O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli yo‘l-patrul xizmati xodimlarining


-bob. Yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro munosabat


Download 92.43 Kb.
bet5/9
Sana26.10.2023
Hajmi92.43 Kb.
#1724157
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-kurs

5-bob. Yo‘l harakati qatnashchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganda yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan o‘zaro munosabat.

20. YPX xodimi qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida shaxsiy adovati tufayli shaxsning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirishga harakat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Sodir etilgan huquqbuzarlikni yengillashtirish hisobiga boshqa huquqbuzarlikni rasmiylashtirish taqiqlanadi.
21. Yo‘l-harakati qatnashchisi MJtK 138-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi faktiga e’tiroz bildirmagan, unga solinadigan jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan oshmagan, jarima o‘sha joyning o‘zida to‘langan, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilmaydi.
Jarima to‘laganligi to‘g‘risida huquqbuzarga belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
22. Basharti, yo‘l harakati qatnashchisi o‘ziga solinadigan jarimaga e’tiroz bildirsa yoki belgilangan jarimani joyida to‘lay olmasa, u holda MJtKning 279-moddasiga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
23. MJtK 138-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda huquqbuzarlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma piyodaning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida rasmiylashtiriladi. Agar uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmasa, yaqin oradagi ichki ishlar organlari yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi binosiga olib borib, shaxsiga aniqlik kiritiladi.
24. Ma’muriy javobgarlikka tortish uchun alohida tartib belgilangan shaxslar tomonidan maxsus moslamalar orqali qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, ularning javobgarlik masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


6-bob. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi.

25. Yo‘l harakati qatnashchilarining qoidalarga rioya etishini nazorat qilish maqsadida maxsus moslamalardan foydalaniladi.


26. YPX xodimlari tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatini nazorat qilishda foydalaniladigan maxsus moslamalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan bo‘lishi lozim.
27. Qoidalar buzilishining oldini olish uchun YPX xodimi patrul avtomobili, maxsus moslamalarni imitatsiya qiluvchi qurilmalar (maketlar, manekenlar) yordamidan foydalanishi mumkin.
28. Ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Bunda ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan tezlikni o‘lchash vositalari asosida rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.
29. Transport vositasining haydovchisi maxsus moslama qayd etgan ko‘rsatkichdan norozi bo‘lgan taqdirda, holat tegishli ravishda xolislar ishtirokida rasmiylashtiriladi.



Download 92.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling