O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Download 155.5 Kb.
bet9/11
Sana29.08.2023
Hajmi155.5 Kb.
#1671142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
giljamol opa

Rolli o'yinlar
Zamonaviy ta'limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o'yinlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'quvchilarda muayyan faoliyat yuzasidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko'nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta'limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o'yinlar o'ziga xos o'rin tutadi. Bugungi kunda ta'lim jarayonida qo'llash nihoyatda qulay bo'lgan bir qator o'yinli texnologiyalar yaratilgandir.
Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni aks ettirishga, o'quvchilarning muayyan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan hamda kasbiy sifatlarini tarkib toptirish, ularni ongli ravishda kasbga yo'llash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga mo'ljallangan didaktik o'yinlarni ishbilarmonlar o'yini deyiladi. Ishbilarmonlar o'yini ham boshqa o'yinlar kabi o'qituvchi va o'quvchilardan puxta tayyorgarlik ko'rishni talab etadi.
O'qituvchi ishbilarmonlar o'yinini uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur:

  1. O'yin mavzusini oldindan belgilash.

  2. Didaktik o'yinning maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, o'quvchilar bajarishi lozim bo'lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalashtirish.

  3. Didaktik o'yin davomida o'quvchilar oldiga qo'yiladigai o'quv-bilishga oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo'llarini aniqlash va loyihalash.

  4. O'quvchilarni didaktik o'yinning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik o'yin talab etadigai vazifalarni taqsimlash, har bir o'quvchiga aniq yo'llanma berish.

  5. Mazkur o'quv-bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda o'quvchilarning avvalgi mavzulardan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini tanish, odatiy va kutilmagan vaziyatlarda qo'llash imkoniyatlarini aniqlash.

  6. O'quvchilarning didaktik o'yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat qilish.

Didaktik o'yinli darslarniig muvaffaqiyati, avvalo, o'quvchilarning mazkur o'yinlarga puxta va qizg'in tayyorgarlik ko'rishlariga, o'qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog'liq. O'quvchilarning bunday o'yinga tayyorgarlik ko'rish faoliyati quyidagi masalalarni bilishni taqozo etadi:

  1. Didaktik o'yinning maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish.

  2. Didaktik o'yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni aniqlash.

  3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo'llarini topish.

  4. Har bir o'quvchining o'zi bajarishi lozim bo'lgan vazifalarni anglashi, o'qituvchidan kerakli yo'riqnoma va ko'rsatmalar olish.

  5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini tanlash.

  6. Didaktik o'yin ishtirokchilari o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam va o'zaro nazorat vujudga kelishini ta'minlash.

Shuni ta'kidlash joizki, o'yinli texnologiyalar ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlash, o'quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltirish, shuningdek, bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi vaqt oralig'ini qisqartirish, ta'limni jadallashtirishga yordam beradi.
O'yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo'ladiki, buning oqibatida har o'quvchi o'zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o'zi egallagan o'rinni barqarorlashtiradi, o'z – o'zini boshqarish ko'nikmalarini hosil qiladi. O'yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko'nikma va malakalarga aylanishini ta'minlash, balki o'quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.
Pedagog va psixolog olimlar – D.N.Uznadze, L.S.Vgotskiy, A.N.Leontev, S.A.Shmakov, G.K.Selevko, P.Ya.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbiskiy va boshqalar o'yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o'ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma'lumotlarga egamiz.
O'yinlarni tashkil etishda quyidagi maqsadlar ko'zda tutiladi:

  • ta'limiy (didaktik) maqsad;

  • tarbiyaviy maqsad;

  • faoliyatni rivojlantirishga yo'naltiruvchi maqsad;

ijtimoiy maqsad.
G.K. Selevkoning fikricha, o'yin psixopedagogik jarayon sanalib, u quyidagi tuzilmaga ega bo'ladi:

Download 155.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling