Reja: Manyovr ishlarining olib borilish tartibi 2


Download 419.65 Kb.
bet3/4
Sana13.12.2022
Hajmi419.65 Kb.
#1000470
1   2   3   4
Bog'liq
9-Ma\'ruza

Teplovoz tomonidan yoqilg‘i sarf qilishning hisobga olinishi va tahlili

Mashinist kodi

Smenadagi ish vaqti, soat

Smenadagi ish vaqti, %

Teplovoz

Dizel

Boshlanishi tugashi

Jami

Turish joyida

Harakatda

To‘xtatilgan

Ishlaydi

Tortuv ostida

Yurib chiqish va tormozlanish bilan

Salt yurishda

Yuklama ostida

522

19.50 7.50

12.00

55,31

36,39

8,30

0,00

63,61

36,39

601

7.50 19.50

12.00

62,77

26,36

10,87

0,03

73,64

26,36

145

19.50 7.50

12.00

58,38

27,27

14,35

4,08

68,65

27,27

114

7.50 19.50

12.00

64,36

25,41

10,23

0,00

74,59

25,41

601

19.50 7.50

12.00

56,51

32,72

10,77

0,27

67,01

32,72

Jadvalda TEM-2 teplovozida bir saralash stansiyasida tepalik osti parkida tarkiblarni jo‘natish parkiga tortib chiqarish bilan bajariladigan operatsiyalarni amalga oshirishdagi bir necha smena davomidagi ma’lumotlarga ishlov berish natijalari keltirilgan. jadvaldan ko‘rinib turibdiki, lokomotivning tortuv ostida harakatlanish rejimlariga umumiy ish vaqtining 25 dan 36 % gacha qismi, “yugurib” chiqish bilan esa – taxminan 11 % qismi to‘g‘ri kelar ekan. Teplovozning to‘xtab turish joyidagi ish vaqti 55 dan 64 % gacha vaqtni egallaydi. Dizelning asosiy ish vaqtini salt (xolostoy) yurish rejimi tashkil etadi. Uning ulushi 75% gacha etadi. Dizelning yuklama ostidagi ishi taxminan 25…36 % atrofida. Polsha davlatining temir yo‘l stansiyalaridagi manevr lokomotivlari sutkasiga o‘rtacha 70% (55 dan 90 gacha oraliqda) foydali ish jarayonida bo‘ladi va kuniga o‘rtacha 150 litr (90 dan 240 litr oralig‘ida) yoqilg‘i sarflaydi (9.1-9.2 rasmlar). 9.2.-rasmda SM42 rusumli manevr lokomotivining ishdagi holati ko‘rsatilgan.
9.1-rasm. Polsha davlati temir yo‘l stansiyalaridagi manevr lokomotivlarining ish bilan bandlik vaqti.
9.2.-rasm. Polsha davlati temir yo‘l stansiyalaridagi manevr lokomotivlarining o‘rtacha kunlik yoqilg‘i sarfi.
Polsha davlati temir yo‘l stansiyalarining birida ishlayotgan SM42 rusumli manevr lokomotivining ko‘rinishi.
Yoqilg‘i sarfi me’yorini amaldagi shakllantirish uslubiyotining asosiy kamchiligi yoqilg‘i solishtirma sarfining o‘rtacha statistika me’yorlari qiymatlarini qo‘llashdan iborat bo‘lib, bu yuklamaning tasodifiy xarakterini va, mos ravishda, dizel-generator uskunasi va lokomotiv ko‘makchi uskunalarining ish rejimlarini hisobga olish imkonini bermaydi. jadvalda manevr lokomotivlarini yuk stansiyalaridan biridagi yoqilg‘i sarfi ko‘rsatilgan.

Lokomotiv seriyasi, raqami

Manevrlar
(soat)

Noyabr

Manevrlar
(soat)

Dekabr

Yoqilg‘i sarfi

Yoqilg‘i sarfi

fakt

norma

fakt

norma

TEM-2 6369

480

12307

7032

492

13317

7104

TEM-2 6370

548

11401

8056

518

9915

8461

Jadvaldan har ikki lokomotiv me’yordan ortiqcha yoqilg‘i sarflashi ko‘rinib, bunda yoqilg‘ining eng katta sarfi biriktirilgan stansiyaga, hamda qo‘shimcha tarzda qo‘shni stansiyaga xizmat ko‘rsatadigan TEM-2 6369 lokomotiviga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, TEM-2 6369 ning manyovr-soatlari TEM-2 6370 ga nisbatan kamroq. Yoqilg‘ining ortiqcha sarf qilinishi asosan manevr teplovozlari parkining eskirishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu dizelni zamonaviy energetika uskunalari bilan almashtirish zaruratini keltirib chiqaradi. Bunda manevr ishlarini bajarish uchun, bugungi kunda, qudratli manevr lokomotivlaridan foydalaniladi. Biroq ma’lumki, kuchli teplovozlardan chala (qisman) rejimlarda foydalanish dizel yoqilg‘isining anchagina ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Hozirga kelib temir yo‘l transportida qo‘llashga tayyor bo‘lgan dvigatellardan yer usti transporti ehtiyojlari uchun maxsus qayta ishlangan to‘rtinchi avlod gaz-turbinali aviatsiya dvigatellarini ko‘rsatish mumkin. Gaz-turbinali dvigatel parametrlarini tanlashga doir taklif etilayotgan yondashuv solishtirma yoqilg‘i sarfini 15-20% ga pasaytirish va aviatsiya dvigateliga nisbatan sovituvchi havo haroratini kamaytirish hisobiga dvigatel resursini 4-6 marta oshirish imkonini beradi.
AQSHda manyovr vagonlar guruhlarini siljitishning universal usuli manevr avtolokomotivlari bo‘lib, ular yordamida massasi 1250 t gacha bo‘lgan tarkibni 25 km/s tezlik bilan harakatlantirish mumkin. Ular 1,7 m diametrli va qalinligi 0,6 m bo‘lgan profilli g‘ildiraklariga ega bo‘lib, yo‘l bo‘ylab shpalalar uchlari bo‘ylab harakatlanadi. Quvvati biroz kamroq bo‘lgan Epping Avto-Shunter tyagach-vezdexodi massasi 150 t bo‘lgan tarkibni 17 km/s gacha tezlik bilan harakatlantira oladi. Rossiyada o‘z temir yo‘llariga ega bo‘lgan turli korxonalar va tashkilotlarda ko‘pincha motovozlar va lokomobillar ishlatiladi. 9.3-jadvalda turli xil turdagi akkumulyator batareykalari va yo`qilg`ida ishlovchi (gibrid) manevr lokomotivlatining qiyosiy parametrlari keltirilgan. Temir yo‘l bekatlarida manevr ishlarini bajarish bo‘yicha «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va chet el tajribalari taxlil qilish natijasida, hozirgi kundagi aksariyat manevr lokomotiv parklari o‘z xizmat muddatlarini uzaytirgan holda ishlatilayotganligi, katta xajmli shahobcha yo‘llarida shahobcha egalari tomonidan xarid qilingan xususiy lokomobillardan foydalanayotganligi aniqlandi.

Download 419.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling