Farishtalar
Xonadoningizda keksa odam bormi? Baxtli ekansiz! Dunyo tashvishlaridan to’yib ketsangiz shularni ziyorat qiling: hayot abadiy emasligini o’ylab, taskin topasiz. Xonadoningizda go’dak bormi? Siz ham baxtli ekansiz... dunyo tashvishlaridanto’yib ketsangiz, go’dakni bag’ringizga bosing: hayot abadiy ekanini o’ylab, taskin topasiz...
Eng oliy tuyg’u
Eng toza tuyg’u nima?
Birinchi maoshingizni keltirib berib, otangizning duosini olganingizmi?
Birinchi marta sovg’a keltirib berganingizda onangizning ko’zida qalqigan yoshmi?
Birinchi bo’sami?
To’y kechasidagi hayajonlarmi?
Nogahon ko’z yumgan onangizning qabrini silab yig’laganingizmi?
To’ng’ich farzandingizni ilk bor maktabga еtaklab borganingizmi?
Hammasi… hammasi pokiza tuyg’ular… Ammo…
Bola emizib o’tirgan ayolga zimdan razm soling... go’dagiga termulib bola emizayotgan
onaning ko’zlariga sinchikla-a-a-b tikiling...
Eng oily tuyg’u nimaligini shunda ko’rasiz!
Rost va yolg’on
Haqiqatdan qo’rqqan odam yolg’onning panasiga berkinadi.
Xom sut emgan banda
Odam uchta narsaning qadrini doim kechikib biladi. Yoshlik. Sog’lik. Tinchlik.
Gunohi - azim
Do’stni ho’rlash-gunoh. Umr yo’ldoshini ho’rlash- yuz hissa gunoh. Ota-onani ho’rlash-ming hissa gunoh. Go’dakni ho’rlash- cheksiz gunoh.
Qismat
Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o’xshaydi. Goh oq katakdan o’tadi, goh qora katakdan… farqi shuki, birovning qismatida oq kataklar ko’proq bo’ladi, birovnikida- qora kataklar…
MUSTAQIL TA`LIM
Do'stlaringiz bilan baham: |