O`zbekiston respublikasi


MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/72
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#217199
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
til tarixi

MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI 
Maxmur  o`zining  xajviy  asarlari  bilan  inqilobgacha  bo`lgan  o`zbek 
adabiy tilidagi satirik oqimni rivojlantirdi. Maxmurning hajviyotiga murojaat qilish 
bejiz  emas.  CHunki  xalqning  achinarli  hayot  kechirishini,  qishloq  va 
shaharlarning  xarobaga  aylanib  borishini  ko`rgan  shoirning  g`azabi  oshgan  edi. 
Ana  shu  g`azablari  «Munojon  ba  dargohi  qoziyul  xrjot»  (xudo  dargohida 
yolvorish), «Hapalak», «Ta`rifi valoyati qurama»   kabi satirik asarlarida o`z aksini 
topdi. 
Avval  aytganimizdek,  Satira  janrida  ijod  etish  san`atkordan  badiiy  til 
vositalaridan  ustalik  bilan  foydalanib  satira  ostiga  olinayotgan  obraz  tilini 
individuallashtirishda jonli til elementlaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi. 
Ma`lumki,  klassik  she`riyatimiz  uchun  ko`tarinki  uslub  xarakterli.  Satirada 
esa she`rdagi ko`tarinqilikni saqlash bilan birgalikda, barcha uchun tushunarli bo`lgan 
uslubni yaratish talab qilinadi. Xuddi shu talab Maxmur satirasida amalga oshirilgan. 
Individual  til  va  obraz  yaratish  uchun  Maxmur  ayrim  shevalarga  xos  bo`lgan 
so`zlardan foydalanadi:    qisa-qilsa,    boma-bolma,    qigan-qilgan,    kegәy-kelgәy,    
bosam-bolsam,  yanilmadim-yanmadim,      ayilmadim-ayrlmadim.      Undan      tashqari   
keng      xalq      ommasida  qo`llanib,  omma  kitobiy  uslubga  kiritilmagan  so`z  va 
iboralarni ko`plab ishlatadi. Masalan,   katalak,   kamalak,   katak,   kapa,   ālachuq,   
erto`la,      ajiriq,      o`gur,      sumalak,  biyobān,  alato`rtko`z,  ko`ppak,  burush  (burd), 
yalaq, tubak va boshqalar. Misollar:  
Xalqini kӛrsәң agar ӛlәsi-yү qaqү xarāb,  


 
116 
Achligidin egilib qāmati misli kamalak.  
Ajirig` tamirini og`urida mayda tuyub  
Qaynatib kүndә ichәr, atini derlәr sumalak. 
Maxmur  satirasida  adabiy  til  normalaridan  chetga  chiqish  hollari  ham 
seziladi. Masalan, «Munojot» satirasida shunday misralar bor: 
Amri-nahying rāhi bātil uzrә ermish yadimiz  
Kecha u kunduz sifatingdur bizi arzākimiz.  
«Avsofi louboli o`ratepagi» satirasida: 
Hisābi jurmimi bilsәg SHumāri chox qumdin  
Gunāxdin sorsang saңgi xāradin afzun. 
SHuningdek,  shoir  uslubida  ba`zan  na  o`zbekcha,  na  tojikcha  anglanishi 
qiyin  konstruktsiyalar,  lug`atsiz  tushunilishi  qiyin  bo`lgan  so`zlar  uchraydi.  Ular 
ko`pchilikni tashkil etmaydi. 
SHunday  qilib,  XIX  asrning  1-yarmida  Qo`qon  xonligida  yashab  ijod 
etgan,  progressiv  o`zbek  adabiyotining  vakillaridan  biri  bo`lgan  Maxmur  o`zining 
merosi,  xususan  satirik  asarlari  bilan  o`zbek  adabiyotining,  o`zbek  adabiy  tilining 
taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling