O'zbekiston respublikasi


Mavzuga doir tayanch iboralar


Download 245.85 Kb.
bet49/67
Sana05.01.2022
Hajmi245.85 Kb.
#229538
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 


 

48 


 - sintaksis o'qitish maqsadi 

 - sintaksis o'qitish vazifalari 

 - sintaksisni morfologiyaga bog'lash 

 - sintaksisni punktuasiyaga bog'lash 

 - sintaktik tahlil 

 - sintaktik o'yinlar 

 

ORFOGRAFIYA O'QITISH METODIKASI 

 

Reja: 

1.  Orfografiya o'qitishning ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Orfografik omillar. 

2.  O'zbek orfografiyasining asosiy prinsiplari. 

3.  Orfografik qoidalar. 

4.  Orfografiya o'qitish metodlari. 

5.  Orfografiya o'qitishda misollar toptirish. 

6.  Orfografiya o'qitishda ijodiy ishlar. 

7.  Orfografiya o'qitishda kartochkalardan foydalanish. 

8.  Orfografik xatoning vujudga kelishi va uning oldini olish. 

9.  Xulosa. 

Orfografiya  fikrni  yozuv  orqali  to'g'ri  ifodalash  uchun  qabul  qilingan  qoidalar  sistemasi 

bo'lib, u fikrning yozuvchi uchun ham, o'quvchi uchun ham bir xil anglashilishini ta'minlaydi. 

Orfografiya qoidalari o'zbek tilining fonetik va grammatik qurilishi bilan bog'liq, binobarin, 

orfografiyani  bilim  uchun  o'quvchilar  tilning  fonetik  va  grammatik  qurilishini  puxta  egallashlari 

lozim. 

O'quvchilarni  to'g'ri  yozishga  o'rgatish  lug'at  ustida  ishlash,  ularning  nutqini  o'stirish  bilan 

uzviy  bog'liqdir.  Orfografik  normalarni  egallash  savodxonlikni  oshirishda  muhim  omillardan 

hisoblanadi. 

Shuning  uchun  ham  maktabda  orfografiya  o'qitish  o'quvchilarga  to'g'ri  talaffuz  qilish 

normalarini  o'rgatish  bilan  olib  boriladi,  lekin  ayrim  so'z  yoki  formalar  bir  xil talaffuz  qilinadi-yu 

(ketti), boshqacha (ketdi) yoziladi. O'qitish jarayonida bu masalaga ham jiddiy e'tibor berish lozim. 

Orfografiya  o'qitishda  eshituv  muhim  rol  uynaydi.  Lekin  eshitganiga  qarab  yozaverish 

doimo to'g'ri bo'lavermaydi. 

Orfografik  malaka  hosil  qilishda  eshituv,  ko'ruv,  mantiqiy  fikrlash,  xotira,  ziyraklik  kabi 

omillar muhim rol uynaydi. 

O'zbek  orfografiyasi,  asosan,  morfologik  prinsip  asosida  tuzilgan.  Bu  prinsip  so'zning 

morfologik qurilishidan kelib chiqib, o'zak, negiz, qo'shimchalarni aslicha yozishni taqozo qiladi. 

Morfologik  prinsip  o'quvchilarni  savodli  yozishga  o'rgatishda,  ayniqsa,  yozilish  bilan 

aytilishi  farq  qiladigan  so'zlarning  imlosini  tekshirishda  katta  rol  o'ynaydi.  Masalan,  o'quvchilar 

ko'p hollarda o'qibsan, o'qibdi kabi fe'llarda shaxs qo'shimchalarida avval kelgan  -b undoshi o'rniga 

talaffuzga  qarab  -p,  uchinchi  shaxs  qo'shimchasi  -di  o'rniga  -ti  yozadilar.  Bunday  hollarda 

o'qituvchi  morfologik  prinsipga  asoslanib,  -b]di  formalarining  qanday  aytilishiga  qarab,  aslicha 

yozilishini ta'kidlaydi. 

O'zbek  orfografiyasida  fonetik  prinsipga,  ya'ni  talaffuzga  asoslangan  yozuv  qoidalari  ham 

bor. 

Orfografiya  o'qitish  imloning  ana  shu  prinsiplari  asosida  olib  boriladi.  Fonetik  prinsipga 



asoslangan  qoidalar  talaffuzga  e'tibor  berishni  taqazo  etadi.  Morfologik  prinsipga  asoslangan 

qoidalar o'zak-qo'shimchalar va ularning formalarini nazarda tutadi. 

Chet tillardan kirgan so'zlar grafik prinsip asosida yoziladi:t zveno, brigadir, felyeton kabi. 


 

49 


To'g'ri  yozish  qoidalari  sistemasiga  ko'chirma  so'zlarning  yoki  ayrim  yozilishi  ham  kiradi. 

Qo'shma  so'z  qismlarining  ayrim  yozilishi  uning  talaffuziga  bog'liq  emas.  Og'zaki  nutqimizda 

so'zlar chegarasi ba'zi hollardagina pauzaga to'g'ri keladi. 

O'quvchilarda mustahkam orfografik malakalarni hosil qilish muayyan bir sistema va uzoq 

vaqt  ishlashni  talab  qiladi.  Orfografik  mashg'ulotlarni  uyushtirishda  o'quvchilar  imlo  qoidalarini 

ongli bilishdan tashqari, bu bilimlarni malakaga aylantira olishlariga e'tibor berilishi kerak. 

Orfografik mashg'ulotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: 

1. so'z va formalarning yozilishini kuzatish, qiyoslash va analiz qilish

2. orfografik qoidalarni o'zlashtirish; 

3. bu qoidalarni yozuvda tadbiq qilish bo'yicha mashqlar olib borish. 

Orfografik mashg'ulotlardan unumli foydalanish uchun har bir sinfda imlo bo'yicha berilishi 

lozim bo'lgan bilimlar hajmini aniq belgilab olish lozim, orfografik xatoning yo'l qo'yilishi mumkin 

emasligini  aniqlashdan  tashqari,  o'quvchi  savodxonligini  baholashda  bunday  xatolarning  qaysi 

sinfda e'tiborga olish qaysi sinfda e'tiborga olmaslikni aniqlab olish ham muhim ahamiyatga egadir. 

Bu o'rinda orfografiya minimum nazarda tutiladi. 

O'quvchilarda orfografik malaka quyidagi prinsiplar asosida hosil qilinadi: 

1) orfografiyani ongli o'qitish; 

2)  orfografiya  o'qitishni  o'quvchining  umumiy  rivojlanishi  bilan,  jumladan,  nutq 

madaniyatini o'stirish bilan bog'lab olib borish

3) yozma va og'zaki nutq mashg'ulotlarini bir - biriga moslab olib borish; 

4) o'quvchilarning mustaqil ishlashi; 

5) orfografik qoidalarni o'zlashtirishda qabul qilingan usullarning bir-biri bilan uzviy bog'liq 

bo'lishi. 

Orfografiya  o'qitish  samarasi,  dastavval,  imlo  qoidalarini  ongli  o'zlashtirishga  bog'liq. 

Buning uchun: 

a) qoidalar ixcham, sodda, tushunarli, aniq bo'lishi kerak; 

b) agar qoida murakkab bo'lsa, uning har bir turini alohida-alohida tushuntirish lozim; 

v) qoidani o'quvchilar qanchalik esda qoldirganliklarini tekshirish kifoya qilmaydi. 

Savod  o'rgatishning  maqsadga  muvofiq  sistemasini  tuzish  juda  qiyin  va  murakkab 

protsessdir.  Bu  o'quvchilar  o'zlashtirilishi  lozim  bo'lgan  bilim  hajmining  kengligi  va  ularning 

o'zlashuv darajasining har xilligi bilan izohlanadi. 

Metodik tomondan qaysi usulni qo'llash afzalligini quyidagi holatlarga bog'liq: 

1) metod va mashqning berilayotgan bilim-materialga mos bo'lishi; 

2) o'quvchilarning berilayotgan bilim - materialni qabul qila olishga tayyorligi; 

3)  yozma  ishlar  uchun  tanlangan  tekst  mazmun  jihatidan  ham,  o'tilayotgan  orfogramma 

boyligi jihatidan ham talabga javob berishi kerak

4) orfografiya o'qitish metodi yoki mashqlar imloni ongli o'zlashtirishni ta'min etsin; 

5) mashq o'quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga mos bo'lishi kerak; 

6) orfografiya o'qitish metodi va mashqlar izchil bulsin; 

7) yozma mashqlardan oldin og'zaki mashqlar ham o'tkazilishi lozim; 

8) orfografiya o'qitishning barcha metodlari bir umumiy sistemani tashkil qilishi kerak. 

To'g'ri  yozishga  o'rgatishda  yozma  mashqlar  bilan  og'zaki  mashqlarning  mutanosibligiga 

erishish lozim. 

Orfografiya o'qitish uchun tanlangan tekstlarning hajmi ham bir sinfga mos bo'lishi shart. 

Mashq tekstlari quyidagicha vaqtga mo'ljallab beriladi: 4-5-6 sinflar uchun 20-25 minut, 7-8 

sinflar  uchun  25-30  minut.  Bu  albatta,  shartlidir.  Mashqning  turiga  yoki  sinfning  tayyorgarligiga 

qarab, bu o'zgarishi ham mumkin. 




 

50 


Orfografiya  o'qitishda  imlo  lug'ati  daftari  ham  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Lug'atga 

o'quvchilarning  o'z  yozma  ishlarida  xato  yozgan  so'zlari  hamda  darslik,  qo'llanma,  badiiy  asar  va 

boshqa  manbalarda  uchragan  imlosi  qiyin  so'zlar  kiritiladi.  Lug'at  daftar  4-sinfdan  boshlangan 

bo'lsa, 10-sinfgacha saqlanadi. 

O'zbek  tiliga  davlat  maqomining  berilishi,  1989  yil  21  oktabrda  orfografiya  masalalarini 

qayta ko'rib chiqishni talab qildi. Jumhuriyatimizda 1993 yil 2 oktabrda "Lotin yozuviga asoslangan 

o'zbek  alifbosini  joriy  etish  to'g'risida"  qonun  qabul  qilinib,  turli  muassasalar,  umumta'lim 

maktablari,  Oliy  va  o'rta  maxsus  o'quv  yurtlarida  dars  sifatida  o'tilishi  harflar  bilan  tasdiqlanadi. 

Ta'lim  tuzilishining  barcha  bosqichlarida  darsdan  tashqari  o'tiladigan  fakultativ  mashg'ulotlar 

mavzu doirasi aynan lotin alifbosining orfografik prinsiplarini o'rgatishga borib taqaladi. 

O'rganilgan  qoidaga  misollar  toptirish  o'quvchilarning  orfografiyaga  oid  bilimlarini 

mustahkamlaydi.  Masalan,  qo'shma  so'zlarning  yozilishi  o'tilganda,  uni  mustahkamlash  uchun 

qo'shilib  hamda  ayrim  yoziladigan  qo'shma  so'zlar  toptiriladi.  Ba'zan  bularni  gap  ichida  keltirish 

qo'shimcha vazifa qilib beriladi. 

O'quvchilarning individual stilini silliqlash, aqliy faoliyatini, tafakkurini o'stirishda bayon va 

inshoning roli kattadir. 

Bayon.  Bayon  o'tkazish  uchun  o'qituvchi  3-4  kun  oldin  tayyorgarlik  ko'radi:  bu  haqida 

o'quvchilarni 1-2 kun oldin ogohlantiriladi, tegishli qoidalar o'qib kelishni topshiradi. 

Bayon  quyidagicha  o'tkaziladi;  o'qituvchi  matnni  bir  marta  o'qib,  planni  doskaga  yozadi. 

O'quvchilar  ko'chirib  yozgandan  so'ng,  1-2  o'quvchiga  mazmuni  so'zlatiladi.  Mustahkamlanishi 

lozim  bo'lgan  orfogramma  ajratiladi,  uning  imlosi  izohlanadi.  Ajratilgan  orfogramma  bayonda 

saqlanishi  shart.  O'quvchi  tekst  mazmunini  so'zlayotganda,  uning  talaffuziga  ham  e'tibor  beriladi. 

Keyin o'qituvchi tekst mazmunini reja asosida so'zlab beradi. Imlosi qiyin so'zlarni doskaga  yozib 

quyishi ham mumkin. 

Insho.  Ona  tili  darslarida  o'tkaziladigan  insho  o'quvchi  nutqini  o'stirish,  savodxonligini 

oshirish bilan bog'liq holda olib boriladi. 

Maktablarda  ko'proq  ekskursiya,  kino  va  sayohatdagi  kuzatishlar  asosida  insho  yoziladi. 

Bular uchun quyidagicha reja tuzish mumkin: 

 

 1. Qachon  ekskursiyaga borildi? 



 

 2. Ob-havo qanday edi? 

 

 3. Gullarning qanday turlarini ko'rdingiz? 



 

 4. Ularning qaysi biri sizga ko'proq yoqdi? 

 

 5. Bog'da qanday daraxtlar bor ekan? 



Orfografiya  o'qitishda  maxsus  tuzilgan  kartochkalardan  ham  foydalaniladi.  Har  qaysi 

kartochkada  imlosi  mustahkamlanadigan  orfogrammali  so'z,  so'z  birikmasi  yoki  gap  yozilgan 

bo'ladi. O'quvchilar topshiriqni mustaqil bajaradilar. 

Namunalar. 

1. Tushirilgan harf o'rniga qavs ichidagi harflardan mosini qo'ying: 

javo(p-b), ozo(t-d), far(k-q), ingli(s-z) 

2. Tushirilgan harflarni qo'ying: 

...ayvand, da..tar, vazi.a, a..zab 

Mustahkamlanayotgan  orfogramma  xarakteriga  qarab,  kartochkalardan  topshiriqlar  har  xil 

bo'ladi. 

Kartochkalar  bilan  ishlash  individual  xarakterda  bo'lishi  ham  mumkin:  qaysi  o'quvchi 

kartochka tayyorlanadi. 

Orfografik  xatolarning  vujudga  kelishi  umumiy  xarakterdagi  sababiga  ko'ra  quyidagilar 

kiradi: 




 

51 


a) yagona-orfografik-punktuasion rejimning joriy qilinmaganligi, joriy qilingan bo'lsa ham, 

undan keng foydalanmaslik

b) savodxonligi yetarli bo'lmagan o'quvchilarni yuqori sinfga ko'chirish; 

v) sinf o'quvchilarining savodxonlik darajasi har xil bo'lishi; 

g) o'quvchilarni turli fanlar bo'yicha topshiriqlar bo'yicha band qilib qo'yish; 

d) orfografiya sistemasi bilan bog'liq bo'lgan sabablar; 

Ma'lumki,  o'zbek  orfografiyasi  fonetik,  morfologik,  grammatik,  tarixiy-tradision  prinsiplar 

asosida  tuzilgan.  O'quvchilar  bu  prinsiplarni  ba'zan  aralashtirib  yuboradilar.  Masalan,  ayrim 

so'zlarni talaffuzga ko'ra yozadilar (kelibdi-kelipti). 

O'qituvchining dars berish metodikasiga oid sababiga ko'ra: 

a) orfografiya o'qitishda yagona sistema va izchillikning bo'lmasligi; 

b)  orfografiya  o'qitish  metod  va  usullarini  to'g'ri  tanlay  bilmaslik  uni  murakkablashtira 

borish prinsipiga yetarli e'tibor bermaslik

v) orfografiya o'qitish metodlarining barchasidan o'rinli va yetarli foydalanmaslik, orfografik 

ma'lumotlarning bir xilligi; 

g)  orfografiya  o'qitishda  turli  psixologik  faktorlarning  roliga  ortiqcha  baho  berish,  onglilik 

prinsipini kamsitish 

d) o'qituvchi ayrim so'zlarni yozishda imlo xatolariga yo'l qo'yadi; 

ye) tanlangan mashqlarning o'quvchilar saviyasiga mos kelmasligi

yo) qoidani sodda va ixcham qilib tushuntirmaslik va x. 

Orfografiya  o'qitishni  sistemasi  butunicha  imlo  xatolarining  oldini  olishga  qaratilgan. 

Yozilish  qoida  bilan  izohlanadigan  orfogrammalarda  bo'ladigan  xatolarning  oldini  olish  uchun 

bunday  so'zlarni  doskaga  yozib,  ularning  yozilishiga  o'quvchilarning  diqqatini  jalb  qilinadi. 

Masalan,  f(f)  tovushining  yozilishida  xato  bo'lmasligi  uchun,  o'qituvchi  f(f)  va  p(r)  tovushli 

so'zlarni doskaga yozib, ularning imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi. 

 Xatolarning oldini olishda jadvaldan ham foydalanish mumkin. 

O'quvchilar xato bo'lmaydigan bo'lgunga qadar sinfda osig'lik turishi mumkin: 

1. Jarangli undoshlarning yozilish: 

 

 javob, serob, ozod, obod. 



2. p(r)-f(f) undoshlarining yozilishi: 

 

 payvand, paydo, afsus, foyda. 



Xatolarning oldini olishda "Lug'at doskasi"dan ham keng foydalanish mumkin. 

Demak, xulosa qilib aytsak, orfografiya o'qitish metodikasi o'quvchilarni to'g'ri yozish, lug'at 

ustida ishlash, savodxonligini o'stirishda katta ahamiyatga ega ekan. 

Biz  bo'lg'uvchi  pedagoglar  orfografik  xatolarning  oldini  olishimiz  va  o'z  bilimimizni 

o'quvchilarga yetkazmog'imiz zarur. 

  




Download 245.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling