O`zbekiston respublikasi
MUQIMIY TILIGA RUS TILINING TA`SIRI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
MUQIMIY TILIGA RUS TILINING TA`SIRI
Muqimiyning satirik asarlarida 32 ta ot turkumiga, 2 ta sifat, bittadan ravish, yuklama va fe`l turkumiga oid qo`llangan. Bunda ot turkumiga oid so`zning ko`proq bo`lishi bir tildagi ikkinchi tilga predmet bilan birga kirib kelgan so`zlarning o`zlashishini ko`rsatadi. Muqimiy asarlari tiliga rus so`zlari asosan og`zaki nutq orqali kirib kelgan. CHunki rus tili va rus tili orqali kirgan so`zlar shu davrda qanday talaffuz qilingan bo`lsa, shundayligicha olingan. Masalan, o`rus, kantur, zavut, kupes, chut(schyot), uez, poliska (politsiya), purjina, klaska, pristun, kalush, meshin, piyon (p’yaniy) doxtur, vogun, bo`lis, ishtiron, zakun, zakalat (zaklad), dabirnas. Rus tilidan qabul qilingan ba`zi so`zlar ma`nosi kengaytirilgan. Masalan, vagun so`zi poezd ma`nosida qo`llangan: Sur`at ilak xayr ulusdin etib Borlig`i ham xayriyat uldi vog`un. Samovar so`zi choyxona ma`nosida qo`llangan: Takyalab charlar, samovaru oqar suv xush havo. Muncha ham serob ekan, obod olding oxunim. Muqimiy rus tilidan kirgan ayrim so`zlarda o`zbekcha so`z yasovchi affikslar qo`shib yangi so`zlar hosil qilgan: Moshinachiga berub, tiktirmaganda barvaqt Sovuq havo, Muqimiy ojiz, yamon, afandim. SHunday so`zlarga tiligrafchi, purjinali kabi so`zlarni ham keltirish mumkin. Ruscha so`zlardan shaxs nutqini individuallashtirish maqsadida ham 129 foydalangan. Bunday maqsadda seychas, durrak, pajalista, poshol, piyonista kabi so`zlarni qo`llagan. Topib mardiktrini-seychas yuring Pojalista- der edi-emdi turing. Muqimiy tomonidan qo`llangan ruscha so`zlarning ayrimlari hozirgi tilimizda adabiy til normasiga aylangan bo`lsa, ayrimlari kabul qilingan emas. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling