O’zbеkistоn rеspublikаsi


Download 0.58 Mb.
bet15/134
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#264633
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134
Bog'liq
O’zbåkistîn råspublikàsi

Pedagogik kuzatish. Ushbu metod yordamida tadqiqotchi tomonidan oilada tashkil etiladigan pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab o‘rganiladi. Pedagogik kuzatish orqali oiladagi tarbiyaviy jarayonini o‘rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq aniqlanadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil, tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish oila tarbiyasi samaradorligiga erishish, barkamol shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, u holda metodning ahamiyati yanada oshadi.

Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar jarayonida pedagogik kuzatuv metodini qo‘llashda tadqiqotchi samaradorlikka erisha olishi zarur. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:



  1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

  2. kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;

  3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

  4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;

  5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling