O`zbekiston respublikasi


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
Bog'liq
til tarixi

(evna) affikslarini qo`shishi bilan yasaladi: Rustamov Yo`ldosh Mahmudovich, Aliev 
erkin  Rustamovich,  Karimova  Zulfiya  Sultonovna,  SHodieva  Manzura  SHodievna 
kabi. 
Ruscha  va  internatsional  so`zlarga  o`zbekcha  -la,  -lash,  -lashtir  kabi 
affikslarni  qo`shib  yangi  so`z  yasash  usuli  yuzaga  keladi:  rejalashtirish,  sintezla, 
faollashtirish  kabi.  O`zbek  adabiy  tilda  rus  tili  ta`sirida  qisqartirish  yo`li  bilan  so`z 
yasash usuli  vujudga keldi.  TDPU  (Toshkent  Davlat  Pedagogika  Universiteti),  BMT 
(Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AQSH (Amerika Qo`shma SHtatlari). 
O`zbek  adabiy  tilida  yuz  bergan  o`zgarishlar  uning  grammatikasida  ham 
ko`zga  tashlanadi.  Bu  o`rinda,  eng  avval,  uning  normalasha  borganligini,  ayrim 
tipologik siljishlar yuz berayotganligini ko`rsatish kerak bo`ladi. 
 Uning morfologiyasida ko`plik affiksining funktsiyasi kengaydi. Xususan, 
birikma holidagi atamalarning birinchi komponenti keyin kelib,  yangi so`z-terminlar 
yasashda aktiv ishtirok qilmoqda: Bolalar bog`chasi. Jins tushunchasini ifoda qilish  
bir  qolipga tushirildi:   Zulfiya  Hoshimovna  Valieva.   egalik  affikslari  normaga 
tushdi,  kelishiklarning  funktsiyasi  kengaydi,  har  bir  kelishik  ma`no  va  funktsiyalari 
formalari jihatidan qat’iy ravishda ajaralib normaga tushdi. Kelishikli konstruktsiyalar 
o`rnida ko`makchili konstrutsiyalarning qo`llanishi keng tus ola boshladi: O`qishingni 
gapirmaysanmi? Hozirgi zamon fe`l formasi (-yapti) ning adabiy tilimizdagi ma`no va 
funktsiyasi  kengayib  borib,  barcha  dialekt  va  sheva  vakillari,  ziyolilarimiz  nutqida 
ancha o`zlashib koldi. 
O`zbek milliy tili ko`p dialektli tillardan hisoblanadi. Bu hol uning o`ziga 
xos  murakkab  tarixiy  rivojlanish sharoiti va  o`zbek  millatining o`tmishdagi  xilma-


 
147 
xil etnik sostavi bilan izohlanadi. 
O`zbek milliy tilining uchta katga ichki manbai - uchta dialektlar gruppasi 
bor. Bular: 1) qorluq-chigil-uyg`ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o`g`uz lahjasi. 
Bularning har biri o`z navbatida bir qancha dialekt va shevalarga bo`linadi. 
O`zbek tilining dialekt va shevalari uzoq o`tmishda o`zbek xalqining tarixiy 
sharoiti  bilan  bog`liq  ravishda  o`zaro  umumiylik  kasb  etib,  yagona  o`zbek  umumiy 
xalq  tili  bo`lib,  birika  borgan  va  uning  ajralmas  qismiga  hamda  kuyi  formasiga 
aylanib qolgan. Lekin o`zbek tilining lahjalari va ayrim shevalari orasidagi ko`pgana 
farqlar hozirgi vaqtgacha ham saqlanib kelmoqda. Masalan, o`zbek tilining qipchoq 
shevalarida  singarmonizm  xususiyatining  to`liq  saqlanib  qolganligi,  9  ta  unli 
fonemaning  mavjudligi,  so`z  boshida  ko`pincha  y  tovushi  o`rnida  j  tovushining 
qo`llanishi, f tovushining deyarli qo`llanmasligi, tovushining ko`pchilik shevalarda q 
tarzida  qo`llanishi,  so`z  o`rtasi  va  oxirida  g`  tovushining  ko`pincha  v  tovushiga 
o`tishi, ba`zi hollarda so`z oxirida g`, q, k tovushlarining tushib qolishi, ba`zan esa o 
tovushining  a  sifatida  aytilishi  (jay,  chay,  chach  kabi),  ba`zan  l  tovushining  so`z 
o`rtasida  tushib  qolishi  (bo`sa,  kesa,  osa)  boshqa  hollarda  o  yoki  a  tovushining  i 
tovushi bilan almashinishi (masalan: qani >qana, bordimi>bordima kabi) morfologik 
jihatdan  qaraganda  oltita  kelishik  qo`shimchasining  to`liq  saqlanganligi  ikki  shaxs 
o`tgan zamon fe`lida oddiy va hurmat formalarining to`liq saqlanib qolganligi o`tgan 
zamon  fe’lining  uchinchi  shaxs  ko`plik  formasi  (o`qiydilar)ning  deyarli 
ishlatilmasligi;  leksik  tomondan  qaraganda  qipchoq  shevalarida:  checha  (yanga), 
bo`la  (xolavachcha),  jelak  (Xotin-qizlarning  boshiga  yopinadigan  buyumi)  singari 
ko`plab  o`ziga  xos  qadimiy  so`z  va  terminlarning  saqlanib  qolganligi  yuqorida 
aytilgan fikrlarni tasdiklaydi. 
O`zbek adabiy tilining lahjalari orasida, odatda, qorluq-chigil lahjasi hamda 
unga  qarashli  bo`lgan  ayrim  sheva  va  dialektlar  o`zbek  adabiy  tilining  tayanch 
sheva  va  dialektlari  hisoblanadi.  Bunda  ularning  talaffuz  normalarini  belgilashdagi 
roli,  ko`pgina  terminlarning  ularda  ilgaridan  shakllanganligi,  bu  sheva  vakillarining 
ko`p jihatdan milliy madaniyat va leksik an`analarimizni boshqarishda o`zlariga xos 


 
148 
xizmatlari  borligi  asosga  olingan.  Ba`zi  olimlar  o`zbek  adabiy  tilining  normalarini 
belgilashda  Toshkent  shevasini  fonetik  jihatdan,  Andijon,  Farg`ona  shevalarini  esa 
morfologik jihatdan tayanch sheva hisoblaydilar. 
Toshkent  shevasi  poytaxt  shahar  shevasi  sifatida  leksik  tomondan  ham 
o`zining  ko`pgina  elementlarini  adabiy  tilga  kiritgan  va  kiritmoqda.  Lekin  aslida 
A.K.Borovkov  qayd  etib  o`tganidek,  o`zbek  tilining  birorta  shevasini  ham  adabiy 
tilga  hamma  jihatdan  asos  bo`lgan  deb  aytib  bo`lmaydi.  CHunki  o`zbek  tilining 
hamma  dialekt  va  shevalarini  adabiy  til  taraqkiyotiga  ma`lum  bir  hissa  qo`shgan, 
ikkinchi  tomondan,  ularning  har  birida  juda  ko`p  o`ziga  xos  xususiyatlar  mavjud. 
Masalan,  Andijon,  Farg`ona  shevalari  o`zbek  adabiy  tiliga  eng  ko`p  tarqalgan 
grammatik  formalaridan  birini  -  hozirgi  zamon  fe`lining  -yap  affiksi  vositasida 
yasaluvchi formasini bergan. Bundan tashqari, Andijon va Farg`ona shevalari o`zbek 
adabiy  tilining  asosiy  talaffuz  bazasi  sifatida  ham  xizmat  qiladi.  Bu  shevalarning 
adabiy  tilimizga  o`zlarining  fonetik  xususiyatlari  bilan  ham  maksimal  darajada 
yaqinlashuvi  shu  bilan  izohlanadi.  Bu  shevalar  o`zbek  adabiy  tiliga  o`zlarining 
leksik  boyligi,  stilistik  imkoniyatlari  hamda  boshqa  til  vositalari  bilan  ham  hissa 
qo`shgan. 
SHunisi xarakterliki, bir qarashda o`zbek adabiy tilidan birmuncha uzoqroq 
turgandek  ko`ringan  qipchoq  shevalari  xam  o`zbek  adabiy  tiliga  juda  ko`p  leksik 
boyligi,  stilistik  imkoniyatlari  hamda  boshqa  grammatik  vositalari  bilan  hissa 
qo`shgan.  Masalan,  o`zbek  adabiy  tilidagi  qaratqich  kelishigining  to`liq  formasi 
qipchoq shevalaridai qabul qilingan. Adabiy tilimizdagi hozirgi zamon fe`lining -yotir 
affiksi vositasida yasaluvchi formasi ham qipchoq va o`g`uz dialektlariga xos formadir 
va hokazo. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling