O`zbekiston respublikasi
HAMZA HAQIMZODA NIYOZIY ASARLARI TILI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
HAMZA HAQIMZODA NIYOZIY ASARLARI TILI
O`zbek madaniyatining atoqli arbobi Hamza Haqimzoda Niyoziy chuqur ijtimoiy mazmun bilan sug`orilgan asarlar yaratib, XX asrning 30-yillarigacha bo`lgan adabiyotni yangi obrazlar, yangi mavzu va shakllar bilan boyitdi. U adabiyot, san`at, xalq maorifi hamda shu davrdagi o`zbek adabiy tilini rivojlantirish yo`lida talay ishlar 149 qildi. Hamza o`z ijodiy faoliyati davomida o`zbek adabiy tilini jonli xalq so`zlashuv tiliga yaqinlashtirishga intildi, uning ko`pchilikka tushunarli bo`lishini ta`minlash uchun kurashdi. Lekin uning bu harakatini ayrim kimsalar adabiyotdan xabarsizlik deb bo`xton qildilar. Bunga qarshi Hamza «Qizil gup» to`plamiga yozgan so`z boshida shunday deydi: «... adabiyot ilmidan butun deyarli xabarsiz kishi ekanmi?» deyuvchi zotlarga qarshi biz, bu adabiyotdan xabarsizlik emas, qora elimizning tushunuvina o`ng`ay bo`lsin uchun bo`lsa kerak, deymiz... biz o`zbek tiliga yaqinlashtirmoqqa kirishdik». SHoir 1916-1917 yillarda nashr qilingan «Oq gul», «Qizil gul», «YAshil gul», «Pushti gul», «Safsar gul», «Sariq gul» to`plamlarida shunga amal qilgani holda, xalq qo`shiqlari vazni va kuylarida ajoyib xalqchil she`r namunalarini yaratgan. Suvlar ketar, tosh qolur, Kulfat ketar, yosh qolur. Bobolardan bir so`z bor, O`sma ketar qosh qolur. YOki; Yigit degan er bo`lur, Mehnat ko`rsa sher bo`lur singari sodda va ixcham misralar xalq maqollari ta`sirida yozilgan. SHoirning til va uslub sohasidagi novatorligi shundan iboratki, u o`sha davrda o`zbek xalqi orasida qo`llana boshlagan «ishchi», «mehnatchi», «xizmatchi», ishchi-dehqon», «yangi turmush», «kontrlik» va boshqa ko`pgina yangi so`z, so`z shakllari va iboralarni she`riyatga olib kirdi va ulardan keng foydalandi. SHuningdek, o`zbek tili lug`atida bor so`zlarning ayrimlarini yangi ma`noda ishlatdi, xalq iboralari, maqollar, hikmatli so`zlardan ijodiy foydalangani holda, ulardan zamon ruhini ifodaladi va nihoyat, o`zi ham yangi so`zlar yaratdi. Hamza adabiyotining asosiy vositasi bo`lgan til soddaligiga ahamiyat berib, 150 o`zining barcha janrlarda yaratgan asarlarida bunga amal qildi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi. SHoir she`riyatining leksikasida asosan o`zbekcha (turkcha) so`zlar, tojikcha, arabcha, tatarcha, o`g`uz tillari (shevalari)ga xos unsurlar va dialektizmlar ishlatilganini ko`ramiz. Lekin tojikcha, arabcha so`z va so`z shakllari Hamza she`rlarida zamondosh shoirlarga qaraganda ozroq ishlatilgan. Buning sababi, Hamzaning o`z ta`biri bilan aytganda, asarlari tilini o`zbek avom tiliga yaqinlashtirish, soddalashtirishga intilishdir. Uning asarlarida ba`zan arabcha va tojikcha so`zlarni o`zbekcha (turkiy) so`z va qo`shimchalar bilan almashtirib ishlatish hollarini ko`ramiz: hamroh o`rnida yo`ldosh, beozor o`rnida oeorsiz, josus o`rnida yashurun, zo`r o`rnida kuch kabi. Tatar va o`g`uz tillari (shevalari)ga xos so`z va so`z shakllari shoirning yangi shakl, vaznda she`rlar yaratish yo`lida an`analarga boy tatar va ozarbayjon adabiyoti bilan tanishi, o`rganishi hamda ularga ergashishi jarayonida paydo bo`lgan. Masalan, o`g`uzcha: yolon-yolg`on, sevdigi-sevgilisi, o`lursa-o`ldi, o`lib, kuymisham, afandilarimiza, nokasa-nokasga, ban-men, istamish, kelmish, suzmoqa-suzmokqa, qolmoqa-qolmoqqa, bilmam-bilmayman; tatarcha: o qirin (akirin)-sekin, shulay, ulay, Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling