O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 299.92 Kb.
bet1/7
Sana07.05.2023
Hajmi299.92 Kb.
#1436747
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduqayumova Feruza (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

__________ “TASDIQLAYMAN”


Maxsus pedagogika va inklyuziv
ta’lim fakulteti dekani
________P.f.n., dots. D.A. Nurkeldiyeva
_____” _________ 2022 yil


KURS ISHI
MAVZU: Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmika mashg‘ulotlari


Himoyaga tavsiya etaman Ilmiy rahbar:
Logopediya kafedrasi mudiri: O‘qituvchi: O.Y.Bozorov
PhD., dots. N.Z. Abidova
_____” dekabr 2022 yil “_____” __________ 2022 yil
Bajardi: Abduqayumova Feruza


Toshkent – 2022 Mundarija
Kirish……………………………………………………………………….3
I BOB Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmik mashg‘ulotlar muammosini o‘rganishning ilmiy- nazariy asoslari.
1.1. Muammoni pedagogik psixologik va metodik adabiyotlarda yoritilishi…………………………...……………………………………….........5
1.2. Duduqlanuvchi bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari………..…………………………………………………………..…9
II BOB Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan logoritmika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan vositalar va ularning korreksion ish.
2.1. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan psixologik - pedagogik korreksion ish mazmuni………………………………………………………...15
2.2. Logoritmik mashg‘ulotlarida duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar yuzasidan metodik tavsiyalar………………………………………………………………………..19
XULOSA………………………………………………………….....……34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI………….....…..35
KIRISH

Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohatlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblangan ta’lim tizimini yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdrishdek muhim vazifalarni qo‘ymoqda.


Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga ko‘tarish masalasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida gap ketar ekan, avvalam bor, uning huquqiy – me’yoriy ba’zasini ta’minlovchi rasmiy hujjatlarga murojaat qilish lozim.
Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan, yetuk shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishi uchun nutqning to‘g‘ri rivojlanishi juda katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida kamchiliklar kuzatilishi uning ta’lim olishini murakkablashtiradi. Duduqlanuvchi bolalar nutqidagi kamchiliklar, harakat tizimidagi keskin buzilishlar ovoz va nafasni rivojlanishiga qiyinchilik tug‘dirib, murakkab g‘ov bo‘lishi tabiiydir.
U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari bola shaxsini, bilish faoliyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Og‘ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, ayniqsa bilish faoliyati oliy darajalarning shakllanishiga ta’sir qilishi mumkin. Ana shunday og‘ir va uzoq davom etuvchi nutq nuqsonlaridan biri bu duduqlanishdir. Bu nuqson bolalarning ruhiyatiga va nutqiy muomalaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va atrofdagilar bilan muloqot qilishi qiyinlashadi.
Intellekti, eshitishi, ko‘rishi me’yorida rivojlanmayotgan bolalarda nutq kamchiligini o‘rganish va ularni baratarf etish bo‘yicha L.R.Mo‘minova, I.G.Veretennikova, Z.V.Babaeva M.Yu.Ayupova, X.M.Po‘latova, N.Raxmonqulovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida tilning grammatik asoslarini egallash va uning boshqaruvchi vazifasini vujudga kelishi munosabati bilan mustaqil nutqning intensiv o‘sishi maktabgacha tarbiya yoshida rviojlanishi xususida e’tiborli izlanishlar olib borganlar. Tadqiqotlarni o‘rganish va ularni tahlil etish natijasida duduklanuvchi bolalar psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tomonlarini ilmiy jihatdan o‘rganiladigan muammo degan xulosaga keldik.

Download 299.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling