O`zbеkistоn rеspublikasi
Etan asosida etilen ishlab chiqarish
Download 84.52 Kb.
|
Pirolizning suyuq mahsulotlarini qayta ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pirogazni tayyorlash.
Etan asosida etilen ishlab chiqarish. Etan asosida etilen ishlab chiqarish prinsipial texnologik sxemasi 6-rasmda ifodalangan. Etan asosida etilen ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: piroliz jarayoni; pirogazni tayyorlash; komprimirlash, tozalash va quritish; gaz ajratish. Piroliz jarayoni. Etan 1-issiqlik almashtirgichdan 2-saturatorga kelib suv bug’i bilan to'yinadi va 4-piroliz pechiga o‘tadi. Tarkibidagi gazlar ajratilgandan so‘ng etan fraksiyasi (etan retsikl) ham 4-piroliz pechiga kelib qo'shiladi, u yerda piroliz jarayoni sodir bo‘ladi. Pechdagi reaksiya aralashmasi 815-850 °C haroratda 3-toblash bug’latish jixozida toblanadi. Bu yerda pirogazni 350-450 °C sovushi va 11-14 MPa bosimda bug’ hosil bo‘lishi sodir bo‘Iadi 5-baraban-bug’ yig‘gichda u suvdan ajratiladi va pirogaz trubinalari privodlari va propilen kompressorlarida, shuningdek suv uzatish nasoslarida ishlatiladi. 6-rasm. Etilen ishlab chiqarishuning prinsipial texnologik sxemasi: 1-issiqlik almashtirgich jixozi; 2-saturator; 3-toblash-bug’lash jixozi; 4-etanni pirolizlash pechi; 5-baraban-bug’ yig'gich; 6-birlamchi fraksiyalash kolonnasi; 7, 10- separatorlar; 8-tindirgich; 9-bug’latish kolonnasi; 11-1,11-2,11-3,11-4,11-5- kompressorlar; 12-ishqor bilan tozalash kolonnasi; 13-quritgich; 14-demetanizator; 15-sovuq blok; 16-etan etilen kolonasi; 17-gidrirlash reaktori; 18-deetanizator; 19- propan-propilen kolonnasi; 20-depropanizator; 21-debutanizator; 22- depentanizator.
Pirogazni tayyorlash. Pirogaz aralashmasi sirkullanuvchi qozon yoqilg‘isi bilan aralashtirilgandan so‘ng qo'shimcha 175-180 °C haroratgacha sovutiladi va 6-birlamchi fraksiyalash kolonnasiga o‘tadi. Ushbu kolonnaning kubidan suvsizlantirilgan og‘ir fraksiya - qozon yoqilg'isi, yuqorisidan esa yengil fraksiya chiqariladi. Qozon yoqilg‘isining sirkullanuvchi issiqligi xomashyoni isitish va past bosimli bug’ olish uchun sarflanadi. 6-kolonna yuqori tomonidan 95-110 °C da ketayotgan oqim 1-issiqlik almashtirgichda 40 °C gacha sovutiladi va 7- separatorga o'tkaziladi, u yerda pirogaz kondensatsiyalangan uglevodorodlar va suvdan ajratiladi, so‘ngra ular 8-tindirgichda ajratiladi. Pirokondensatning bir qismi 6-birlamchi fraksiyalash kolonnaga sug‘orish uchun, qolgan asosiy qismi esa pirogazni kompromirlash bosqichida ajratilgan pirolizning suyuq mahsulotlari bilan birga 22-depentanizatorga yo‘naltiriladi. 9- bug’latish kolonnasida tarkibidagi uglevodorodlar ajratilgandan so‘ng, suv bug’i olish tarmog‘iga o'tkaziladi, hosil bo‘lgan aralashtirish bug’i piroliz pechiga yuboriladi. Download 84.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling