O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi


Download 215.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.02.2023
Hajmi215.58 Kb.
#1192026
Bog'liq
50-2-40-Q 22



e-qaror.gov.uz
03.11.2022
1
2022 йил «3» февраль
50-2-40-Q/22
Ромитан туман ҳокимлиги
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
19-yanvardagi 34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
 
hamda viloyat hokimining 2021-yil
25-yanvardagi 30-2-0-Q/22-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi
34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi
hamda viloyat hokimining 2021-yil 25-yanvardagi 30-2-0-
Q/22-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida
Q A R O R Q I L A M A N:
1.
Buxoro viloyati hokimining 2022 - yil 25 - yanvardagi 30-2-0-Q/22-sonli
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi
34-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining
(keyingi o‘rinlarda – Agentlik) “2022-yil uchun O‘zbekiston Respubliksining
Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respubliksi Qonuni bilan bilan Xalq
ta’limi vazirligiga Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi
uchun ajratiladigan mablag‘lar xisobidan Agentlikning byudjetdan tashqari
jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda - Jamg‘arma) bir martalik 15,0 mlrd. so‘m
miqdoridagi moliyaviy ko‘mak mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi takliflariga
rozilik berilganligi;


e-qaror.gov.uz
03.11.2022
2
Moliya vazirligi 2023-yildan boshlab har yili Agentlikning asoslangan
hisob-kitoblariga muvofiq Davlat byudjeti parametrlarida Jamg‘arma
mablag‘larini shakllantirish uchun zarur mablag‘larni ajratishi;
Jamg‘armaga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli
foydalanishi topshirilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi
312-sonli “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili
tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan
adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash
uchun mahalliy byudjetlardan 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda
ajratiladigan mablag‘larning hisobi hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining
G‘aznachilikdagi alohida ochilgan maxsus hisobvaraqlarida yuritilishi hamda
ushbu mablag‘lar Agentlik bilan kelishilgan manzilli dasturlar asosida sarflanishi
belgilab berilganligi;
Agentlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligining С1 darajadagi milliy yoki
unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikat olingan kundan
boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama
to‘lash tartibini 2022-yil 1-fevraldan boshlab joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga
rozilik berilganligi inobatga olinsin.
3. Viloyat hokimining mazkur qarori bilan:
Viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Adilov)ga xalq ta’limi
boshqarmasining G‘aznachilikdagi alohida ochilgan maxsus hisob raqamiga
2021-yil yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjetda shakllangan erkin qoldiq
mablag‘lari hisobidan 2022-yilning 15-fevraliga qadar hamda 2022-yil uchun joriy
yil mahalliy byudjet parametrlari hamda yil davomida shakllanadigan qo‘shimcha
manbalar hisobidan joriy yilning 15 iyuliga qadar tuman (shahar)lardagi
maktablarni xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, asbob-
uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlab borish uchun 1
mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratib borish topshirilganligi
inobatga olinsin.
4. Tuman xalq ta’limi bo‘limi (X.Zikrilloyev) ajratilgan mablag‘larni


e-qaror.gov.uz
03.11.2022
3
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan kelishilgan manzilli
dasturlar asosida sarflanishini ta’minlasin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati tuman hokimining o‘rinbosari F.Salomov
zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi
Barnoyev U. I.

Download 215.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling