O'zbekiston respublikasi


Mavzuga doir tayanch iboralar


Download 245.85 Kb.
bet51/67
Sana05.01.2022
Hajmi245.85 Kb.
#229538
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 

 - orfografiya o'qitish 



 - orfografik qoida 

 - ijodiy ishlar 

 - orfografik xato 

 - orfografik xatoga yo'l qo'yish sabablari 

 - xatoning oldini olish yo'llari 

 - xatoni tuzatish usullari 

 

 




 

53 



KO'RGAZMALI QUROLLAR VA ULARDAN FOYDALANISH 

 

REJA:  

 

1.  O'qitishda ko'rgazmalilikning ahamiyati. 



2.  Ko'rgazmali jadvallar. 

3.  Tarqatmalar. 

4.  Texnik vositalar. 

O'qitishda ko'rgazmalilikning o'rni katta. Ko'rgazmalilikning ikki turi: tashqi ko'rgazmalilik 

va  ichki  ko'rgazmalilik  mavjud.  Ichki  ko'rgazmalilik  matnning  mazmunini  idrok  qilishdir.  Tashqi 

ko'rgazmalilik  o'qituvchining  nutqi,  ifodali  o'qishi,  tasviriy  san'at  asarlaridan  foydalanish,  turli 

jadvallar,  xaritalar,  darsda  qo'llanilgan  texnik  vositalar  (kino  apparatlar,  magnitofon, 

radiopriyomnik,  televizor,  videomagnitofon,  kompyuter)dan  foydalanish.  Ko'rgazmalilikning 

ahamiyati.  

Bilimlarni  qabul  qilish  va  o'zlashtirishda  barcha  sezgi  a'zolarining  faoliyatini  to'g'ri 

uyushtirish  katta  ahamiyatga  ega.  Sezgi  a'zolari  qanchalik  ko'p  ishtirok  qilsa,  bilish  shuncha 

osonlashadi. 

Ko'rgazmalilik  ona  tili  o'qitishning  muhim  qonuniyati  sanaladi.  Chunki  bu  fanning 

tabiati  ko'rgazmalilikni  ko'proq  talab  etadi.  Tildagi  mavhum  tushunchalarning  mohiyatini 

anglash  bu  prinsipdan  keng  foydalanishni  taqozo  etadi.  O'quvchi  ko'rish  orqali  narsa  -  hodisa, 

ularning tildagi ifodasi xususida aniq tushunchaga ega bo'ladi. 

Ko'rgazmalilik prinsipiga ko'ra til hodisalarini o'rganish, kuzatish, sezishdan boshlanadi. 

Bola turli nutq tovushlar, so'zlar, gaplarni talaffuz etish, eshitish, yozish, ko'rish  orqali sezadi. 

Kuzatish  vositasida  bolalar  ongida  til  hodisalari  to'g'risida  hissiy  aniq  tasavvur  hosil  bo'ladi. 

O'qituvchi  bolalarni  til  hodisalarini  sezishdan  ularning  mohiyatini  anglashga,  til  hodisalarini 

tasavvur etishdan grammatik tushunchalarni atroflicha o'zlashtirishga qarab olib boradi. 

Ko'rgazmali  material  muhim  axborot  manbai  hamdir.  Chunki  o'quvchi  darslik, 

o'qituvchining bayoni, gazeta va jurnallardan  qanday axborot olsa, ko'rgazmali materialdan ham 

shunday ma'lumot olishi mumkin. 

Ona  tili  darslarida  tabiiy  yoki  aniq  buyumlardan  (predmetlarning  asl  namunasimas, 

anor,  olma,  bino  maketi  v.h.),  grafik  materiallar  (chizma,  jadval  kabi)dan;  tasviriy  san'at, 

musiqa,  kino,  televideniye  kabi  vositalardan  foydalanadi.  Ona  tili  mashg'ulotlarida  televizor, 

epidiaskop,  filmoskop,  magnitofon  kabi  texnik  vositalardan  foydalanish  dars  samaradorligiga 

juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu vositalar til hodisalarini tushunishga, ona tilidan egallangan 

nazariy  bilimlarni  mustahkamlashga,  uni  amaliy  ko'nikmaga  aylantirishga  yordam  beradi. 

Ayniqsa,  tasviriy  san'at  namunalari,  o'quv  filmlari,  diafilmlar  va  diapozitivlar  o'quvchilarning 

og'zaki  va  yozma  nutqini  rivojlantirishda  muhim  vosita  sanaladi.  Shuni  nazarda  tutib,  ona  tili 

o'qituvchisi  til  kabinetini  shu  vositalar  bilan  ta'minlash  chorasini  ko'rishi,  ayniqsa  rasmli 

albomlar tashkil etishi, rasmli tarqatma materiallarini ko'paytirishi lozim.  

Ko'rgazmali  qurollardan  barcha  turdagi  darslarda  va  darsning  barcha  bosqichlarida 

unumli  foydalansa  bo'ladi.  O'quv  materialini  mustahkamlash  va  takrorlash  jarayonida  ko'proq 

reproduktiv  xarakterdagi  ko'rgazmali  qurollardan  foydalansak,  yangi  bilimlar  berishda 

izlanuvchanlikni  talab  qiladigan  ko'rgazmali  qurollar  ishga  solinadi.  Demak,  ko'rgazmalilik 

prinsipini  amalga  oshirish  orqali  o'quvchilarning  qayta  xotiralashga  asoslangan  faoliyatini  ham, 

qisman izlanuvchanlik faoliyatini ham, ijodiy faoliyatni ham uyushtirish mumkin. 

Ko'rgazmali  qurol  me'yorida  qo'llanilishi  lozim.  Haddan  tashqari  ortiqcha  ko'rgazmali 

vosita o'quvchilarni toliqtiradi; fikrni asosiy masaladan chetlashishga olib keladi; o'quv materiali 

uchun ajratilgan vaqtning yetishmasligiga sabab bo'ladi. 


 

54 


 


Download 245.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling