O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-aprelda


Download 212.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2023
Hajmi212.85 Kb.
#1757550
Bog'liq
136-12-0-Q 23



e-qaror.gov.uz
136-12-0-Q/23
1
2023 - yil 2 - may
136-12-0-Q/23
Xorazm viloyati hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
 
12-aprelda
“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini
soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 152-sonli
qarorining ijrosi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
12-apreldagi
152-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida
Qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
12-aprelda
“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 152-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun
qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-yanvardagi
152-sonli qarori ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim
qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Viloyat hokimining 2018-yil 11-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 31-maydadagi 408-sonli qarori ijrosini taʼminlash
to‘g‘risida”gi 415-sonli qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilsin.
4. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (D.Nazarmuxamedov), manfaatdor
boshqarmalar va idoralar rahbarlari o‘zlari qabul qilgan hujjatlarini ushbu qarorga
muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining qurilish,
kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish
masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Bekchanov va viloyat hokimligi huquqni


e-qaror.gov.uz
136-12-0-Q/23
2
muhofaza qiluvchi organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar
masalalari guruhi rahbari F.Yuldashevlar zimmasiga yuklansin.
Viloyat hokimi
J.Raximov


e-qaror.gov.uz
136-12-0-Q/23
3
Xorazm viloyat hokimining
2023 yil 2 maydagi
136-12-0-Q/23-son qaroriga
1-ilova
Viloyat hokimining qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
R O‘ Y X A T I
Viloyat hokimining 2018-yil 11-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari
haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda avtomototransport vositalarini
boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va
amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish
faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” qarorining ijrosini taʼminlash haqida”gi 415-sonli qarori bilan ijro uchun
qabul qilingan “Davlat taʼlim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va
shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish
faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini
ro‘yxatga olish, shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik
guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
44-bandning “g” kichik bandidagi “(to‘lovlar miqdori O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi)” jumlalari chiqarib tashlansin;
55-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“55. Manfaatdor shaxs milliy haydovchilik guvohnomasini o‘zi kelib
YHXBning R va IOB yoki davlat xizmatlari markazidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat
asosida o‘zi olib ketadi yoxud xohishiga ko‘ra milliy haydovchilik guvohnomasini
pochta aloqasi orqali olishi mumkin”.

Download 212.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling