O`zbekiston respublikasi
MUNIS ASARLARINING TIL VA USLUBI
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
til tarixi
MUNIS ASARLARINING TIL VA USLUBI
XVII-XIX asrlar adabiy tilining taraqqiyotida, uning jonli so`zlashuv tili xlsobiga boyib borishida Boborahim Mashrab (1657-1711), Vafoiy (hayoti va faoliyati haqida to`la ma`lumot yo`q), Muhammadrizo Ogahiy, Pahlavonquli Ravnaq, Muhammadniyoz Nishotiy, Mujrim-Obid, SHermuhammad kabi shoir va yozuvchilarning roli kattadir. SHundan biz Munis, Gulxaniy va Maxmur asarlarining til xususiyatlari bilan tanishamiz. Munisning lirik she`rlari devon sifatida to`plangan bo`lib u «Munis-ul- ushshoq» deb ataladi. SHuningdek, u «Firdavs-ul-iqbol» tarixiy asarining hamda 110 pedagogika va tilshunoslikka oid «Savodi ta`lim» risolasining muallifidir. Munis Mirxondning «Ravzat-us-safo» asarini o`zbek tiliga tarjima ham qilgan. Munis adabiyotida va adabiy til normalarini saqlashda Navoiy traditsiyalariga amal qiladi. SHuning uchun ham u Navoiyni o`ziga pir, ustod deb biladi: Sӛz ichrә Navāiyki, jahāngirdurur Munisg`a maāniy yolida pir durur. Har bir progressiv yozuvchi va shoirlarda bo`lganidek, Munis o`z ijodiyotida Navoiy traditsiyalarini davom ettirar ekan, adabiy tilni xalq so`zlashuv nutqi hisobiga boyitib bordi. Munis Xorazmiy asarlarida xalq so`zlashuv tilida mavjud bo`lgan leksik boyliklardan ustalik bilan foydalandi. Uning tilida umoch, atala, tang, lang, pavgon, taqir-tukur, shaqur-shuqur, qabag`, tapuq, qopu, evur, evrulay evurdi, yugorusa, yurumoq, batar kabi so`zlar qo`llangan. SHoir she`riyatida ko`tarinki ruhni saqlash maqsadida ma`ni kishvarin (*ma’no viloyati), (ahli donish, guli-gulshan, otashi ishqing, ganji husn, guli latif, mehrobi tarh, (qayriyama g,osh uchun qurilgan bino), motomi oshufta (oshiq motami) kabi izofali birikmalardan ham foydalandi. Munis asarlaridagi grammatik formalar asosan o`sha davr normalariga muvofiq keladi. Ayrim affiks variantlaridagana farqlar seziladi. Masalan, qaratqich kelishigi —nung tarzida uchraydi: Muniңdek ӛzүңi xazin qilma kӛp Kүңүl mātamidin g`amin qilma kӛp. Umuman, kelishik affikslarining barcha singarmonistik variantlari uchraydi. Munis she`rlarida bog`lovchilardan lek, va lekin, var kabi bog`lovchilari qo`llangan. Lek sendin kӛrүb base ixlās Seni bu xizmat ichrә qilduq xās. 111 Valekin charxi dunparvar qilib lahza yүz bedad Vujudimni etibdүr xāk yanglig` mujibi nakbat. Var yaxshi tug`ulmasa qalamlar SHak yoqki yaman tushular raqamlar. Munis asarlarida o`g`uz tili elementlari ham ko`plab qo`llangan. 1.Buyuk Navoiy traditsiyasiga ergashish tufayli; 2.SHermuhammad Munisning o`zi o`g`uz shevasi vakili bo`lishi tufayli. 3.Ulug` Ozarbayjon shoiri Fuzuliyning ijodidan ilhomlanish tufayli uning asarlariga kirib kelgandir. Uning she`rlarida sifatdoshning -mish affiksi bilan ifodalangan turi qayd qilinadi: Hamesha bashim urarmen yoling sari sanamā Magarki ishq aro bolmish men elga qiblanamā. SHuni aytish kerakki, -mish affiksining olgan so`z uning asarlarida o`tgan zamon fe`li ma`nosida ham qo`llangan: Roza bisyor meni taң etmish (etdi) Badanim sust, ayag`im laң etmish. Bo`l so`zining o`g`uz tillariga xos o`l varianti ham qo`llangan: Har sӛzki kӛңүldin oldi mavjud Xat bolmasa, bolg`ay erdi nābud. YOki: SHayxlar kandidin oldim tangdil Lutf ilә bol dilkusho, ey mug`bacha. Navoiy va Bobur asarlarida uchraganidek, hozirgi-kelasi zamon fe`lining bo`lishsizi -mon affiksi bilan ifodalangan: 112 Bā vujudi mahrumiyat tapmisham mahrumlik Har nechә qilsam jaamul bilman aniң illәtin. Munis asarlaridagi arabcha-forscha so`zlarning qo`llanishida Navoiy va Bobur traditsiyasiga amal qilganini ko`ramiz. Munis tomonidan qo`llangan arabcha, forscha-tojikcha so`zlar Navoiy va Bobur asarlarida qayd qilingan so`zlardir. Lekin ulardan Munis o`z o`rnida va maqsadga muvofiq foydalangan Turkiy so`zlardan foydalanish ya`ni undan qofiya, radif sifatida foydalanishda Lutfiy ijodining ta`siri ko`rinadi. Masalan, Tez etar jānān g`ami ishqim otini qozg`alab Qaydurur ul otg`a bir-bir ustuxānimni qalab. YOki: Jānimg`a urdung ātashi ishqing tutashturub, Yaqting songaklarimni ul otg`a qalashturub. YOki: Ultururlar meni har dam kӛzu qashi talashib Tirguzurlar ikki jān baxsh dudāg`i yarashib. Keltirilgan baytlardagi qofiyalarda turkiy so`zlar ishtirok etgan. Munis hatto undov va taqlidiy so`zlardan ham qofiya sifatida foydalangan. Firākiң shiddatidin kӛzlәrimdin qan aqar tim-tim, Kӛrib ani raqibi kinavar har dam kүlәr qah-qah. CHekar zavqi sihi qadding bilә qumri fig`ān ku-ku Tuzar shavqi gүli ro`yiң bilә bulbul navā chaq-chaq. Ko`rinadiki, o`zbek adabiy tili imkoniyatlari Munis ijodida keng kuloch yoydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling