O'zbekiston respublikasi
Sintaktik tahlil o'tkazish usullari
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
Sintaktik tahlil o'tkazish usullari
Tahlil o'quvchining mavzuni nahariy tomondan qay darajada o'zlashtirganini ko'rsatuvchi omillardan biridir. Shu sababli o'qituvchi o'quvchilardagi bilim-malakalarni aniqlashda bu usulga ham katta e'tibor qilishi zarur sanaladi. So'z birikmasini sintaktik tahlil qilishda quyidagi jihatlarga e'tibor qilinadi: 1. So'z birikmasini ko'rsatish. 2. So'z birikmasining tuzilishini tushuntirish: a) bosh so'zni va ergash so'zni aniqlash; b) Bosh so'z va ergash so'z qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini; v) bosh so'z bilan ergash so'zning birikish turi. 3. So'z birikmasining grammatik ma'nosi. Ikki bosh bo'lakli gapni shunday tartibda sintaktik tahlil qilinadi: 1. Gapning maqsadiga ko'ra turi. 2. His-hayajon gap. (His-hayajon gapni tahlil qilgandagina aytiladi) 3. Ikki bosh bo'lakli gap, bir bosh bo'lakli gap. 4. Yoyiq sodda gap, yig'iq sodda gap. 5. Grammatik asosini topish. 6. Avval bosh bo'laklar, keyin 2-darajali bo'laklarning har biri haqida quyidagilar ko'rsatiladi: a) qaysi so'roqka javob bo'ladi? b) gapning qaysi bo'lagi? v) nima bilan ifodalangan? g) gapning qaysi bo'lagi bilan bog'langan? 7. Ega guruhi, kesim guruhi. Bir bosh bo'lakli gapni sintaktik tahlil qilish tartibi shunday bo'ladi: 1. Ikki bosh bo'lakli gap yoki bir bosh bo'lakli gap. 2. Bir bosh bo'lakli gapning turi. 3. Gapning maqsadiga ko'ra turi. 4. His-hayajon gap (his-hayajon gap tahlil qilingandagina aytiladi) 5. Yig'iq sodda gap yoki yoyiq sodda gap.
47 6. Bosh bo'lagi: so'rog'i, ifodalanishi. 7. 2-darajali bo'laklari: so'rog'i, turi, ifodalanishi. Bog'langan qo'shma gapni tahlil qilganda quyidagilarga e'tibor qilinadi: 1. Gapning tuzilish jihatdan turi. 2. Qo'shma gapning turi: a) bog'langan qo'shma gap;
B) ergashgan qo'shma gap. 3. Bog'langan qo'shma gapning bog'lovchili va bog'lovchisiz ekanligi. 4. Bog'langan qo'shma gapning mazmun munosabatiga ko'ra turi:
a) biriktiruv munosabatli bog'langan qo'shma gap; b) zidlov munosabatli bog'langan qo'shma gap;
v) ayiruv munosabatli bog'langan qo'shma gap; 5. Bog'langan qo'shma gapda yuklamalarning teng bog'lovchi vazifasida qo'llanadi. 6. Bog'langan qo'shma gapda sodda gaplarni sanash, zidlash, ayirish ohangi bilan aytilishi. Ergashgan qo'shma gapni sintaktik tahlil qilish tartibi shunday: 1. Gapning tuzilish jihatidan turi. 2. Qo'shma gapning turi. 3. Sodda gapning soni. 4. Bosh va ergash gap. 5. Ergash gapning bosh gapga bog'lanishi: a) ergashtiruvchi bog'lovchilar;
b) ergashtiruv bog'lovchi vazifasidagi so'zlar; v) fe'l shakllari; 6. Ergash gapning turi. Demak, yuqoridagidek tartibda tahlil malakasiga ega bo'lgan o'quvchi so'zlarning o'zaro bog'lanishini fikr qilib topadi va gap bo'laklarini to'g'ri aniqlaydi. Sintaksisni to'g'ri o'qitish jarayonida o'quvchilarning nutq malakalari ham osha beradi.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling