O’zbеkistоn rеspublikаsi


Sanoat tovarlari import qilingan asosiy hamkor davlatlar11


Download 1.82 Mb.
bet17/19
Sana23.09.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1686603
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
tashqi savdo 211 iqt


10-rasm
Sanoat tovarlari import qilingan asosiy hamkor davlatlar11

Sanoat mahsulotlari importi asosan choʻyan yoki legirlanmagan poʻlat (2 508,4 mln. AQSH dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (730,8 mln. AQSH dollari), yigirilgan ip, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar (546,9 mln. AQSH dollari), qog‘oz va karton (466,1 mln. AQSH dollari) va boshqalardan tashkil topgan.




Xulosa


Xalqaro savdo bugungi kunda o‘zinig o‘sish va ayrim sabablarga ko‘ra pasayish ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmoqda. Xalqaro savdoda yetakchilik qilayotgan asosiy mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda Jahon savdosining hozirgi vaqtdagi holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, xalqaro savdo keyingi o‘n yilliklarda shiddat bilan rivojlanib va takomillashib bormoqda. Unda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar ham faol ishtirok etib, har bir mamlakat o‘z ishtirokiga qarab iqtisodiy manfaatga ega bo‘lmoqda. Lekin rivojlangan mamlakatlar tomonidan tashqi savdo aloqalariga muhim e‘tibor qaratilishi va mamlakatning ega bo‘lgan iqtisodiy salohiyatining yuqoriligi, bugungi kunda jahon savdosining istiqboldagi strategiyasini belgilab bermoqda.
O‘zbekistonda ham bugungi kunda xalqaro savdo muhim ahamiyatga ega.Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu maxsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimnz kerak. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar startegiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin. Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘nalish - mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va rag’batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Hozirgi kunda tashqi savdoni rivojlantirishda O’zbekistonning oldida turgan asosiy vazifalardan biri import o’rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport qilinayotgan tovarlarni deversifikatsiya qilish va eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish choralarini ko’rishdan iborat.
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo‘lgan tarmoqlarda quyidagi eksport hajmlarining salmoqli o‘sishini ta'minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish zarur:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling