O`zbekiston respublikasi xalq ta`lim vazirligi “nizomiy” nomidagi toshkent davlat pedagogika uneversiteti aniq va tabiy fanlarni o`qitish metodikasi(matematika)


Download 208 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1619477
1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashg`ulot 1 mo`m

Mamlakatimiz hududidagi ilk oliy oʻquv yurti Abu Bakr Muhammad Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida aytib oʻtilgan 937 yilgi yonginda zarar koʻrgan Forjak madrasasi boʻlgan. Turkistondagi ilk oliy oʻquv yurti 2 turga boʻlingan: -birinchi turi Madrasa deb atalgan va talabalarga ilohiy (nakdiy) va dunyoviy (aqliy) ilmlar berilib, kichikroq shaharlarda, tumanlarda faoliyat koʻrsatgan. Ikkinchi turdagi oliy oʻquv yurtlari oliy madrasalar (madrasai aʼlo) deyilgan.

  Oʻzbekistonda zamonaviy maʼnodagi birinchi oliy oʻquv yurti Turkiston ASSR Xalq komissarlar kengashi buyrugi bilan 1918 yilning 16-martida tashkil etilgan Turkiston xalq universitetidir. Ammo bu universitet faqar rus tilida maʼlumot olgan kishilarni oʻqitishga yoʻnaltirilgan. Munavvarqori yetakchiligidagi ziyolidar tashabbusi va saxovatli kishilarning koʻmagi bilan 1918-yil 12-mayda Xalq dorilfununining tashkil etilishi ulkan voqeaga aylangan. Xalq dorilfununi tashkil etilganda, uning qoshida adabiyot-falsafa, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiymatematik, qishloq xoʻjaligi, texnika singari 5 fakultet faoliyat koʻrsatgan. 

Amerika Qo'shma Shtatlarida oliy ta`lim 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir. AQShda majburiy ta`lim 16 yoshgacha amal qiladi. Oliy ta`lim esa quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi: 1) Kichik mutaxassis 2 yillik kollejlar. 2) Bakalavr 4 yillik kollejlar. 4 yillik kollej yoki dorilfununni tugatgandan so’ng, 3) 1-2 yillik magistr maktabi. 4) Doktorantura. Oliy ta`limda ikki yo’nalish mavjud: 1)Ta`limni individuallashtirish 2)Talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish.

Germaniya ta’limidagi eng mashhur yo‘nalish oliy ta’lim tizimidir. Mamlakat yuqori darajadagi oliy ma’lumot berishda nafaqat Yevropa, balki jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Bu yerda 440 ta oliy o‘quv yurti mavjud bo‘lib, ularning aksariyati dunyoning nomdor universitetlari qatorida turadi. Geydelberg universiteti mamlakatdagi eng mashhur oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinda Myunxendagi Lyudvig-Maksimillian universiteti turadi. Die Bucerius Law School esa Germaniyadagi eng yaxshi yuridik universitet sifatida yetakchilik qilmoqda.


Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling