O'zbekiston respublikasi
Sintaksisni morfologiyaga bog'lab o'rgatish
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
Sintaksisni morfologiyaga bog'lab o'rgatish
Sintaksis kursi birinchi gapda morfologiya bilan qiyoslab o'rganiladi. So'z turkumlari bilan gap bo'laklari orasidagi farqni va bog'lanishni tushuntirish sintaksis darslarining asosiy maqsadlaridandir. Ba'zi hollarda o'quvchilar tildagi bir dalilni boshqa bir dalil bilan qorishtiradilar. M: tahlil vaqtida gap bo'laklari bilan so'z turkumlarini, sifat bilan aniqlovchini, ravish bilan xolni aniq farqlay olmaydilar. Shuning uchun morfologiya va sintaksis bo'yicha mavzular o'rganishdan oldin bu ikki qismning mazmunini o'quvchilarga atroflicha tushuntirish kerak. Gap bo'laklarini o'tishda har bir bo'lakning morfologiya tomonidan biror bir mustaqil so'z turkumi bilan ifodalanishini uqtiriladi. Har bir mustaqil so'z turkumi ham gapda biror bir vazifada bo'ladi, ammo u matnni xususiyatiga qarab har xil gap bo'lagi vazifasida kela olishi mumkinligini izohlanadi. M: "O'tkir" so'zi gapda ega, t-chi, a-chi, xol bo'lib kela oladi. Gap haqida umumiy ma'lumot berish jarayonida gapning 1) aloqa-aralashuvning eng kichik birligi ekanligiga: 2) nisbiy tugal fikr ifodalanishiga 3) grammatik shakllanganligiga: 4) tugallangan ohang bilan aytilishiga o'quvchilarning e'tiborini tortiladi. O'qituvchi so'z birikmasidagi tayanch nuqta sanalgan bosh so'z va ergash so'zlarni aniqlash usullarini o'quvchilarga turli mashqlar orqali tushuntirishi kerak. So'z birikmasidagi bosh so'z va
44 ergash so'zni to'g'ri topolmagan o'quvchi so'zlarning o'zaro bog'lanishini ham anglab ololmaydi. Shuning uchun mavzu bo'yicha ko'p mashq o'tkazish talab etiladi. Sintaksisdagi deyarli har bir mavzuni morfologiyaga bog'lab tushuntiriladi. M: ergash so'zning bosh so'zga bog'lanish usullari haqida gapirganda kelishiklar eslanadi. Ergash so'zning bosh so'zga qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida bog'lanishi moslashuv ekanligi tushuntiriladi. Bu o'rinda qaratqich kelishigining qo'llanmaslik xollar ustida turli mashqlar o'tkaziladi. Ergash so'zning ba'zan ko'makchilar vositasida bosh so'zga bog'lanishini ongli o'zlashtira olmaydi. Shuning uchun o'quvchilarga so'z turkumlari bilan gap bo'laklari orasidagi bog'lanishni tushuntirish shart. O'quvchilar eganing ot orqali (Tinchlik-xalqlar orzusi). Olmosh orqali (U millat taraqqiyotining omili) ifodalanishini oson o'zlashtiradilar. Lekin eganing ot o'rnida qo'llanadigan so'z turkumlari orqali ham ifodalanishi mumkinligini qunt bilan tushuntirish kerak. M: Ko'p o'qigan ko'p bilar. O'qigan o'zar. Ega uchun ko'p qo'llanadigan so'z turkumi ot sanalsa, kesimni ifodalash uchun eng mos so'z turkumi fe'ldir. Lekin kesim ham ega kabi boshqa turkumlar bilan ham ifodalanaveradi. M:
Bizning maqsadimiz-shu (olmosh)
Ikki o'n besh-bir o'ttiz (son) Ukam-epchil (sifat) O'quvchilarga sodda va murakkab kesimni tushuntirish uchun, avvalo qo'shma so'z yetakchi va ko'makchi fe'llar, to'liqsiz fe'lga oid muhim o'rinlarda qaytariladi. O'quvchi murakkab kesimni o'zlashtirishda bir oz qiynalishi mumkin. Murakkab kesimning mana shu jihatini nazarda tutib, qiyoslash mashqlariga ko'p e'tibor berish lozim.
Sodda kesim Murakkab kesim 1. Shoira - o'qituvchi
Shoira o'qituvchi bo'ldi 2. U majlis bo'lishini aytdi. U majlis bo'lishini e'lon qildi. Gapning 2-darajali bo'laklaridan to'ldiruvchi ko'pincha ot va olmosh orqali ifodalanadi. Son va sifatlar hamda gapda to'ldiruvchi bo'lib kela oladi. M.:
Yaxshidan ot qoladi.
Bilimli mingni yengar.
To'rt ikkiga qoldiqsiz bo'linadi. Albatta, vositali va vositasiz to'ldiruvchilar o'tilayotganda o'timli va o'timsiz fe'llar eslanadi. Aniqlovchi o'rgatilayotganda esa moslashuv va bitishuv eslanadi. Sifatlovchi aniqlovchining asosan, sifat, sifatdosh, son, olmosh orqali ifodalanishi misollar bilan izohlanadi. "Xol" mavzusi o'tilayotganda yana morfologiyaga murojaat qilinadi. Uyushiq bo'laklarda son, egalik, kelishik qo'shimchalarining qo'llanishiga oid maxsus mashqlar ishlanadi. "Undalma" mavzusi ham ot turkumiga va undovlarga bog'lab tushuntiriladi. Kirish so'zlarni tushuntirish modal so'zlarga murojaat etiladi.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling