O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Download 252.18 Kb.
|
508 28.10.2004
O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA Davlat o‘rmon fondidan tashqaridagi daraxtlar va butalarni kesganlik uchun to‘lov miqdorlari
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga 2-ILOVA [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.05.00 Hayvonot dunyosidan foydalanish va ularning turlari] Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hayvonot dunyosi obyektlarini foydalanishga berish, hayvonlarni, ularning qismlarini, ovchilik o‘ljalarini, zoologiya kolleksiyalarini, hayvonlarning hayot faoliyati mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish, shuningdek ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish tartibini belgilaydi. 2. Quyidagilar hayvonot dunyosi obyektlari hisoblanadi: kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar — sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populatsiyalari; yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari; yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari; yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari. 3. Tabiiy erkinlik holatida yashovchi barcha yovvoyi hayvonlar, shuningdek ovchilik va baliq ovlash joylariga qo‘yib yuborilgan hayvonlar davlat mulki hisoblanadi va davlat ovchilik-baliq ovlash fondini tashkil etadi. Pitomniklarda, inkubatorlarda, fermalarda, hovuz xo‘jaliklarida o‘stirilgan va shu xo‘jaliklarning chegaralarida joylashgan yovvoyi hayvonlar pitomniklar, inkubatorlar, fermalar, hovuz xo‘jaliklari tegishli bo‘lgan shaxslarning mulki hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifalardagi yer va suv obyektlariga egalik qilish, ularni tasarruf etish va ulardan foydalanish huquqidan ajratilgan. 4. Quyidagilar ov qilish va baliq ovlash mahsulotlari hisoblanadi — mo‘yna va teri, hayvonning shoxi, shuningdek ulardan tayyorlangan buyumlar, yovvoyi hayvonlar hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil bo‘lgan mahsulotlar, ularning go‘shti, ularning qismlari, parrandalar va sudralib yuruvchi hayvonlarning tuxumlari, baliqlarning uvuldirig‘i, ovchilik o‘ljalari hamda belgilangan tartibda tutilgan hayvonlarning o‘zi. II. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish 5. Quyidagilar hayvonot dunyosidan foydalanish turlari hisoblanadi: ov qilish (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida); baliq ovlash (sport, havaskorlik va sanoat maqsadida); hayvonot dunyosidan ilmiy, tibbiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish; hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish; hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish; ko‘paytirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, namoyish qilish hamda tijorat maqsadlarida tutqunlikda saqlash (pitomniklarda, hayvonot bog‘larida va hokazo); zoologiya kolleksiyalari barpo etish; yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish, ularni moslashtirish va qayta moslashtirish; tibbiyot, uy hayvonlarining o‘lat kasalliklariga qarshi, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish. Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari va usullari ham nazarda tutilishi mumkin. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.09.00 Baliq ovlash va baliqchilikni tartibga solish] 6. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosidan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayvonlarni yashash muhitidan ajratib olmasdan va hayvonlarga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladi. Shuningdek barcha tabiiy suv havzalarida 5 kilogrammgacha va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklariga ro‘yxatdan o‘tkazilgan tabiiy suv havzalarida 10 kilogrammgacha miqdorda baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash ham umumiy foydalanishga tegishli bo‘ladi. Hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish bepul amalga oshiriladi. Baliqlarni sport va havaskorlik tarzida ovlash: ushbu bandda belgilangan miqdorlarda baliq ovlashning belgilangan qoidalariga rioya qilgan holda barcha suv havzalarida ruxsat beriladi; qo‘riqxonalar hududida, boshqa qo‘riqlanadigan hududlarda ovlash taqiqlanadi (ularning nizomlariga muvofiq); baliq pitomniklari va havza xo‘jaliklari hududida esa — ma’muriyatning roziligi bilan ovlashga ruxsat beriladi. 7. Umumiy foydalanishga tegishli bo‘lmagan hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish maxsus foydalanish hisoblanadi. Maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida to‘lov evaziga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lov hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarni yovvoyi hayvonlarni va ularning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini bajarishdan, biotexnika tadbirlarini o‘tkazishdan ozod etmaydi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosidan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar hayvonot dunyosidan umumiy asoslarda foydalanish huquqiga egadir. III. Hayvonot dunyosidan umumiy foydalanishga ruxsatnomalar berish tartibi [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.06.00 O‘simlik dunyosidan foydalanish uchun ruxsatnomalar berish tartibi. Litsenziyalar] 9. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanish, uning maqsadlaridan qat’i nazar, faqat maxsus vakolatli organlar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan va taqsimlanadigan pulli kvotalar asosida beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Chet el fuqarolari tomonidan hayvonot dunyosining O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ayrim turlarini ovlashni tashkil etish va ovlash tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilanadi. 10. Hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnomalar: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; o‘rmon fondi (Davlat o‘rmon fondi) yerlarida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari tomonidan ajratiladigan kvotalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslar tomonidan — belgilangan kvotalar doirasida faqat ularga biriktirilgan hududda; O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi. 11. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomalar: o‘rmon fondi (Davlat o‘rmon fondi) yerlarida hayvonot dunyosi obyektlarini tutish (otish, ovlash)ga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga; faqat ularga biriktirilgan hududlarda ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarida belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosidan foydalanishga — ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning tegishli boshqaruv organlariga; qolgan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga beriladi. 12. Yovvoyi hayvonlarni ilmiy, tibbiy, madaniy-ma’rifiy maqsadlarda va boshqa maqsadlarda tutishga ruxsatnomalar taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, ularda quyidagilar ko‘rsatiladi: yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar; tutishning maqsadlari va usullari; turlar bo‘yicha hayvonlar soni; tutish qurollari va suzish vositalari (baliq ovlashda); mo‘ljallanayotgan tutish joyi (tuman, viloyat); hayvonlarni tutish muddatlari. Ariza 7 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, yuridik yoki jismoniy shaxs ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir. (12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda) Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. (12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 13. Yovvoyi hayvonlarni sport-havaskorlik va sanoat maqsadlarida tutishga ruxsatnoma taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida beriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yovvoyi hayvonlarni tutadigan yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, uning rekvizitlari, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi, pasportiga yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjatga oid ma’lumotlar; hayvonlarni tutish maqsadlari; ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklari yoki boshqa ma’muriy hududlar bo‘yicha turlariga ko‘ra hayvonlar soni; hayvonlarni tutish muddatlari; hayvonlarni tutish joyi; tutish usuli; ilmiy tashkilotlar va tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan hayvonlarning so‘ralayotgan turlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar; tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan tasdiqlangan o‘tgan yili tutilgan hayvonlar soni (hayvonlarning turlari va xo‘jaliklar bo‘yicha); amalga oshiriladigan muhofaza qilish va ko‘paytirish tadbirlari hajmlari; agar ularni O‘zbekiston tashqarisiga olib chiqish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, hayvonlarni va ularning hayot faoliyati mahsulotlarini yetkazib berishga shartnomalar (kontraktlar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomaga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilinadi. Buyurtmanoma 7 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda yuridik yoki jismoniy shaxs ruxsatnoma olish uchun buyurtmanomani takroran berish huquqiga egadir. (13-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda) Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 14. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiatdan istalgan shaklda ajratib olishga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi taqdimnomani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi. Ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bu haqda arizachiga ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida 10 kun mobaynida tegishli ruxsatnomani rasmiylashtiradi va beradi. 15. Fuqarolar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning ruxsatnomalari bo‘yicha faqat ularga biriktirilgan hududlarda — ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarida amalga oshiriladi. 16. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanishga ruxsatnoma faqat mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq qiymat to‘langandan keyin beriladi. 17. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanishga — yovvoyi hayvonlarni tutish (otish, ovlash)ga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan belgilangan namunadagi maxsus blankalarda beriladi. Ruxsatnomalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. Hayvonot dunyosidan maxsus foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar berilishi maxsus daftarda qayd etiladi, unda foydalanuvchi, tutish joyi va tutishga ruxsat berilgan hayvonlar soni, hayvonlarni tutish muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 18. Quyidagi hollarda: buyurtmanomada ko‘rsatilgan hayvonlarning turlarini tutishga kvota mavjud bo‘lmaganda; hayvonlarni taqiqlangan joylarda, taqiqlangan vaqtda yoki taqiqlangan usulda tutishga buyurtmanoma taqdim etilganda; tabiatni muhofaza qilish organlariga tutish so‘ralayotgan hayvonlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ilgari berilgan ruxsatnoma (kvota) bo‘yicha tutilgan hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmaganda; tutilishi mo‘ljallanayotgan hayvonlar soni qiymati to‘lanmaganda; tutilgan hayvonlarni uzoq vaqt tutib turish uchun shart-sharoitlar mavjud bo‘lmaganda; qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin. Ruxsatnomalarni berishga buyurtmanomalarni qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. (18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda) Ruxsatnoma berilishi rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq yuqori organlarga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. 19. Tayyorlash va sport-havaskorlik maqsadlarida yovvoyi hayvonlarni tutishga ruxsatnoma olishda yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish, sonini hisobga olish hamda tutilgan hayvonlarni hisobga olish tadbirlarini amalga oshiradigan shaxslar ustuvorlik huquqidan foydalanadilar. 20. Ruxsatnoma olgan shaxs uni foydalanish uchun boshqa shaxsga berish huquqiga ega emas. Aybdor shaxslar (ruxsatnomani bergan va qabul qilgan shaxslar) qonun hujjatlarga muvofiq javob beradilar. 21. Hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxs (maqsadlardan qat’i nazar): ruxsatnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin, biroq 10 kunlik muddatdan kechikmay, ruxsatnomani uni bergan organga undan foydalanganlik to‘g‘risidagi qisqacha hisobot bilan birgalikda qaytarishga; ruxsatnomada ko‘rsatilgan barcha talablarga rioya qilishga majburdir. Ruxsatnomaga o‘zboshimchalik bilan biron-bir tuzatish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi. 22. Hayvonlarni sport-havaskorlik ovida yoki baliq ovida tutgan jismoniy shaxs ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishga haqlidir. Ovchilik mahsuloti sotilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayvonlarni tutishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarga ega bo‘lishi shart. 23. Ruxsatnoma unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir. Ruxsatnoma bir kalendar yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Tutilgan yovvoyi hayvonlardan ruxsatnomada ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq foydalaniladi. 24. Qonun hujjatlari talablariga, mazkur Nizomga, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarda bayon qilingan talablarga rioya etilishi uchun nomiga ruxsatnoma berilgan yuridik va jismoniy shaxslar javob beradilar. Yo‘l qo‘yilgan buzilishlar uchun ruxsatnoma olib qo‘yiladi, qonunni buzuvchiga nisbatan esa amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar qo‘llaniladi. 25. Ovchilik xo‘jaligiga, insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazayotgan hayvonlar ularga biriktirilgan yer maydonlarida ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarining ovchilari va yollangan ovchilari hamda ovchilar va fuqarolarning maxsus brigadalari tomonidan, ov mavsumidan tashqari, ruxsatnomalar bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda tutiladi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.09.00 Baliq ovlash va baliqchilikni tartibga solish] IV. Xorijiy fuqarolar tomonidan ov qilish tartibi 26. Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsatnomasi asosida quyidagi tartibda beriladi: ov qilish va baliq ovlash uchun xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi, bu yerda bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasidan ketishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi; ov qilish uchun buyurtmanoma, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanish uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat xorijiy fuqarolarga ruxsatnoma berish uchun asos hisoblanadi, xorijiy fuqaroning o‘zi yoki uning manfaatlarini ifodalovchi shaxs tomonidan jo‘natiladigan mazkur buyurtmanomada ovlanadigan hayvonlar turlari va ov qilish muddatlari ko‘rsatiladi; ovlash uchun ov qurolidan foydalanuvchi xorijiy fuqaro qurollar va o‘q-dorilarni respublikaga olib kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ruxsatnomasini olishi zarur. 27. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot dunyosi obyektlari ayrim turlarini, shu jumladan tuvdog‘ qushini ovlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga keladigan xorijiy fuqarolarga foydalanish huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida beriladi. 28. Tuvdog‘ qushini ovlashda respublikaning butun hududi bo‘yicha alohida Nizom bilan cheklashlar belgilanadi. 29. Xorijiy fuqarolarning ov qilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi nazorati ostida amalga oshiriladi. 30. Hayvonot dunyosidan foydalanish uchun to‘lovlar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq undiriladi. Ruxsatnomalar mazkur to‘lovlar to‘langandan keyin beriladi. Yovvoyi hayvonlarni ovlaganlik uchun to‘lovlardan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda sarflanadi. 31. Ovlash vaqtida yaralangan hayvonlar ovlangan hayvonlarga tenglashtiriladi. 32. Ovlangan hayvonlarni, ularning qismlarini, o‘ljalarni va shu kabilarni respublikadan olib chiqib ketishga ruxsatnoma hayvonot dunyosidan foydalanishga ruxsatnoma hamda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat inspektori va ovchi tomonidan imzolangan ovlangan hayvonlar to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida beriladi. [OKOZ: 1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.05.00 Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish] V. Hayvonot dunyosi obyektlarini, ularning qismlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi 33. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. (33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-oktabrdagi 276-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 550-modda) 34. Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan pitomniklarda yetishtirilgan hayvonlarni ko‘chirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladi. 35. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan ariza asosida ruxsatnoma berilganligi uchun haq undirilgandan keyin beriladi. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxs (tashkilot)ning nomi, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi; olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi; turlar bo‘yicha olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan hayvonlarning (ularning qismlari, o‘ljalar, tulumlar, hayot faoliyati mahsulotlari va hokazo) soni. Zoologiya kolleksiyalarini olib chiqishda eksponatlar har bir turining nusxalari soni ko‘rsatiladi; olib chiqish uchun asos — hayvon qonuniy sotib olinganligi yoki tutilganligini tasdiqlovchi hujjat (qonuniy tutishga ruxsatnomaning tartib raqami, boshqa hujjatlar), zoologiya kolleksiyasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish organlarida hisobga olinganligi to‘g‘risidagi hujjat. 36. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlar olib kirilishi — olib chiqilishiga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi sudga murojaat qilish huquqiga egadir. Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning taqdim etilmasligi ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. (36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 37. O‘zbekiston Respublikasiga noqonuniy olib kirish yoki uning tashqarisiga olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining maxsus ruxsatnomasisiz urinishlar paytida ushlangan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari va ulardan hosil bo‘lgan mahsulotlar, o‘ljalar, tulumlar olib qo‘yiladi. Olib qo‘yilgan hayvonlardan kelgusida foydalanish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar] 38. Hayvonot dunyosi obyektlarini respublikadan tashqariga olib chiqqanlik uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan bitta yovvoyi hayvon, uning qismlari, tulum, o‘lja, hayvonning terisi, bir juft shox, bitta shox uchun — mazkur yovvoyi hayvonni tutishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida; boshqa yovvoyi hayvonlar uchun — yovvoyi hayvonning mazkur turini tutishga ruxsatnoma qiymatining 2 foizi miqdorida to‘lov nazarda tutiladi. Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o‘ljalar, tulumlar respublikaga olib kirilganligi uchun to‘lov undirilmaydi. 39. Yovvoyi hayvonlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan belgilangan namunadagi blankalarda beriladi. 40. Ruxsatnoma blankalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi va belgilangan tartibda saqlanadi. Berilgan ruxsatnomalar maxsus daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. VI. Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga (CITES) kiruvchi hayvonlar turlari namunalarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va berish tartibi [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.05.00 Atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun to‘lov (shuningdek, 11.01.11.00ga qarang)] 41. Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risidagi konvensiya (CITES)ning I, II va III ilovalariga kiruvchi hayvonlar turlari namunalarini O‘zbekiston hududidan olib chiqish va O‘zbekiston hududiga olib kirish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma yuridik va jismoniy shaxslarga CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat biologiya nazorati) tomonidan beriladi. 42. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi ilmiy organi hisoblanadi. Uning funksiyasiga quyidagilar kiradi: I, II va III ilovalariga kiritilgan fauna turlari namunalarini olib kirish va olib chiqish masalalari yuzasidan Ma’muriy organga maslahatlar berish; fauna turlari namunalari eksporti-importi bo‘yicha xulosalar berish; fauna turlari namunalarini qabul qilishga davlatning tayyorligi to‘g‘risida xulosalar berish; hayvonlarni saqlash sharoitlari bo‘yicha xulosalar berish; kolleksiyalar va pitomniklarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xulosalar berish. 43. CITES Konvensiyasining I, II va III ilovalariga kiritilgan namunalarni olib kirish-olib chiqishga (eksport, qayta eksport, import) CITESning ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun CITESning Ma’muriy va Ilmiy organlariga ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: eksport, qayta eksport, importning maqsadi (tijorat operatsiyalari, ilmiy tadqiqotlar, hayvonot bog‘lari va muzeylar o‘rtasida ayirboshlash, ovchilik o‘ljalari, hadya va boshqalar); hayvonning rus va lotin tillarida to‘liq nomi ko‘rsatilgan holdagi turi; namunaning tavsifi (tirik hayvonlar, hayvonning terisi, tulumi, tanasi, suyagi, shoxi, so‘yloq tishi, qoni, uvuldirig‘i, shuningdek buyumlari va boshqalar; tirik hayvonlar uchun — jinsi va yoshi, identifikatsiyalovchi belgilar mavjudligi); namunalarning soni yoki og‘irligi; namunaning kelib chiqishi (tabiatdan ajratib olingan, sun’iy sharoitlarda urchitilgan yoki o‘stirilgan yoki qanday hujjatlar asosida boshqa mamlakatdan import qilingan, musodara qilingan, sotib olingan, hadya yoki meros sifatida olingan va hokazo); namunalarni olib kirish yoki olib chiqishning rejalashtirilayotgan muddatlari va bojxona punkti, transport vositalari va yo‘nalish sxemasi; tirik havonlarni transportda tashish CITES qoidalariga va havo transportida tashilgan taqdirda esa — tirik hayvonlarni transportda tashish (IATA) qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjat; eksport qiluvchi (qayta eksport qiluvchi) va import qiluvchining rus va ingliz tillaridagi yuridik manzili (jismoniy shaxslar uchun — uy manzili, pasportiga oid ma’lumotlar), ularning telefonlari va fakslari. 44. Quyidagilar namunalarni tutish, sotib olish, tasarruf etish yoki ularga egalik qilishning qonuniyligini tasdiqlaydigan hujjatlar hisoblanadi: namunani tasarruf etish yoki undan foydalanish huquqini beruvchi ishonchnoma; hayvonot dunyosi obyektlarini tutishga berilgan ruxsatnoma nusxasi; suv biologiya resurslarini tutishga berilgan ruxsatnoma nusxasi; ota-onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ikkinchi avlodigacha, zarurat bo‘lganda esa undan oldingi avlodigacha ko‘rsatilgan holda tug‘ilgan sanasi va joyi, zot tartib raqami va laqablari ko‘rsatilgan hayvonlar zoti daftaridan ko‘chirma; agar namuna savdo shoxobchasidan sotib olingan bo‘lsa — tovar cheki; mulkchilik huquqini va/yoki oldi-sotdi shartnomasini, vasiyatnoma, hadya shartnomasini tasdiqlovchi birlamchi yuridik hujjatlar; vakolatli organlarning namunalarni musodara qilish to‘g‘risidagi qarori va/yoki CITESning O‘zbekistondagi Ma’muriy organining musodara qilishga sertifikati; muzeylarning va kolleksiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlarning inventar daftarlaridan ko‘chirma; agar eksport qiluvchi mamlakat CITES Tomoni hisoblanmasa, eksport qiluvchi mamlakat CITES Ma’muriy organining yoxud vakolatli davlat organi ruxsatnomasining asl nusxasi. 45. Istisno hollarda, hayvonlar saqlanishini ta’minlash zarurligidan va Konvensiya talablariga rioya qilish zarurligidan kelib chiqib CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi olib kirish-olib chiqishga tegishli qo‘shimcha axborotni so‘rashi mumkin. 46. CITESning O‘zbekiston Respublikasidagi Ma’muriy organi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, CITES nazarda tutgan hollarda esa CITES Kotibiyati bilan maslahatlashadi va 30 kun mobaynida ruxsatnomani rasmiylashtiradi yoxud asoslangan rad javobini yuboradi. Ruxsatnoma 6 oygacha muddatga, ko‘chma ko‘rgazmalar va sirklar uchun — 12 oygacha muddatga beriladi. Ruxsatnoma berish belgilangan tartibda to‘lov evaziga amalga oshiriladi. 47. Har bir ruxsatnoma belgilangan namunadagi blankada to‘rt nusxada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusxasida himoya markasi bo‘ladi, vakolat berilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va CITESning Ma’muriy organi muhri bilan tasdiqlanadi. Namunalarning har bir turkumi uchun alohida ruxsatnoma rasmiylashtiriladi. 48. Ruxsatnomaning rasmiylashtirilgan nusxalari arizachiga ruxsatnomalarni berish jurnalida tilxat bilan uch nusxada beriladi yoxud to‘lov tasdiqlangandan keyin pochta orqali yuboriladi. 49. Namunalarni olib chiqish ko‘rsatilgan muddatlarda va ruxsatnomada ko‘rsatilgan bojxona shoxobchasi orqali amalga oshiriladi. Himoya markasi bo‘lgan ruxsatnomaning asl nusxasi namuna bilan birga bo‘ladi. Olib kirilgan namunalarda CITES ruxsatnomasining asl nusxasi CITES Ma’muriy organiga taqdim etiladi va hujjatlar yig‘majildida saqlanadi. 50. Agar biror sabab bilan ruxsatnomadan ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanilmasa, u CITESning Ma’muriy organiga qaytarilishi shart. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.08.00 Ov va ovchilik xo‘jaligini yuritish; 2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.09.00 Baliq ovlash va baliqchilikni tartibga solish] VII. Ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish 51. Sport-havaskorlik hamda sanoat maqsadida ovlash va baliq ovlashga ruxsat berilgan yovvoyi hayvonlarning yashash va yurish joyi bo‘lgan barcha yerlar, suvlar va o‘rmonlar ov qilinadigan va baliq tutiladigan joylar hisoblanadi. Sanoat maqsadlarida suv hayvonlari va o‘simliklarini ovlash uchun foydalanilayotgan yoki foydalanilishi mumkin bo‘lgan yoxud baliqlarni ko‘paytirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha suv havzalari (dengiz, daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar va boshqa suv havzalari) baliqchilik xo‘jaliklari hisoblanadi. 52. Quyidagilar ovchilik-baliq ovlash joylari hisoblanmaydi: aholi punktlari yerlari; tabiatni qo‘riqlash, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy vazifalarni bajaruvchi yerlar; shaharlar atrofidagi yashil zonalar; korxonalar atrofidagi sanitariya-himoya zonalari; suv olish inshootlarining himoya zonalari; aerodromlar va aerodrom atrofi zonalari; chegara polosalari; hosili yig‘ishtirib olingunga qadar qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan yerlar; to‘g‘onlar, suv ayirgichlar, ko‘priklardan, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy baliqchilik xo‘jaliklari chegaralaridan 200 metrli polosa yoki ushbu obyektlarni qo‘riqlashning muayyan rejimida belgilangan yiroqlikdagi polosa. 53. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligi — muhofaza qilish va urchitish tadbirlari, ov qilish va baliq ovlash amalga oshiriladigan hudud uchastkasining ovchilik jamoasi, muassasasi yoki tashkilotiga biriktirilgan ishlab chiqarish birligi. 54. Ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklari: davlat tashkilotlari ixtiyorida bo‘ladigan hamda ovchilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish va tayyorlashga mo‘ljallangan davlat xo‘jaliklariga; ovchilik faoliyati o‘rmon xo‘jaligi bilan birga qo‘shib olib boriladigan o‘rmon-ovchilik — davlat xo‘jaliklariga; jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tuzilmalar tomonidan tashkil etiladigan, shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan sport-havaskorlik ovi va baliq ovlash uchun sport-havaskorlik xo‘jaliklariga; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan xususiy ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklariga bo‘linadi. 55. Ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish (ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish) shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. O‘rmon fondi yerlaridagi ovchilik va baliqchilik yer maydonlarini biriktirish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan, boshqa hududda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 56. Ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ovchilik-baliqchilik yer maydonlarini biriktirish yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilardan yerni olib qo‘ymasdan amalga oshiriladi. Zaruriyat bo‘lganda, yer ajratish masalasi belgilangan tartibda hal etiladi. Quyidagilar ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish huquqini berish uchun asos hisoblanadi: xo‘jalikni tashkil etish iqtisodiy jihatdan asoslangan (muhofaza qilish va urchitish tadbirlarini olib borishga xarajatlar hajmi va hayvonlar soni hisobini yuritish) va hudud tavsiflangan buyurtmanoma; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan yovvoyi hayvonlar soni hisobini yuritish materiallari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi so‘roviga ko‘ra taqdim etiladigan yer maydonining holati to‘g‘risidagi axborot; hududida xo‘jalikni tashkil etish rejalashtirilayotgan yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning roziligi. 57. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish huquqi o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga axborot taqdim etilgan holda ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi tashkilot bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi organlari o‘rtasida, boshqa hududda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan tuzilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Shartnoma asosiy hujjat hisoblanadi. Shartnomaga muvofiq hayvonot dunyosidan foydalaniladi hamda ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi yuritiladi. Shartnoma 10 yilgacha muddatga tuziladi. Shartnomada ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish muddati, ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish masalalari bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlari, yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, urchitish, sonini hisobga olish va tutiladigan hayvonlar hisobini yuritish, ovchilikni tashkil etish tadbirlari va boshqa masalalar ko‘rsatiladi. 58. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik va jismoniy shaxsning majburiyatlari: foydalanish uchun qabul qilingan ovchilik va baliqchilik yer maydonini, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish; yovvoyi hayvonlarni saqlash va sonini ko‘paytirishga, yovvoyi hayvonlarning yashash muhitini saqlab qolishga, boshqa biotexnika tadbirlariga yo‘naltirilgan ilmiy asoslangan tadbirlar o‘tkazish; belgilangan metodikalarga muvofiq, maxsus tayyorlangan va o‘qitilgan odamlarning kuchi bilan yovvoyi hayvonlar soni hisobini o‘z vaqtida olib borish; tutiladigan yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish; yovvoyi hayvonlarning nobud bo‘lishiga (ov qilish va baliq ovlash holatlaridan tashqari) va yer maydonlarining yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish; ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklarini chegara to‘sinlari, anshlaglar va ko‘rsatkichlar, xo‘jalik to‘g‘risida to‘liq axborot berilgan xarita-sxema bilan ta’minlash; yong‘in xavfsizligi choralariga rioya etish; ovchilik va baliqchilik xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq axborotlarni tabiatni muhofaza qilish organlariga o‘z vaqtida taqdim etish; har yili ov boshlangunga qadar tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlarini aniq xo‘jaliklarda yoki hududda yovvoyi hayvonlarni tutishga berilgan ruxsatnomalar soni to‘g‘risida xabardor qilish; har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining mahalliy organlariga yovvoyi hayvonlar soni va ularning turlari tarkibi, tutilgan hayvonlarning son va turlari tarkibi, biotexnik, urchitish va muhofaza qilish tadbirlari o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish; o‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajarish. 59. Ovchilik yoki baliqchilik xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslar o‘z vakolatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga egadir: jismoniy shaxslarga belgilangan kvotalar doirasida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma berish; belgilangan kvotalar doirasida sanoat maqsadlarida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish uchun yuridik shaxslar va fuqarolar bilan shartnomalar tuzish; berilgan kvotaga (ruxsatnomaga) muvofiq tutilgan ovchilik va baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash hamda sanitariya talablariga rioya qilgan holda hayvonot dunyosi obyektlaridan buyumlar ishlab chiqarish; ov qilish va baliq ovlash mahsulotlarini ularni tutishning qonuniyligini yoki sotib olinishini, mahsulotning sifat sertifikatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda hokimliklar tomonidan maxsus ajratilgan joylarda sotish; ov qilish va baliq ovlash mahsulotlaridan, hayvonot dunyosi obyektlaridan tayyorlangan buyumlardan foydalanish va ularni sotish; sun’iy ravishda yetishtirilgan hayvonlardan, ulardan ov qilish uchun foydalanilgan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishgan holda o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish; tabiatni muhofaza qilish organlariga ov qilish qoidalari bo‘yicha takliflar taqdim etish; hayvonlarni, shu jumladan baliqlarni tutishni belgilangan tartibda amalga oshirish. 60. Ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish huquqi quyidagi hollarda to‘xtatiladi: hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda; ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish rad etilganda; foydalanishning belgilangan muddati tamom bo‘lganda; foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxs tugatilganda; hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan qoidalari bajarilmaganda; hayvonot dunyosidan boshqa maqsadlarda foydalanilganda; shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda; hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi o‘zboshimchalik bilan boshqaga berilganda; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda. 61. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi to‘xtatilgan taqdirda ovchilikdan foydalanuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda hayvonlar soni hisobi yuritiladi va hayvonlar soni shartnoma tuzilgandagi songa nisbatan asossiz ravishda pasaytirib yuborilgan taqdirda, hayvonot dunyosidan foydalanuvchi mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq hayvonlarning yetishmayotgan sonini pul ifodasida qoplaydi. 62. O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari, shu jumladan tutish normalari, ov qilish (tutish) qurollariga qo‘yiladigan talablar, tutish muddatlari, ov qilish yoki baliq ovlash taqiqlangan joylarni aniqlash tartibi, shuningdek ov qilish va baliq ovlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va ko‘paytirish] VIII. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash 63. Yovvoyi hayvonlarning barcha turlari faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha tutqunlikda saqlanishi mumkin. Zoologiya do‘konlaridan sotib olingan yovvoyi hayvonlar bundan mustasno. Tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (to‘silgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, akvariumda, terrariumda, bog‘langan holda saqlash va hokazo). Xonakilashtirilmaydigan hayvonlar yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. 64. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni hayot faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida tutqunlikda saqlashga faqat O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yo‘l qo‘yiladi. 65. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va urchitish bo‘yicha pitomniklar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida hisobga qo‘yiladi. Pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida bo‘lgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga to‘sqinlik qiluvchi chegaralarga ega bo‘lgan nazorat qilinadigan hudud (muhit). 66. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda o‘stirilgan, CITES Konvensiyasining Ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonun hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda o‘stirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining nazorati ostida amalga oshiriladi. 67. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni hisobga qo‘yishga ruxsatnoma olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga yovvoyi hayvonlar egasining arizasi taqdim etilishi zarur. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili), jismoniy shaxsning manzili, familiyasi va ismi; hayvonlarni saqlashning maqsadi (keyinchalik tabiatga qo‘yib yuborish uchun urchitish, ilmiy tadqiqotlar, tijorat maqsadlari va boshqalar); turlari (kichik turlari) va jinsi bo‘yicha soni ko‘rsatilgan holda hayvonlarning turlari ro‘yxati (kichik turlari, agar duragay bo‘lsa, ota-onalarining turlari ko‘rsatiladi); hayvonlarning kelib chiqishi (sotib olinishi); hayvonlarning sotib olingan sanasi; pitomnikda hayvonlarning qaysi avlodi mavjudligi; hayvonlarni saqlash sharoitlari (qafasda, temir panjarali joyda, erkin va hokazo); hayvonlarning belgisi borligi (tavsiflash, tartib raqamini ko‘rsatish); veterinariya xizmati mavjudligi. Ariza o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi yuqori tashkilotga yoki sudga murojaat qilish huquqiga egadir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilmasligi ruxsatnoma berish rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu ruxsatnomani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha ruxsatnoma berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. (67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 68. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruxsatnoma berilgan shaxslar har yili, 1-yanvargacha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga o‘zlaridagi hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati to‘g‘risida axborot berishi shart. Hayvon nobud bo‘lgan taqdirda, uni saqlaydigan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga uning nobud bo‘lishi sababi to‘g‘risidagi veterinariya xulosasini taqdim etishi shart. 69. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish taqiqlanadi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.16.00 Hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish, urchitish (gibridlash), yarim tutqun va tutqun sharoitlarda saqlab turish va ko‘paytirish] IX. Zoologiya kolleksiyalarini tashkil etish 70. Kolleksiya — konservatsiya qilingan va tirik zoologiya obyektlari yig‘indisi. Kolleksiya tirik hayvonlardan (hayvonot bog‘lari, jonli burchaklar va hokazo) — hayvonlarning tulumlari, tanalari, terilari, skeletlari, uyalari, tuxumlari, hayot faoliyati mahsulotlari, nam preparatlar, ovchilik o‘ljalari va hokazolardan iborat bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan obyektlarning turkumlashtirilmagan holda to‘planishiga har qanday turdagi kolleksiya sifatida qaraladi. Turkumlashtirmagan holda to‘plash — ishlov berilmagan, kolleksiya tartib raqamiga, aniq ilmiy nomiga va to‘plash (sotib olish) joyiga ega bo‘lmagan to‘plangan namunalar. 71. Yovvoyi hayvonlarni tabiatdan ajratib olish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zoologiya kolleksiyalari tashkil etilishi va ularning to‘ldirilishiga faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi va ular mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, majburiy tartibda davlat hisobidan o‘tkaziladi. 72. Zoologiya kolleksiyalarini har xil maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsatnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi. 73. Zoologiya kolleksiyalarini davlat hisobiga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga ariza taqdim etish zarur. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: zoologiya kolleksiyasi egasining manzili, jismoniy shaxsning familiyasi va ismi; zoologiya kolleksiyasining kelib chiqishi; zoologiya kolleksiyasining tarkibi (hayvonlar turlari, ularning qismlari, turlar bo‘yicha soni); zoologiya kolleksiyasi konservatsiya qilinishi turi (tanasi, nam preparatlar, tulum va boshqalar); Fanlar akademiyasining zoologiya kolleksiyasining ilmiy ahamiyati to‘g‘risidagi xulosasi. 74. Zoologiya kolleksiyasini davlat hisobiga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda arizachi sudga murojaat qilish huquqiga egadir. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning taqdim etilmasligi zoologiya kolleksiyasini davlat hisobiga qo‘yishning rad etilishi uchun asos bo‘lishi mumkin. Zoologik kolleksiyaning davlat hisobiga qabul qilish to‘g‘risidagi arizani qayta ko‘rib chiqishda ilgari ushbu kolleksiyani davlat hisobiga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha zoologik kolleksiyaning davlat hisobiga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi (74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda) 75. Qonun hujjatlarini buzadigan zoologiya kolleksiyalari egalari ma’muriy javobgar bo‘ladilar. Qonun hujjatlari takroran buzilgan taqdirda kolleksiyani olib qo‘yish va uni boshqa yuridik shaxsga berish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqiladi. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.15.00 Hayvonot obyektlarini va ular yashash muhitini muhofaza qilish] X. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishni nazorat qilish 76. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 77. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish ustidan idoraviy nazorat tasarrufida ovchilik va baliq ovlash xo‘jaliklari mavjud bo‘lgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. 78. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish ustidan ishlab chiqarish nazorati ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 79. Hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish ustidan jamoatchilik nazorati ovchilar va baliq ovlovchilarning jamoat tashkilotlari tomonidan — ularga biriktirilgan yer maydonlarida va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. 80. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari, o‘rmon qo‘riqchiligi, davlat ovchilik va o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari qo‘riqchiligi, ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklari, qo‘riqxonalar va tabiiy bog‘lar, qo‘riqlanadigan boshqa hududlarning inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. 81. Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega: o‘g‘rincha ovlashni va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish normalari va qarorlari boshqacha tarzda buzilishini aniqlash maqsadida yovvoyi hayvonlar yashaydigan hududni borib ko‘rish; hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish, tayyorlangan ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini, o‘rmonchilar va yollangan ovchilarning qorovulxonasini, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning qorovulxonalari va binolarini, omborlar va boshqa imoratlarni tekshirish, shuningdek transport vositalarining barcha turlarini ko‘zdan kechirish va ushlab turish; ixtiyorida qurol, ovchilik-baliqchilik mahsulotlarini ovlash va baliq ovlash qurollari bo‘lgan barcha shaxslardan hayvonot dunyosidan foydalanish uchun berilgan hujjatlarni ko‘rsatishni, ular tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi munosabati bilan yozma tushuntirishlar berilishini talab etish; mazkur Nizom, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish qoidalari, normalari, muddatlari va boshqa talablari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida hayvonot dunyosi obyektlaridan barcha foydalanuvchilar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish; mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar buzilgan hollarda noqonuniy tutilgan mahsulotlarni belgilangan tartibda olib qo‘yish hamda tayyorlov va savdo tashkilotlariga berish, shuningdek hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qo‘yish; o‘tkazilgan tekshirish to‘g‘risida dalolatnomalar va ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risida protokollar tuzish; hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ularni ko‘paytirish bo‘yicha foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni nazorat qilish; amalga oshirish chog‘ida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, mazkur Nizom hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish; mazkur Nizom va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarini buzganlarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish va qonunni buzishlar to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish; xizmat bo‘yicha berilgan o‘qotish qurolini va unga o‘q-dorilarni belgilangan tartibda olib yurish. 82. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlari yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlariga rioya qilishga va o‘z faoliyatini berilgan vakolatlar doirasida amalga oshirishga majburdir. 83. Noqonuniy ov qilish yoki baliq tutish orqali hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish orqali hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar hayvonni tabiiy yashash muhitidan noqonuniy ajratib olish (otish, ovlash) deb hisoblanadi. Etkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi. 84. Noqonuniy ov qilish yoki baliq tutishning aniqlangan mahsuloti olib qo‘yiladi va qonun buzilishini aniqlagan shaxslarda taqdirlash sifatida qoldiriladi (ko‘pi bilan bir bosh tuyoqli hayvon go‘shti, umumiy og‘irligi 5 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan miqdordagi yovvoyi qush, baliq), tayyorlov tashkilotlariga topshirilishi shart bo‘lgan mo‘yna bundan mustasno. Tuyoqli hayvonlarning boshqa go‘shti va baliq tayyorlov va savdo tashkilotlariga, bolalar uylariga, keksalar uylariga, maktablar va kasalxonalarga belgilangan tartibda topshiriladi. 85. Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini, ularning qismlari, o‘ljalar, tulumlar, hayot faoliyati mahsullari, zoologiya kolleksiyalari qonuniy sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda noqonuniy olib chiqib ketish yoki olib kirishga, tashish va jo‘natishga urinishda aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar. 86. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq olib qo‘yilgan hujjatlarning materiallarini (bayonnomalar, qonunni buzishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar), shuningdek olib qo‘yilgan qurol-yarog‘larni va noqonuniy ovlash va baliq ovlash mahsulotlarini, jinoyat belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda, ma’muriy huquqni buzishlar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga berishlari kerak. Olib qo‘yilgan qurol-yarog‘lar va o‘q-dorilar belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga topshiriladi. Noqonuniy ov qilayotgan yoki baliq tutayotgan shaxslarni ushlashda hujjatlar, qurol-yarog‘lar, ov qilish va baliq ovlash anjomlari va mahsulotlarini olib qo‘yish va foydalanilayotgan transport vositalarini ushlab turish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 87. Mazkur Nizomning, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 88. Hayvonot dunyosiga zarar yetkazgan shaxslar zararni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq qoplashga majburdir. Zararning qoplanishi aybdorlarni javobgarlikdan ozod qilmaydi. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqib ketish hamda ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA Yovvoyi hayvonlar tutilganligi uchun to‘lovlar miqdori
Download 252.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling