O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Download 215.58 Kb. Pdf ko'rish
|
50-2-40-Q 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q A R O R Q I L A M A N
- Tuman hokimi Barnoyev U. I.
e-qaror.gov.uz 19.11.2022 1 2022 йил «3» февраль 50-2-40-Q/22 Ромитан туман ҳокимлиги O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda viloyat hokimining 2021-yil 25-yanvardagi 30-2-0-Q/22-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda viloyat hokimining 2021-yil 25-yanvardagi 30-2-0- Q/22-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Q A R O R Q I L A M A N: 1. Buxoro viloyati hokimining 2022 - yil 25 - yanvardagi 30-2-0-Q/22-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) “2022-yil uchun O‘zbekiston Respubliksining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respubliksi Qonuni bilan bilan Xalq ta’limi vazirligiga Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi uchun ajratiladigan mablag‘lar xisobidan Agentlikning byudjetdan tashqari jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda - Jamg‘arma) bir martalik 15,0 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy ko‘mak mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilganligi; e-qaror.gov.uz 19.11.2022 2 Moliya vazirligi 2023-yildan boshlab har yili Agentlikning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Davlat byudjeti parametrlarida Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish uchun zarur mablag‘larni ajratishi; Jamg‘armaga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli foydalanishi topshirilganligi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash uchun mahalliy byudjetlardan 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda ajratiladigan mablag‘larning hisobi hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining G‘aznachilikdagi alohida ochilgan maxsus hisobvaraqlarida yuritilishi hamda ushbu mablag‘lar Agentlik bilan kelishilgan manzilli dasturlar asosida sarflanishi belgilab berilganligi; Agentlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligining С1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama to‘lash tartibini 2022-yil 1-fevraldan boshlab joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilganligi inobatga olinsin. 3. Viloyat hokimining mazkur qarori bilan: Viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Adilov)ga xalq ta’limi boshqarmasining G‘aznachilikdagi alohida ochilgan maxsus hisob raqamiga 2021-yil yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjetda shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 2022-yilning 15-fevraliga qadar hamda 2022-yil uchun joriy yil mahalliy byudjet parametrlari hamda yil davomida shakllanadigan qo‘shimcha manbalar hisobidan joriy yilning 15 iyuliga qadar tuman (shahar)lardagi maktablarni xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, asbob- uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlab borish uchun 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratib borish topshirilganligi inobatga olinsin. 4. Tuman xalq ta’limi bo‘limi (X.Zikrilloyev) ajratilgan mablag‘larni e-qaror.gov.uz 19.11.2022 3 Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan kelishilgan manzilli dasturlar asosida sarflanishini ta’minlasin. 5. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining o‘rinbosari F.Salomov zimmasiga yuklatilsin. Tuman hokimi Barnoyev U. I. Download 215.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling