O’zbеkistоn rеspublikаsi
O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi
Download 1.82 Mb.
|
tashqi savdo 211 iqt
II-BOB. O’zbekistonning tashqi savdo faoliyati
2.1 O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasiOʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi diversifikatsiyalangan va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga, innovatsion texnologiyalar va bozorni boshqarishning yangi usullaridan foydalangan holda milliy resurslardan maksimal darajada foydalanishga yoʻnaltirilgan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan, tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz taʼsirini oʻtkazadi.Oʻzbekiston Respublikasida tovarlar tashqi savdosi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirishda, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (keyingi oʻrinlarda TIF TN) bilan birgalikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro standartlashgan savdo tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda – XSST) ishlatiladi. Bu oʻz navbatida tahliliy maqsadlarda eksport va import qilinadigan tovarlarni 10 ta katta qismga guruhlash uchun imkon beradi. Tovarlarni XSST boʻyicha kodlashtirish, TIF TN va XSST oʻrtasida oʻtish kalitlari yordamida amalga oshiriladi.1-rasm O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi1 Mamlakatimizda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag’batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2022-yilning yanvar-dekabr yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $50 008,4 mlnga yetib, 2021 yilga nisbatan $7 837,9 mlnga (18,6% ko‘payish) oshdi. Tashqi savdo umumiy hajmida eksport ulushi$19 309,1 mln ni (2021 yilga nisbat 15,9% o‘sish), import miqdori esa $30 699,3 mln ni(20,4% o‘sish) tashkil etdi.Natijada tashqi savdo aylanmasi passiv balansi -$11 390,2 mln.ga teng bo‘ldi. Shuni ta’kidlash lozimki, tashqi savdo aylanmasining YaIM ga nisbati ham sezilarli darajada o’sib bormoqda , bu savdo jihatidan iqtisodiyotning o’sishidan dalolat bermoqda. 1-jadval. Hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi2
Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling