O’zbеkistоn rеspublikаsi
Download 0.58 Mb.
|
O’zbåkistîn råspublikàsi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anketa metodi.
- Test metodi.
Suhbat metodi. Ilmiy tadqiqot metodlaridan biri bo‘lgan – suhbat asosida tarbiyani tashkil etish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, oilaviy muammolar еchimini topishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlari imkoniyatlarini muammo еchimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat metodi maqsadga muvofiq holda individual, guruhli va ommaviy shakllarda tashkil etiladi. Uni tashkil etish jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishiga erishish muhimdir. Oila tarbiyasini tashkil etishda suhbat metodini qo‘llashda ham muayyan shartlarga amal qilish talab etiladi. Ular quyidagilardir:
tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘lanish va izchillikni ta’minlash; suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash; suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma’lum to‘xtamga kelish; suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan ayrim ma’lumotlarga ega bo‘lish; suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‘lish; suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin, batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish; savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish; olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish. Anketa metodi. Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot jarayonida anketa metodi yordamida kuzatish hamda suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Muammo yuzasidan tuzilgan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etish anketa metodiga asoslanadi. Odatda anketa savollariga javoblar yozma holda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa ochiq yoki yopiq savollardan tashkil topadi. Ochiq savollarga asoslangan anketa respondentlarning muammo yuzasidan erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beradigan savollardan tarkib topadi. Yopiq savollarga ega bo‘lgan anketa bilan ishlashda esa respondentlar “ha”, “yo‘q”, “qisman”, “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va h.k. tarzdagi javob variantlaridan birini tanlaydilar. oila masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari jarayonida anketa metodini qo‘llashda quyidagi shartlarga amal qilish talab etiladi: savollar tadqiq etilayotgan oilaviy muammo mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; savollar yirik hajmli, noaniq bo‘lmasligi kerak; savollar oilaviy muhitning xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; savollar respondentlar tomonidan beriladigan javoblarning to‘la bo‘lishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur; savollarni tuzishda oilaning o‘ziga xosligi inobatga olinishi zarur; javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart. Test metodi. Ilmiy tadqiqot metodlaridan yana biri bu test metodidir. Ushbu metod orqali oila masalalari yuzasidan ilmiy tadqiqot jarayonida respondentlar tomonidan mavjud nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test metodi: ochiq turdagi testlar; yopiq turdagi testlar; to‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollardan iborat bo‘ladi. Metodning afzalligi javoblarning aniq mezonlar bo‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi, vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling