O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Download 1.29 Mb.
bet61/129
Sana02.06.2024
Hajmi1.29 Mb.
#1833855
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi

3. o’tloq- bo’z tuproqlar sizot suvlari 2,5-5 m chuqurlikda bo’lgan va nisbatan kamroq namlanib turadigan sharoitda shakllanadi. o’tloq-bo’z tuproqlari avtomorf bo’z tuproqlardan o’zining ayrim xususiyatlari jumladan, moddalar biologik aylanishining kuchliroq bo’lishi, gumusli qatlamining qalinligi va chirindining ancha ko’pligi bilan farqlanadi.
O’itloq bo’z tuproqlarning aksariyat maydoni sug’orilib, dehqonchilikda foydalaniladi.
o’tloq-bo’z tuproqlari 2 tipchaga: o’tloqsimon-bo’z tuproq-sizot suvlari barqaror (3,5-5m) bo’lmaydigan sharoitda uchraydi va 2 m dan pastda gleylanish alomati ifodalangan. o’tloq-bo’z tuproqlar sizot suvlari 2,5-3,5 m da ancha barqaror bo’lgan sharoitda hosil bo’ladi. Unda gumus ko’proq, gleylanish belgilari 1 m chuqurlikdan boshlanadi. Ular oddiy, sho’rxoksimon va shag’alli (galechnik) kabi avlodlarga bo’linadi.
Sug’orish natijasida o’zgargan o’tloq-bo’z tuproqlar alohida tipga – sug’oriladigan o’tloq-bo’z tuproqlarga ajratiladi.
4. Sug’oriladigan bo’z tuproqlar sug’orilib, turli muddatlardan buyon qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan sharoitda rivojlanadi. Sug’oriladigan bo’z tuproqlar o’zining qator xususiyatlari: profilining gorizontlariga yaxshi tabaqalashmaganligi; gumusning uncha ko’p emasligi (1-1,8 foiz), ammo sug’orish suvi bilan yotqizilgan keltirilmalarda chirindining teng miqdorda tarqalishi, karbonatli gorizontning yaxshi ifodalanmaganligi bilan xarakterlanadi.
Qadimdan sug’oriladigan (voha-bo’z) tuproqlarning barcha profilida sopol idishlarning siniqlari, suyak, ko’mir bo’laklari va boshqa predmetlarning qo’shilmalari uchraydi, chuvalchanglarning aktiv faoliyati izlari yaxshi ko’rinib turadi.
Sug’oriladigan bo’z tuproqlar o’zining zonachalar bo’yicha bo’linish xususiyatiga ko’ra quyidagi tipchalarga: sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlar, sug’oriladigan tipik bo’z tuproqlar, sug’oriladigan to’q tusli bo’z tuproqlar va qadimdan sug’oriladigan (voha bo’z) tuproqlarga ajratiladi (49-rasm).
O’rta Osiyoning qadimdan dehqonchilik qilib kelinayotgan vohalarida (Horazm, Zarafshon vodiysi), qalin agroirrigatsion qatlam (1-2 m dan ortiq)li voha-bo’z tuproqlari tarqalgan. Bu tuproqlarni dastlab M.A.Orlov (1933 y) «Madaniy sug’oriladigan» tuproqlar deb ta’riflagan.
Sug’oriladigan bo’z tuproqlar: oddiy, qayta sho’rxoklangan va shag’alli kabi avlodlarga bo’linadi. Gumusli (agroirrigatsiya) gorizonti qalinligiga qarab, qalinligi kam (<40 sm), qalinligi o’rtacha (40-70 sm) va qalin qavatli (>70 sm) singari turlar ajratiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling