O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 023 yil martdagi 99- son qarori ijrosi haqida
Download 225,21 Kb. Pdf ko'rish
|
114-6-87-Q 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILAMAN
e-qaror.gov.uz 114-6-87-Q/23 1 2023 - yil 30 - mart 114-6-87-Q/23 Uchqo‘rg‘on tuman hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 9 martdagi 99- son qarori ijrosi haqida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2023 yil 9 martdagi 99-son qarori hamda viloyat hokimining 2023-yil 15- martdagi 99-6-0-Q/23 qarorlari ijrosini tumanda taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25- moddalariga muvofiq, QAROR QILAMAN: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2023 yil 9 martdagi 99-son qarori hamda viloyat hokimining 2023-yil 15- martdagi 99-6-0-Q/23 qarorlari ijro uchun qabul qilinsin. 2 .O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 12 oktyabrdagi PQ-393-son qarori bilan: 2023 yil 1yanvardan boshlab xalqaro brendlar brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning e-qaror.gov.uz 114-6-87-Q/23 2 distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari tasdiqlanganligi; mazkur qaror bilan tasdiqlangan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga (keyingi o‘rinlarda – Reyestr) asosan qo‘llanilishi; Tarif va notarif tartibga solish kengashi xulosasiga asosan Reyestrga xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar kiritilishi tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi; quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi eʼtiborga olinsin: Reyestrni shakllantirish, yuritish va tasdiqlash tartibi; ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari, Reyestrga kiritishni rad etish hamda undan chiqarish tartibi; Reyestrni yurituvchi vakolatli organning vazifalari, majburiyatlari va arizalarni ko‘rib chiqish tartibi; Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga nisbatan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qo‘llash tartibi. 3. Tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi (S.Xojayev) manfaatdor korxona va tashkilotlar,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 9 martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida ish tashkil etsin. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari–Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘lmi boshlig‘i U.Jo‘rayev zimmasiga yuklansin. e-qaror.gov.uz 114-6-87-Q/23 3 Tuman hokimi J.N.Rizzayev Download 225,21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling