O'zbekiston respublikasi


Mavzuga doir tayanch iboralar


Download 245.85 Kb.
bet53/67
Sana05.01.2022
Hajmi245.85 Kb.
#229538
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi-fayllar.org

Mavzuga doir tayanch iboralar: 

 



  o'qitishda ko'rgazmalilikning ahamiyati. 



  ko'rgazmali jadvallar. 

  tarqatmalar. 



  texnik vositalar. 

 

SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLAR 

 

REJA: 

1. 

Til to'garagi. 

2. 

To'garak nashri. 

3. 

Maktab adabiy-ilmiy jurnali. 

4. 

Ko'rgazma. 

5. 

O'quvchilar konferensiyasi. 

6. 

Tilga oid kechalar. 

7. 

Olimpiadalar. 

Til  to'garagi  o'z  ishini  reja  asosida  olib  boradi.  Mashg'ulotlar,  asosan,  ona  tili  xonalarida 

sinfdan  tashqari  vaqtlarda  bir  oyda  2  marta  o'tkazilishi  kerak.  O'qituvchidagi  sharoit  bilan 

o'quvchidagi istakka ko'ra to'garak mashg'ulotlari soni ko'paytirilishi mumkin. 

Til  to'garaklari  o'z  nashrlariga  ega  bo'lishlari  kerak.  Nashr  nomini  "Tilshunos",  "Yosh 

tilshunos",  "Ona  tili  posbonlari"  deb  nomlasa  bo'ladi.  "O'z  tilingizni  seving  va  o'rganing",  "Ulug' 

kishilar  til  haqida",  "Tilimiz-boyligimiz",  "Ona  tili-onaday  aziz"  deb  nomlangan  ruknlar  tashkil 

qilib  chiqarilsa,  nashrlarning  saviyasi  ortadi.  Til  to'garaklari  nashri  ona  tili  xonasiga  yoki  maktab 

zallariga osib qo'yiladi. 




 

55 


Maktab  adabiy-ilmiy  jurnali  ham  sinfdan  tashqari  ishlarga  kiradi.  Shunday  jurnallar 

tashabbuskor o'qituvchilar tomonidan chiqarilgan.  

Ko'rgazmani  ona  tili  xonasiga  tashkil  qilish  mumkin.  Ko'rgazmaga  chiroyli  yozuv 

namunalari,  juda  sifatli  saqlanib,  to'lgan  daftar  namunalari,  bayon  va  insholarning  bir  necha 

ko'rinishdagi rejalari, a'lo baholangan bayon va insholarni qo'yiladi.  

Ona tili bo'yicha o'quvchilar konferensiyasini o'tkazishni tashkil qilish mumkin. O'quvchilar 

konferensiyasini bir o'quv yilida bir marotaba ona tili xonasida o'tkaziladi. Konferensiya mavzusiga 

moslab, ona tili xonasiga har xil rasmlar, jadvallar tayyorlanadi. Undan foydalaniladi. 

Sinfdan  tashqari  o'tkaziladigan  tadbirlardan  biri  ona  tili  kechalaridir.  Maktablarda  ona  tili 

kechalarini  o'tkazish  juda  katta  ma'rifiy  va  ahloqiy  ahamiyatga  ega.  Agar  kishi  til  kechalarida 

qatnashgan  yoki  uni  o'tkazish  jarayonlarida  ishtirok  etgan  bo'lsa,  shu  talabada  til  kechalari 

to'g'risida tushuncha paydo bo'ladi. 

Sinfdan  tashqari  ish  shakllaridan  biri-olimpiadalardir.  Eng  oldin  olimpiadani  sinf 

o'quvchilari  o'rtasida  O'tkazib,  1-,  2-,  3-o'rinni  olgan  o'quvchini  aniqlash  kerak.  So'ng  o'rin  olgan 

parallel sinfdagi o'quvchi bilan musobaqalashtiriladi. 5-sinflar bo'yicha g'olibga  yoki 6-, 7-, 8-, 9-, 

10-,  11-sinflar  bo'yicha  g'olib  bo'lgan  o'quvchiga  havas  bilan  qarash  hissi  boshqa  o'quvchilarning 

ham ona tiliga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga buradi. 

Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni 

ko'zlaydi.  Uning  ta'limiy  ahamiyati  shundaki,  o'quvchi  bu  jarayonda  qo'shimcha  bilim,  malaka  va 

ko'nikmalarga ega bo'ladi. Tarbiyaviy ahamiyat esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va 

hozirjavoblik  singari  fazilatlarni  shakllantirish,  mustaqil  fikrlash,  ijodiy  faoliyat  ko'rsatish,  nutq 

odobini tarbiyalash singarilarda o'z ifodasini topadi. 


Download 245.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling