O’zbеkistоn rеspublikаsi
-rasm O’zbekiston MDH mamlakatlari bilan tashqi savdosi3
Download 1.82 Mb.
|
tashqi savdo 211 iqt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi
2-rasm
O’zbekiston MDH mamlakatlari bilan tashqi savdosi3 2022 yilning yanvar-dekabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 38,4%i MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021 yilning mos davriga nisbatan ulushi 0,6%ga ko‘paygan. Boshqa xorijiy davlatlarning TSAsi 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 2021 yilning mos davriga nisbatan 0,6%ga o‘sdi va jami TSAdagi ulushi 61,6%ni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022 yil yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 19 179,0 mln.dollarni tashkil etdi. Shundan eksport – 7 855,2 mln.dollarga yetgan bo‘lsa, import – 11 323,8 mln.dollar qiymatida qayd etildi. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (48,4%), Qozog‘iston (24,1%) hamda Qirg‘iz Respublikasi (6,6%) davlatlari bilan qayd etildi. Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdodagi ulushi 2,2 mlrd. dollarni yoki 12,7 foizni tashkil etdi.2022 yilning yanvar-dekabr oyi yakuni bilan O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasidagi hajmi: Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 4 621,0 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 1 379,7 mln. dollarga, import hajmi esa 3 241,2 mln dollarga yetdi. Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 1 260,0 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 979,3 mln. dollarga, import hajmi esa 280,7 mln dollarga yetdi. Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 926,3 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 194,8 mln. dollarga, import hajmi esa 731,5 mln dollarga yetdi. Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 674,4 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 519,9 mln. dollarga, import hajmi esa 154,5 mln dollarga yetdi. 2.2 O’zbekiston eksport va import tovarlari tarkibiIqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun respublikada zarur resurslar bazasi yaratilgan. Eksport tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga import tovarlarning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va sanoat ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish natijasida erishildi. Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini koʻrish mumkin. TSAda soʻnggi yillarda katta oʻzgarishlar kuzatilyapti.Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling