O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli yo‘l-patrul xizmati xodimlarining
-bob. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari
Download 92.43 Kb.
|
4-kurs
4-bob. Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlari.
18. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagi huquqlarga ega: YPX xodimi tomonidan to‘xtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni buzganligi to‘g‘risida tushuntirish berilishini talab qilish; transport vositasini to‘xtatgan YPX xodimidan o‘zini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishini va ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilishini talab qilish; xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik; YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish (YPX xodimi tomonidan foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno); mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishish; sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish; huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini ko‘rsatishni talab qilish; huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish; asossiz to‘xtatib turilmasligini talab qilish; YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida ishtirok etish; e’tirozlar mavjud bo‘lsa, huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng tegishli DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi)ga murojaat etib, o‘zi to‘xtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi to‘g‘risidagi dislokatsiya haqida yozma ma’lumot berishni talab qilish; o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan o‘z hisobidan nusxa ko‘chirish yoki ularni fotosuratga olish; YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish; o‘zi guvohi bo‘lgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy ma’lumotni bayon qilish. Yo‘l harakati qatnashchilari qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19. Yo‘l harakati qatnashchilari YPX xodimlari bilan o‘zaro munosabatlarda quyidagilarga majbur: YPX xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunishi va ularni bajarish; transport vositasini boshqarishda belgilangan hujjatlarni YPX xodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etish, bunda haydovchining yonida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud bo‘lgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini taqdim qilish talab etilmaydi; YPX xodimiga sovg‘a, moddiy qimmatliklar taklif qilmaslik yoki boshqa shaklda manfaatdor etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmaslik; mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda xizmat guvohnomasini ko‘rsatmaslik (qonunchilikda sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikning alohida tartibi belgilangan shaxslar bundan mustasno); yo‘l harakatining boshqa qatnashchisi hamda YPX xodimi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga xalaqit bermasligi; Yo’l harakati qatnashchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajaradi. Download 92.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling