O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06. 06


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana20.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1036010
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari organi nazorati ostidagi
korxona (obyekt)larda yuz bergan guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani
tegishli Davlat mehnat texnika nazorati bilan kelishilgan holda “Sanoatkontexnazorat” yoki
“O‘zenergonazorat” agentliklari respublika yoki mahalliy organlari buyrug‘i asosida tuzilgan
komissiya, yuqori turuvchi xo‘jalik organi vakili ishtirokida tekshiradi. Komissiya raisi qilib shu
organ vakili tayinlanadi. Komissiya tarkibiga (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi kiradi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
(III-bo‘lim 3-bandining to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-apreldagi 141-sonli 
qarori 
tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Guruhiy, o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida N-1
shaklidagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan
so‘ng bir sutka ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Ikki — to‘rt kishining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi buyrug‘iga
asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi:
Keyingi
 tahrirga qarang.
rais — O‘zbekiston Respublikasi (bosh) davlat mehnat texnika nazoratchisi;
a’zolar — yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba
uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
“Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari organi nazorati ostida
bo‘lgan korxona (obyekt)dagi shunga o‘xshash baxtsiz hodisa O‘zbekiston Respublikasi
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat texnika nazorati bilan
kelishilgan holda “Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat” agentliklari organining
buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbari
ishtirokida tekshiriladi. Komissiya raisi qilib, “Sanoatkontexnazorat” yoki “O‘zenergonazorat”
agentliklari organining rahbarlaridan biri tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasi (bosh) davlat
mehnat texnika nazoratchisi komissiya tarkibiga kiradi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
(III-bo‘lim 3-bandining to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 25-apreldagi 141-sonli 
qarori 
tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 8-son, 54-modda)
Agar baxtsiz hodisa O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashiga a’zo
tashkilotda yuz bersa, u holda kasaba uyushmalarining bosh mehnat texnik nazoratchisi
komissiya tarkibiga kiritiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Besh va undan ziyod kishi o‘lgan baxtsiz hodisalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
(III-bo‘lim 3-bandining birinchi, oltinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli 
qarori 
tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-
modda)
Keyingi
 tahrirga qarang.
4. Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib chiqadi,
korxona (bo‘linma, sex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini, agar zarur bo‘lsa, tarmoqning
boshqa korxonalarida ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus tekshirish dalolatnomasini tuzadi
(
4-ilova
) hamda III bo‘limning 
7-bandida 
ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Komissiya a’zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a’zolari bilan uchrashuvlar tashkil
etadilar, zarur bo‘lsa tegishli organlarga takliflar kiritadilar yoki ijtimoiy tusdagi yordam
masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila a’zolariga ularning
huquqlarini tushuntiradilar.
Kasaba uyushmalarining (bosh) mehnat texnik nazoratchisi bu masala bo‘yicha o‘zining
alohida fikrini bildirishi mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling