OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
XALQ TA’LIMI XODIMLARINING MALAKASINI OSHIRISH
KURSI UCHUN
NUTQ MADANIYATI VA HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH
OʻQUV MODULINING MA’RUZA MATNLARI
Urganch-2021
1-mavzu. Oʻzbek tilining dalat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Режа:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining qabul qilinishi haqida ma’lumot berish.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonunining ahamiyati xususida mulohaza yuritish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi hamda “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 21-oktabrdagi Farmonlarining mazmun-mohiyati bilan tanishish.
“Har bir millatning dunyoda borligini koʼrsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yoʼqotmak millatning ruhini yoʼqotmakdur”.
Аbdulla Аvloniy
Oʼzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Аbdulla Аvloniyning ushbu soʼzlari tilga eʼtibor berishning naqadar zarur va ahamiyatli ekanligini yaqqol dalilidir.
Bugungi globallashuv davrida ona tilimizning rivoji masalasi yana ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Oʼzligimizni anglash, ajdodlarga munosib voris boʼlish va chin maʼnoda oʼzbek boʼlish uchun ham avvalo ona tilimizni chuqur bilmoq va tushunmoq kerak.
Yaqinda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʼldi.
1995-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 167-I-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunga ko’ra O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida Qonuni yangi tahriri qabul qilindi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Do'stlaringiz bilan baham: |