Xo‘jalik yurituvchi subyektlar — O‘zbekiston Respublikasining eksport qiluvchilari va import qiluvchilari;
Eksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar — tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan tashqi savdo bitimlari (kontrakt, invoys) tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
Eksport kontrakti — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar (barter kontraktlaridan tashqari);
Eksport birja (yarmarka) kontrakti — birja (yarmarka) savdolarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga eksport qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
Qayta ishlash (respublika hududida) bo‘yicha kontrakt — tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash va ularni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish nazarda tutilgan eksport qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
Ishlar (xizmatlar) eksporti — eksport qiluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga ishlar bajarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
Tovarlar eksporti — agar qonunchilikda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish;
Markazlashtirilgan eksport kontrakti — hukumat nomidan yoki uning kafolati ostida davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmlarda eksport tovarlarini yetkazib berishga tuzilgan kontrakt;
Markazlashtirilgan import kontrakti — hukumat nomidan yoki uning kafolati ostida davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmlarda import tovarlarini yetkazib berishga tuzilgan kontrakt;
Do'stlaringiz bilan baham: |