O'zbekiston respublikasi
Mavzuga doir tayanch iboralar
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINTAKSIS OQITISH METODIKASI
Mavzuga doir tayanch iboralar:
- so'z turkumlari - mustaqil ma'noli so'zlar - yordamchi ma'noli so'zlar - undov va taqlid so'zlarning tavsifini o'rgatish - morfologik tahlil o'tkazish usullari - so'z turkumlarini boshqa fanlarga bog'lash usullari
1. Sintaksis o'qitishning maqsad va vazifalari. 2. Sintaksisni morfologiyaga bog'lab o'rgatish. 3. Sintaksisni punktuasiyaga bog'lab o'rgatish.
43 4. Sintaktik tahlil. Sintaksisning asosiy ob'yekti so'z birikmasi va gapdir. Sintaksis kursi leksikologiya, fonetika, orfografiya, punktuasiya, nutq o'stirish bilan bog'lanadi. O'quvchilar sintaksisni o'rganish orqali o'z nutqlarida uchrab turadigan ba'zi nuqsonlarni tuzata boradilar. Sodda va qo'shma gapni farqlay olish, ularni tahlil eta bilish, tinish belgilarini ham ishlatishni ongli o'zlashtira oladilar. O'quvchilar ifodali o'qish san'atini to'la egallash uchun sintaksisni bilishlari shart. Matnda uchraydigan (gaplarni ohangi) darak gap, so'roq gap, buyruq gap, undov gaplarni o'z ohangi bilan o'qiy bilsagina, o'quvchi asarning mazmunini, muallifining maqsadini anglay oladi. 1. Demak, sintaksis o'qitishning yetakchi vazifalaridan biri nutqning intonasiyasi tomonlarini o'rgatishdir. Ko'p xollarda gapning mazmuni, turi, tinish belgilarining qo'yilishi ham ohang bilan bog'liq bo'lib qoladi. Masalan, Bog'imizda anjir-shaftoli pishdi.
Bog'imizda anjir, shaftoli pishdi. Ohang gap mazmuniga ham ta'sir qiladi. Bahor keldi. Bahor keldi? Bahor keldi! 2. Sintaksisni o'qitishning yangi vazifalaridan biri o'quvchilarning nutqini o'stirishdir. 3. Yana yetakchi vazifalaridan biri o'quvchilarning stilistik malakalarini takomillashtirishdir. Masalan, Kumush qishdan, zumrad bahordan
Qolishmaydi kuzning ziynati. Bunday matnlarni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar badiiy tasvir vositalari, tasviriy vositalar bilan tanisha boradilar. 4. Sintaksis qoidalari o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini, tafakkurini o'stirib beradi. Gap- fikrni ifoda qilishning yagona shakli. Shuning uchun sintaksis kursini o'qitishda o'quvchilarni fikrini o'stirish asosiy vazifa sanaladi. O'quvchilar gap haqidagi qoidalarni o'rgana borib, hodisalar va predmetlar orasidagi aloqani ham tushuna boradilar.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling