O`zbekiston respublikasi
ZAVQIY ASARLARINING TIL VA USLUBI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
ZAVQIY ASARLARINING TIL VA USLUBI
Ubaydulla Solih o`g`li Zavqiy o`zbek demokratik adabiyotining mashhur 133 namoyandalaridan biridir. Zavqiy o`z uslubida soddalik, ravonlikka erishish maqsadida xalq og`zaki ijodidan samarali foydalandi. U xalq og`zaki ijodiga xos ibora va maqollarni she`riy misralarga singdira bildi: Farq aylamay yaxshi-yomon, Kim arpa-bug`doy, kim samon. Tuhmat haqoratlar hamon, Ne muddaosiz afandilar. Zavqiy uslubining soddaligi uning she`rlari xalq qo`shiklari uslubida yozilganligidadir. Masalan, Kulfat tushib boshig`a, Og`u tushib oshig`a. Kelmay kishi qoshig`a, Aqronu mehribonlar. Bunday uslubdan foydalanganligi tufayli Zavqiy asarlarida jonli xalq tili elementlari ko`pdir. Zavqiy o`z asarlarida xalq tiliga xos so`zlardangina foydalanib qolmay, unga xos bo`lgan so`z birikmalarni ham qo`lladi: Bu padar la`nat harom o`lgur otim, Har qachonkim, men minar bo`lsam kasal. Keltirilgan misollardagi padar la’nat, xarom o`lgur birikmalari xalq so`zlashuv tiliga xosdir. Zavqiy tilining Muqimiy va Furqat tilidan farqli tomoni shundaki, unda til xalqchilligi, jonli xalq tili elementlarini nisbatan ko`p qo`llaganligidadir. Bundan tashqari Muqimiy va Furqat asarlarida bo`lganidek, Zavqiy asarlarida xam ruscha-internatsional so`zlarni uchratamiz. Zavqiy asarlarida veksel’, poyiz, vagun, kalaska, jurnal, tilgrom, banka, 134 bo`lis, siyoz (se`zd), pristup, bol’shevik kabi rus va rus tili orqali kirgan so`zlar qayd qilinadi. Zavqiy rus tilidan yuqoridagi kabi faqat otlarni emas, balki sifat va so`z birikmalarni ham stilistik talab asosida qo`lladi: Ko`r bo`lmasa pul oqib kelurmu, Bu badshakl, slepoy durakka, Uruscha maqtasa Zavqiy, xorosho Juvon, pir, mardu zon monandi shidur. Umuman, Zavqiy ham o`z poeziyasi bilan o`zbek adabiy tilini xalq tiliga yaqinlashtirdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling