`tibori bilan tildagi xalqchillikda ko`rinadi. Muqimiy mehnatkash omma hayotidan faqat tema, syujetnigina olmadi, balki shu bilan birga bitmas-tuganmas manba bo`lgan xalq tilidan ham unumli foydalandi. Bu jihatdan uning satirik asarlari tili xarakterlidir. Muqimiy asarlari tilidagi xalqchillik xalqning jonli tiliga xos bo`lgan kichraytish, erkalash kabi ma`nolarni ifoda qiluvchi so`z formalarini qo`llashda ko`rinadi. 126 Zulfu kәkilchәlәri yүzginәsigә tushgan Anga oxsharki, tutar ayginani hālagina. So`z turkumlaridan ot, sifat va ravishga -gina, - cha, affikslarini qo`shish orqali yuqoridagi ma`nolarni ifoda qilishga erishgan. Muqimiy juda ham rang-barang bo`lgan jonli so`zlashuv tili vositalaridan ustalik bilan foydalandi va adabiy tilni yangi so`zlar, frazeologik birikmalar bilan boyitdi. Bunday so`z va iboralardan quyidagilarni ko`rish mumkin: «YOtqizib tilsәң banāgāh qarnidan iqmas alif», «qoydi sāyil kabi nechә xil nān», «qaysi kүn hajdan keldi boldi rasvābachchag`ar», «Kocha darbāza toy kuni zanjir», «zanchaligi», rudāpa, dag`uli «solag`i chiqqan», «luchchak», «hangu mang», «nosu bang». SHoir satirasi lirikasida xalq so`zlashuv tiliga oid qator so`zlarni uchratish mumkinki, ularning ekvivalenti shu davrgacha adabiy tilda bo`lgan emas. Masalan, xalq so`zlashuv tilida «sdacha» ma`nosida «kolg`ich» so`zi ishlatilgan. SHu so`z Muqimiyda qo`llangan: Āshiqidin choyxo`rini bexabar qalg`ich olur, Emdi bolmish it, agar chandiki ilgәri kiyik. Paqir so`zi ( chaqa pul ma`nosida). Satar olsaң, ӛzim bahā qoysam, Bir miri atu bir paqir aravang. Tag, joy so`zi. Mag`rur xasisu beshu kam, Har ganda goz ichkay qasam, Tag jāy alur maxāvdin ham, Hāji ӛzi murdār ekan. Muqimiy satiralarida ba`zi so`zlar ko`chma ma`noda qo`llanib, adabiy tildagi ma`no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilikka va ekspressiv bo`yoqqa ega 127 ekanligi bilan ajralib turadi. Misollar: Toyga ӛzi tuxumdin xātin demәdi, Achchig`idin atasi ash emәdi. YAkka nafsimga gadālig` әylәsәm, andag` emәs, Jo`jasi kӛp qip-qizil degәn: qani don?» ko`samen Ichkәrisi birlә ham emdi tavakkal gap esәng Erlәri ornig`a shāld xātunidin tegsә gap. YUqoridagi baytlardagi tuxum so`zi qarindosh-urug`, jo`ja- bola-chaqa, ichkari-xotin-qiz, ayol ma`nosida qo`llangandir. Muqimiy asarlarida jonli tilga xos leksik elementlarigina emas, balki fonetik xususiyatlari ham aks etgan: Misollar Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taroxlab Ichkan giyahi bo`lsa ko`knor, aroba qursun. Ilohi saxla sharridin, Muqimiyga jiyandur bu Bahaqqi choriyoru hurmati payg`ambaron, bezgach. Bu fonetik hodisa Farg`ona vodiysi shevalari uchun xarakterlidir. Muqimiy ijodida so`zlashuv tilida bo`lgan eng uchida, өpkәңni bas, kөzgә bizi ilmәgәy, ashi misāli tabaqda kөz yashi, changi chiqdi kabi frazeologik birikmalardan unumli foydalangan. Muqimiy asarlarida -zor affiksi jonli tildagidek shaxs otlariga ham qo`shilib kelgan: Etdim ul oqshom g`am yutub, Dashti qarakchizār ekәn. Muqimiy asarlari tili eski o`zbek tilining davomidir. Muqimiy asarlari tilida klassik shoirlarda uchrovchi leksik elementlar, grammatik formalarni uchratish mumkin. Navoiy va boshqa klassiklar leksikasida qatnashgan so`zlar Muqimiy lirikasidan ham 128 o`rin olgan. Uning asarlari grammatik kurilishida esa Navoiy tilida qayd qilingan barcha formalar uchraydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling