Reja: Manyovr ishlarining olib borilish tartibi 2


Download 419.65 Kb.
bet1/4
Sana13.12.2022
Hajmi419.65 Kb.
#1000470
  1   2   3   4
Bog'liq
9-Ma\'ruza


FAN O‘QITILADIGAN KAFEDRA NOMI: Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish
FAN O‘QITUVCHISI: PhD, dotsent Masharipov Ma’sud Nu’monjonovich
9-MAVZU: STANSIYALARDA MANYOVR LOKOMOTIVLARI ISHINI TASHKIL ETISH.
REJA:
1. Manyovr ishlarining olib borilish tartibi
2. Manyovr lokomotivlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari
3. Manevr lokomotivlarining optimal sonini aniqlash
4. Strelkali post navbatchilari orqali xizmat ko‘rsatilmaydigan stantsiyalar hududida manyovr ishlarini olib borish.
1. Manyovr ishlarining olib borilish tartibi
Manyovr ishlari stansiya ishining texnologik jarayoni va quyidagilar ko‘zda tutilgan reja asosida amalga oshirilishi lozim:
- poezdlarni o‘z vaqtida tuzilishi va jo‘natilishi;
- vagonlarni o‘z vaqtida yuk operatsiyalari uchun uzatilishi va yuk operatsiyalari tugagandan so‘ng olinishi;
- vagonlarni ishlash uchun eng kam vaqt sarflanishi;
- barcha manevr vositalardan va texnikaviy qurilmalardan ratsional foydalanish;
- stansiyaga poyezdlarni uzluksiz qabul qilinishi;
  • harakat xavfsizligi hamda manevrlar bilan bog‘liq xodimlar xavfsizligi va harakat tarkibining butligi.

  • Yo‘llarning rivojlanganligi, manevr ishlarining xususiyati va hajmiga bog‘liq ravishda stansiyadagi yo‘llar manevr hududlariga bo‘linadilar.

Manevr hududlarining chegaralari va ularning har biridagi ish xususiyatlari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Har bir manevr hududida odatda bitta manevr lokomotivi ishlaydi. Ayrim hududlarda ikki va undan ortiq manevr lokomo­tivi ishlashi zarur bo‘lsa, harakat xavfsizligi ta’minlanadigan ularni ishlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko‘rsatiladi. Manevr ishlari uchun beriladigan lokomotivlar soz bo‘lishi, yaxshi ishlaydigan radiostansiyalarga, belgilangan signallar va inventarga ega bo‘lishi lozim. Manevr harakatlarida markazlashtirilmagan strelkalar manevrlarga rahbarlik qilayotgan shaxsning farmoyishiga binoan strelkali post navbatchilari tomonidan o‘tkaziladi. Elektr markazlashtirish bo‘lgan stansiyalarda strelkalar stansiya navbatchisi yoki markazlashtirish posti operatori tomonidan o‘tkaziladi. Strelkalar markaziydan mahalliy boshqaruvga topshirilganda, shuningdek, strelkali post navbatchisi xizmat ko‘rsatmaydigan markazlashtirilmagan strelkalarda manevrlar amalga oshirilganda strelkalarni lokomotiv yoki tuzish brigadalarining xodimlari, konduktorlar, park navbatchilari, stansiya navbatchilari, stansiya boshliqlari, yuk va bagajni qabul qilib-topshiruvchilar, lokomotiv, vagon depolari xodimlari va boshqa xodimlar tomonidan o‘tkazilishiga ruxsat etiladi.
Manyovrlar paytida ko‘rsatilgan xodimlarga strelkalarni o‘tkazishga ruxsat etilgan stansiyalar ro‘yxati DATK mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Markazlashtirilgan strelkani o‘tkazishdan avval unga xizmat ko‘rsatuvchi xodim (shaxsan yoki boshqa xodimning ma’lumotiga asosan) strelka tarkib bilan band etilmaganligiga, shuningdek, yondosh yo‘llardan o‘tishlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim. Elektr markazlashtirishda strelka o‘tkazgichning harakat tarkibidan bo‘shligi boshqaruv apparatidagi nazorat asboblarinnng ko‘rsatmasi bo‘yicha aniqlanadi. Ushbu asboblar nosoz bo‘lganida yoki vaqtincha o‘chirilganida yohud strelkalar manyovr kolonkalaridan o‘tkazilganida strelkali o‘tkazgichning harakat tarkibidan bo‘shligini aniqlash tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Markazlashtirilmagan strelkalar (saralash yo‘llarida joylashgan, manevr ishlari har doim ketma-ket turtkilar bilan amalga oshiriladigan, sharnir-tirsakli tutashtirgichlar bilan jihozlangan strelkalardan tashqari) manevrlar paytida zakladkalar bilan berkitlishi lozim.
TFQ ning 197 bandiga muvofiq, manyovr ishlarida ko‘rsatmalarni uzatishning asosiy vositasi sifatida radio aloqa, zarur hollarda esa ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari ishlatilishi lozim. Manyovr ishlarida qo‘l signal asboblari bilan signal berishga ruxsat etiladi. Poezd tuzuvchisi olib yuriladigan soz radiostansiyaga ega bo‘lishi lozim. Stansiyalarda mavjud radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi qurilmalaridan manevr ishlarini tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanilishi lozim. Radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi orqali uzatiladigan ko‘rsatma va ma’lumotlar qisqa bo‘lishi lozim; ko‘rsatma bergan kishi uni manevr lokomotivining mashinisti va boshqa xodimlar tomonidan to‘g‘ri tushunilganiga (ko‘rsatmaning qisqacha takrorini tinglab, belgilangan tovushli javob signalini olib) ishonch hosil qilishi lozim. Radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi orqali uzatiladigan, manevr ishlariga xos bo‘lgan ko‘p qaytariladigan ko‘rsatmalar uchun zarur holatlarda so‘zlashuvlarning namunaviy reglamenti o‘rnatiladi.
Radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasining konkret maqsadi ulardan foydalanish xuquqi berilgan xodimlar ro‘yxati va har bir manevr hududida foydalanish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. Stansiyalarda radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasidan foydalanish tartibi DATK ning maxsus yo‘riqnomasi bilan belgilanadi. Stansiya navbatchisi manevr marshrutlarini manevr ishlari rejasiga muvofiq tayyorlashi lozim. Harakatlanish yo‘nalishi o‘zgarmaydigan manevr marshruti odatda manevr tarkibining to‘liq harakatlanish yo‘liga mo‘ljallab tuziladi. Bunday marshrutni tayyorlashning imkoni bo‘lmaganda stansiya navbatchisi mashinistni (manevrlar rahbarini) marshrutni qismi qaysi yo‘lga yoki qaysi svetoforgacha tayyorligini xabardor qilishi shart. Marshrut tayyor bo‘lsa, taqiq ko‘rsatmali yoki chiroqlari o‘chgan manevr svetoforini, stansiya (post) navbatchisi manevr lokomotivi mashinistiga radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi yoki manevrlar rahbari orqali uzatadigan ko‘rsatmasiga binoan bosib o‘tish ruxsat etiladi. Birlashtirish yoki tortish yo‘llari bo‘ylab tarkiblarni parkdan parkka o‘tkazishda xavfsizlikni ta’minlash tartibi va shartlari stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko‘rsatiladi, bunda manevr tarkiblarini vagonlari ilgariga qarab harakatlanganda xavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor berilishi kerak.
Ayrim holatlarda mahalliy sharoitlardan kelib chiqib (parklar ketma-ket joylashganda, mashinist kabinasidan turib manevr lokomotivlarini vagonlardan ajratish qurilmasi bilan jihozlanganda va h.z.), tarkiblar tuzuvchi brigada xodimlarining kuzatuvisiz parkdan parkka o‘tkazilishi mumkin. O‘ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi ayrim toifadagi yuklar ortilgan vagonlar (yuklarni tashish Qoidalari, shuningdek, xavfli yuklarni tashish qoidalariga muvofiq), manevrlar paytida qattiq yonilg‘ida ishlaydigan parovozdan kamida bitta tez o‘t olmaydigan xavfsiz yuk ortilgan yoki bo‘sh vagon bilan to‘silishi (ajratilishi) lozim. Poezdlarda va manevrlar paytida ayrim toifadagi o‘ta xavfli yuk ortilgan vagonlarni to‘sish me’yorlari tashish hujjatlarida maxsus shtempel bosish usuli bilan ko‘rsatilib, undagi raqamlar to‘siladigan vagonlarning eng kam sonini belgilaydi, masalan, me’yorda 3/0-0-3-1 deb qayd etilgan bo‘lsa, bunda: birinchi raqam - poezdning etakchi lokomotivdan to‘silish vagonlari soni (surati - qattiq yonilg‘ida ishlaydigan parovozdan, mahraj - neft yonilg‘isida ishlaydigan parovozdan, elektrovozdan yoki teplovozdan); ikkinchi raqam - poezdddagi suruvchi lokomotivdan; uchinchi raqam - poezddagi odamlar ketayotgan vagonlardan; to‘rtinchi raqam - manevrlar paytida qattiq yonilg‘ida ishlaydi­gan parovozdan to‘silish vagonlari soni; "0" (nol) belgisi to‘sish talab etilmasligini bildiradi.
Odamlari bilan vagonlar, shuningdek, yuklarni kuzatib borish uchun maxsus ajratilgan xodimlari, kuzatuvchilari, qorovullari, qo‘riqlash naryadlari bilan vagonlar, jonivorlar bilan vagonlar, 1 klassli xavfli yuk (VM) li vagonlarning oldi tomonidan ham, orqa tomonidan ham qo‘yilishi mumkin, lekin tashish hujjatlarida quyidagi shtamplar mavjud bo‘lgan: «Zaharli» va «To‘siq ....» (bir paytning o‘zida ikki shtamp) xavfli yuklar ortilgan vagonlarning doimo oldida qo‘yiladi. Tez alangalanuvchi suyuqliklar ortilgan vagonlar tuzish stansiyalarida poezdlarga VM vagonli poezdlarning orqasidan (poezd boshidan hisoblaganda) qo‘yilishi kerak. Vagon va lokomotiv depolarining ta’mir yo‘llarida manevr harakatlar DATK ning tegishli tarkibiy bo‘linmasi mas’ul xodimining kuzatuvi ostida va shaxsiy ko‘rsatmalariga asosan amalga oshiriladi. Texnikaviy yoki yuk operatsiyalari amalga oshirilayotgan vagonlar mavjud yo‘llarda turtish usuli bilan manevrlar bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ob-havoning noqulay sharoitlarida (kuchli shamol, tuman, bo‘ron), shuningdek, yoritilmaydigan yo‘llarda manevr ishlari o‘ta ehtiyotkorlik bilan, zarur holatlarda esa, tezlikni pasaytirib amalga oshiriladi. Xo‘jalik poezdlari va yo‘l mashinalarini stansiya yo‘llaridagi ishi DATK ning tegishli tarkibiy bo‘linmasi (yo‘l, signalizatsiya va aloqa va h.z. xo‘jaliklari) mas’ul xodimining rahbarligida amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan poezd va mashinalarning bir yo‘ldan ikkinchisiga yoki stansiyaning boshqa hududiga harakati faqat manevrlarga rahbarlik qilayotgan shaxs yoki stansiya rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Zarur holatlarda bunday poezdlar va yo‘l mashinalari harakatiga rahbarlik qilish uchun stansiya boshlig‘ining ko‘rsatmasiga binoan stansiyaning tegishli xodimi tayinlanishi mumkin. Stansiyalarda tormoz englarini ajratish va qo‘shish vagonlarga texnikaviy xizmat ko‘rsatish punkti xodimlari yoki mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, texnologik jarayon yoki stansiya texnikaviy-boshqaruv akti bilan belgilangan boshqa xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Manevrlarni amalga oshirish paytida tormoz englarini ajratish va qo‘shish tuzish brigadasi yoki konduktorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tarkibga tirkash va undan uzishda tormoz englarini lokomotiv brigadasi ajratadi va qo‘shadi, lokomotivga bir mashinist xizmat ko‘rsatganda esa bu operatsiyalarni vagon ko‘ruvchisi amalga oshiradi. Ayrim vagonlarni favqulotda holatlarda va faqat gorizontal sathli yo‘llarda qo‘l bilan surishga ruxsat etiladi. Stansiyaning asosiy, qabul qilish-jo‘natish va saralash yo‘llarida vagonlarni qo‘l bilan surish taqiqlanadi. Faqat tegishli yo‘l bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan belgilangan mas’ul xodimning rahbarligida, ko‘pi bilan bitta yuk ortilgan yoki ikkita bo‘sh vagonni qo‘l bilan surishga ruxsat etiladi. Vagonlarni qo‘l bilan surganda quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
- ularni 3 km/soat dan ortiq tezlik bilan surish, bunda vagonlar albatga tirkalgan bo‘lishi shart;
- asosiy va qabul qilish-jo‘natish yo‘llari yo‘nalishida chegara ustunchasidan chetga surib chiqarish;
- tormoz boshmoqlari yo‘q bo‘lsa, harakatni boshlash;
- tormozlash maqsadida g‘ildiraklar tagiga shpal, tosh, lom va boshqa buyumlarni qo‘yish.

Download 419.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling