O'zbekiston respublikasi
Mavzuga doir tayanch iboralar
Download 245.85 Kb.
|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLAR
Mavzuga doir tayanch iboralar:
ko'rgazmali jadvallar. tarqatmalar. texnik vositalar.
1.
Til to'garagi. 2.
To'garak nashri. 3.
Maktab adabiy-ilmiy jurnali. 4.
Ko'rgazma. 5.
O'quvchilar konferensiyasi. 6.
Tilga oid kechalar. 7.
Olimpiadalar. Til to'garagi o'z ishini reja asosida olib boradi. Mashg'ulotlar, asosan, ona tili xonalarida sinfdan tashqari vaqtlarda bir oyda 2 marta o'tkazilishi kerak. O'qituvchidagi sharoit bilan o'quvchidagi istakka ko'ra to'garak mashg'ulotlari soni ko'paytirilishi mumkin. Til to'garaklari o'z nashrlariga ega bo'lishlari kerak. Nashr nomini "Tilshunos", "Yosh tilshunos", "Ona tili posbonlari" deb nomlasa bo'ladi. "O'z tilingizni seving va o'rganing", "Ulug' kishilar til haqida", "Tilimiz-boyligimiz", "Ona tili-onaday aziz" deb nomlangan ruknlar tashkil qilib chiqarilsa, nashrlarning saviyasi ortadi. Til to'garaklari nashri ona tili xonasiga yoki maktab zallariga osib qo'yiladi.
55 Maktab adabiy-ilmiy jurnali ham sinfdan tashqari ishlarga kiradi. Shunday jurnallar tashabbuskor o'qituvchilar tomonidan chiqarilgan. Ko'rgazmani ona tili xonasiga tashkil qilish mumkin. Ko'rgazmaga chiroyli yozuv namunalari, juda sifatli saqlanib, to'lgan daftar namunalari, bayon va insholarning bir necha ko'rinishdagi rejalari, a'lo baholangan bayon va insholarni qo'yiladi. Ona tili bo'yicha o'quvchilar konferensiyasini o'tkazishni tashkil qilish mumkin. O'quvchilar konferensiyasini bir o'quv yilida bir marotaba ona tili xonasida o'tkaziladi. Konferensiya mavzusiga moslab, ona tili xonasiga har xil rasmlar, jadvallar tayyorlanadi. Undan foydalaniladi. Sinfdan tashqari o'tkaziladigan tadbirlardan biri ona tili kechalaridir. Maktablarda ona tili kechalarini o'tkazish juda katta ma'rifiy va ahloqiy ahamiyatga ega. Agar kishi til kechalarida qatnashgan yoki uni o'tkazish jarayonlarida ishtirok etgan bo'lsa, shu talabada til kechalari to'g'risida tushuncha paydo bo'ladi. Sinfdan tashqari ish shakllaridan biri-olimpiadalardir. Eng oldin olimpiadani sinf o'quvchilari o'rtasida O'tkazib, 1-, 2-, 3-o'rinni olgan o'quvchini aniqlash kerak. So'ng o'rin olgan parallel sinfdagi o'quvchi bilan musobaqalashtiriladi. 5-sinflar bo'yicha g'olibga yoki 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflar bo'yicha g'olib bo'lgan o'quvchiga havas bilan qarash hissi boshqa o'quvchilarning ham ona tiliga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga buradi. Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko'zlaydi. Uning ta'limiy ahamiyati shundaki, o'quvchi bu jarayonda qo'shimcha bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'ladi. Tarbiyaviy ahamiyat esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko'rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o'z ifodasini topadi.
Download 245.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling