Erishiladigan normativ - bu shunday normativki , agar ishning normativ birligi samarali bajarilsa, uskuna va materiallar kerakli joyida ishlatilsa, unga erishish mumkin.
Joriy normativ - bu va qisqa vaqt davrida foydalanish uchun urnatilgan va joriy sharoitga aloqasi bulgan normativdir.
Xarajatlarning normativ kursatkichlaridan foydalanib normativ tannarx kartochkasi tuziladi va mahsulot borligining normativ tannarxi haqida ma'lumotlarga ega bo'ladi.
Xarajatlarni tahlil qilishda mahsulot tannarxining normativ kursatkichlari haqiqiy xarajatlar bilan solishtirish uchun asos bulib hisoblanadi va ular yordamida yo'l qo'yilgan farqlari va ularning kelib chiqish sabablari aniqlanadi.
Haqiqiy xarajatlar farqi ularning turlari, mahsulot birligi va xarajatlar umumiy summasining chetlanishini aniqlanishi buyicha hisobga olib boriladi.
Tannarxning normativ kalkulyasiyasi buyicha xarajatlar tahlili quyidagi kursatkichlar asosida amalga oshiriladi: norma-soat, ishlab chiqarsh hajmi koeffisiyenti, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffisiyenti, ishlab chiqarish quvvati samaradorligi (unumdorligi) koeffisiyenti.
Do'stlaringiz bilan baham: |