O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06. 06
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Oldingi
tahrirga qarang. “Sanoatkontexnazorat” agentligi organi tizimidagi boshqa korxona xodimi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa, baxtsiz hodisa yuz bergan korxona (obyekt) qaysi organ nazorati ostida bo‘lsa, shu organ tomonidan hisobga olinadi. Keyingi tahrirga qarang. (II-bo‘lim 7-bandi ikkinchi xatboshining izohi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 338-sonli qarori tahririda) Baxtsiz hodisa yuz bergan korxona N-1 shaklidagi dalolatnomaning bir nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun o‘zida olib qoladi, qolgan 3 ta tasdiqlangan nusxasini jabrlanuvchi xodimi bo‘lgan tashkilotga, hisobga olish, saqlash va 4-bandda ko‘rsatib o‘tilgan manzillarga jo‘natish uchun yuboradi. 8. Ish beruvchi tomonidan vaqtincha boshqa tashkilotga ishga o‘tkazilgan yoki o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodim bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u shu tashkilot tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. Keyingi tahrirga qarang. 9. Boshqa korxonaning ajratilgan uchastkasida ish olib borayotgan korxona xodimi bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ish olib borayotgan korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. 10. Harbiy qism bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma, bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi obyektlariga ishga jalb qilingan va uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi. Oldingi tahrirga qarang. Harbiylashtirilgan kon va gaz qutqaruvchilari qismlari shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan “Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari organi vakili ishtirokida tekshiriladi. Keyingi tahrirga qarang. (II-bo‘lim 10-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-apreldagi 141-son qarori tahririda) 11. Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma’muriy-texnik xodimi boshchiligida bajarayotgan axloq tuzatish-mehnat muassasi (ATMM)da, davolash-mehnat va tarbiya- mehnat profilaktoriyalari (DMP va TMP)da saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM, DMP va TMP vakili ishtirokida ish beruvchi tomonidan tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi. Keyingi tahrirga qarang. ATMM, DMP va TMPlarda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, o‘zining ishlab chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi. 12. Avtokorxona yoki boshqa korxona tomonidan tuzilgan yig‘ma avtokolonna tarkibida qishloq xo‘jaligi ishlariga yuborilgan avtomobil haydovchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa shu korxona tomonidan tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirishda xodimni yuborgan korxona vakili qatnashadi. IShLAB ChIQARIShDAGI BAXTSIZ HODISALARNI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOShQA XIL ZARARLANIShINI TEKShIRISh VA HISOBGA OLISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida nizom I. UMUMIY QOIDALAR II. IShLAB ChIQARIShDAGI BAXTSIZ HODISANI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOShQA XIL ZARARLANIShLARINI TEKShIRISh VA HISOBGA OLISh TARTIBI III. BAXTSIZ HODISALARNI MAXSUS TEKShIRISh IV. BAXTSIZ HODISALAR TO‘G‘RISIDA HISOBOT VA ULARNING KELIB ChIQIShI SABABLARI TAHLILI Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni qayd qilish DAFTARI Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa to‘g‘risida xabar berish SXEMASI Baxtsiz hodisa (halokat)ni maxsus tekshirish DALOLATNOMASI 1. JABRLANUVChI (JABRLANUVChILAR) HAQIDA MA’LUMOTLAR 2. KORXONA, BO‘LINMA, SEX, ISh JOYINING TAVSIFI 3. BAXTSIZ HODISANING ShART- ShAROITLARI 4. BAXTSIZ HODISA SABABLARI 5. BAXTSIZ HODISA SABABLARINI, ANIQLANGAN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARI VA ME’YORLARI BUZILIShLARINI BARTARAF ETISh ChORA- TADBIRLARI 6. KOMISSIYANING MEHNAT QONUNChILIGI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARI VA ME’YORLARI BUZILIShIGA YO‘L QO‘YGAN ShAXSLAR TO‘G‘RISIDAGI XULOSASI (Bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisining XULOSASI 15.12.2022, 15:39 286-сон 06.06.1997. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi … https://lex.uz/docs/-545128?ONDATE=25.04.2002 5/13 13. Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta’lim maktabi, hunar-texnika bilim yurti, o‘rta maxsus o‘quv yurti o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari bilan yuz bergan baxtsiz hodisa korxona tomonidan o‘quv yurti vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi. Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‘qituvchilari rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta’lim maktabi; hunar-texnika bilim yurti, o‘rta maxsus o‘quv yurti o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar o‘quv yurtlari tomonidan korxona vakili bilan birgalikda tekshiriladi va o‘quv yurti tomonidan hisobga olinadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling