O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06. 06
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
15.12.2022, 15:39 286-сон 06.06.1997. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi … https://lex.uz/docs/-545128?ONDATE=25.04.2002 1/13 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.06.1997 yildagi 286-son Кучга кириш санаси 06.06.1997 Hujjat 25.04.2002 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALARNI VA XODIMLAR SALOMATLIGINING BOSHQA XIL ZARARLANISHINI TEKSHIRISH VA HISOBGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA Keyingi tahrirga qarang. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini , O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini bajarish va respublika hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin. Keyingi tahrirga qarang. 2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar ko‘rsatib o‘tilgan nizomni korxonalar va tashkilotlarga yetkazsinlar, uning o‘rganib chiqilishini va so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar. 3. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomning III bo‘limi 1-bandida nazarda tutilgan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanishlarning og‘irlik darajasini belgilash sxemasini ishlab chiqsin. 5. VSSPS va SSSR Davsanoatatomnazoratning 1989-yil 17-avgustdagi 8—12-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom 1997-yil 1-iyuldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV Toshkent sh., 1997-yil 6-iyun, 286-son Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6- iyundagi 286-son qarori bilan TASDIQLANGAN Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida NIZOM Keyingi tahrirga qarang. I. UMUMIY QOIDALAR 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi. Keyingi tahrirga qarang. Mazkur Nizom: ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga; ish beruvchilarga; pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy kontraktlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga; Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling