O`zbekiston respublikasi


AVAZ O`TAR O`G`LI ASARLARINING TIL VA USLUBI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
Bog'liq
til tarixi

AVAZ O`TAR O`G`LI ASARLARINING TIL VA USLUBI 
O`zbek demokratik adabiyotining ko`zga ko`ringan adiblaridan hisoblangan 
Avaz O`tar o`g`li asarlari bilan o`zbek adabiy tili ravnaqiga munosib hissa qo`shdi. 
Barcha demokratik shoir va yozuvchilar kabi Avaz O`tar o`g`li ham buyuk 
Alisher  Navoiy  tomonidan  asoslangan  adabiy  tilni  rivojlantirishga,  davr  talabiga  mos 
formalar axtarib topib, uning taraqqiy etishida barakali xizmat qildi. 
Avaz  O`tar  davr  talabiga  javob  beradigan  til  vositalarini  xalq  so`zlashuv 
tilidan  o`zbek  adabiy  tiliga  olib  kirishga  harakat  qildi.  Masalan,  uning  she`rlarida 
zindon,  chora,  ijara,  sham,  kulba kabi xalq tilida qo`llanadigan so`zlar qo`llangan. 
Buning yorqin dalili quyidagi satirik to`rtlikda ko`rinadi:  
Sipohi poro istar,  
Mulla ijora istar  
Bechora chora istar,  
Bir chora zamon bormu? 
Xalq so`zlashuv tili xususiyatlari ayrim morfologik belgilarda ham ko`rinadi, 
Avaz  O`tar  she`rlarida  yozma  asarlar  tiliga  xos  bo`lgan  va  bog`lovchisi  deyarli 


 
135 
qo`llanmagan. Uning asarlarida harakat nomining -v//uv//uv affiksi bilan hosil qilingan 
formasi qayd qilinadi. SHu jihatdan uning «Til» degan g`azali xarakterlidir: 
Har tilni biluv emdi bani odama jondur 
Til vositai robitan olamiyondur.  
G`ayri tilini sa`y qiling bilgali, yoshlar,  
Kim ilmu hunarlar rivoji andin ayondur.  
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,  
Bilmakka ani g`ayrat eting, foydali kondur.  
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni  
Onda o`qug`onlar sori yakton jahondur.  
Zor o`lmasun onlar dog`i til bilmay Avazdek,  
Til bilmaganidin ani bag`ri to`la qondir. 
Xalq  so`zlashuv  tiliga  xos  yana  quyidagilar  Avaz  O`tar  asarlarida  qayd 
qilinadi. 
1.Ma`lumki,  men  olmoshi  eski  o`zbek  adabiy  tilida  1-bo`g`inda  e  tovushi 
saqlanadi.  Avaz  O`tar  she`rlarida  esa  og`zaki  tilga  (shevaga)  xos  bo`lgan  
tovushiga aylanadi: 
Oh kim qildi falak, ayru diyorimdin mani  
To yiroq solmoqqa bir gulrux nigorimdin mani.  
YOki: 
Molimni yo`lida aylabon sarf,  
Mandin hazar etgusi gadolar. 
2.Xorazm shevasiga xos uyg`onib o`rniga uyonib formasi qo`llangan: 
 Bu yanglig` olam ahlidin keyin qolmay yurush ayla,  
 Avaz, bo`lg`ay uyonib komgoru komron millat. 


 
136 
Avaz O`tar asarlari tilida Navoiy traditsiyasi quyidagilarda ko`rinadi. 
1. Navoiy o`z asarlari bilan o`zbek adabiy tilida yirik asarlar yaratib, o`zbek 
tilini  xalq  tiliga  yaqinlashtirgan  bo`lsa,  Avaz  O`tar  o`g`li  ham  shu  traditsiyani 
davom ettiradi. Buning dalilini yuqoridagi faktlarda ko`rdik. 
2.Navoiy  asarlarida  qo`llangan  ko`pgina  so`z  va  so`z  formalaridan 
foydalanadi: 
a) III-shaxs kishilik olmoshining ko`pligi alar formasida ham qo`llanadi: 
Umidim-yashasin maktab bolasi,  
Alar har biri sheri jayonim. 
(«Fidoyi xalqim»). 
b) -dag`i bog`lovchisi qo`llangan: 
Ko`ngullarning sururi, dog`i ko`zlar nuridir farzand,  
Alarning umrini, albatta obod etgusi maktab. 
v) -gu//ku//gu//ku affiksidan foydalangan: 
Bo`lg`usi, ey dil, muyassar vasli jonon, g`am ema,  
Kim oning kelmakligiga bordur imkon, g`am ema. 
g)  ravishdoshning  -bon//ibon//ubon  affiksi  bilan  hosil  qilingan  formasi 
qayd qilinadi: 
Ochib har bir sarida maktabing unvonin aylab cho`x,  
Taraqqiy aylamasmu o`qubon behaddu son millat. 
d) kelasi zamon sifatdoshining qo`llanishida ham Navoiy tiliga xos forma 
qayd qilinadi: 
Ne manga yoronu hamdam, ne manga bir mehribon  
SHum iqbolim agardi (eyurdi), yo`ku  borimdan meni.  
e) jo`nalish kelishigining -a//e affiksli formasi aktiv qo`llangan: 


 
137 
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek. 
j) so`roq olmoshi qago Avaz O`tar she`rlarida qo`llangan:  
Qaro millatga bizdek gar nosimi inqiroz etsa  
Anga albatta mustahkamlik ijod etgusi makteb. 
3. Navoiy tilida uchraganidek, O`g`uz gruppa (Xorazm shevasining o`g`uz 
gruppa sheva bo`lganligi uchun ham) tillarining ta`siri uchraydi.  
Masjidni o`ziga dom etibdur,  
Bilmam, buni kim imom etibdur. 
Avaz O`tar she`rlarida «SHajarai turk» va «SHajarai tarokima»asarlarining 
ayrim  ta`siri  ham  qayd  qilinadi.  Masalan,  III  -shaxs  kishilik  olmoshining  ko`plik 
formasi onlar tarzida ham qo`llangan: 
Bilmayin onlarda hech millat, vatanni saqlamoq  
Bo`ldi qurbon bu sababdin doimo ag`yor xalq. 
Avaz  O`tar  o`g`li  asarlari  leksikasini  asosan  turkiy  va  arabcha-forscha 
so`zlar tashkil etadi. Rus va rus tili orqali kirgan so`zlardan u deyarli foydalanmadi. 
Umuman,  o`zbek  adabiy  tili  XIX  asrning  II-yarmida  o`zining  yuqori 
bosqichiga  ko`tarilishida  Muqimiy,  Furqat,  Zavqiy,  Avaz  O`tar  o`g`li  kabi 
demokratik-ma`rifatparvarlarning asarlari rol’ o`ynadi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling