7- mavzu. O‘zbekistonda tuproqlar geografiyasining rivojlanishi. O‘zbekistonning tekislik – cho‘l mintaqasi tuproqlar geografiyasi
O‘zbekistonda tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasining rivojlanish tarixi. Rivojlanish bosqichlari. Tuproqlar geografiyasi rivojlanishining hozirgi holati. O‘zbekiston tekislik-cho‘l mintaqasi tuproqlarining genezisi, tasnifi, tarkibi, xususiyatlari va tuzilmasi. Issiqlik va suv tartibi. Mintaqa tuproqlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilishi va Yevropa mamlakatlar tajribasi.
8- mavzu. O‘zbekiston tog‘ va tog‘ oldi mintaqasi tuproqlari geografiyasi
Tog‘ tuproqlari genetik xususiyatlari, tasnifi va asosiy xususiyatlari. Alohida tog‘li hududlari tuproqlari va balandlik mintaqalarining asosiy qonuniyatlari. Baland tog‘ tuproqlarining maxsus turlari. Tog‘ tuproqlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilishi va Markaziy Yevropa va Sharqiy Osiyo tajribalari.
9- mavzu. Tuproqlar tarqalishini xaritalashtirish, tuproq bonitrovkasi, yer kadastri va ularning ahamiyati
Tuproqlarni xaritalashtirishning asosiy usullari. Tuproqni xaritalashtirishda rel’efning ahamiyati. Tuproq xaritalarini tuzishda xalqaro hamkorlik. O‘zbekiston tuproq xaritasi. Tuproq boniteti va yer kadastri. Tuproq xaritalari, tuproq boniteti va yer kadastrining amaliyot uchun ahamiyati.
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar mavzularining taxminiy ro‘yxati:
Tuproqshunoslik va tuproqlar geografiyasiga oid tadqiqotlar tarixining asosiy davrlari;
Tuproq hosil qiluvchi g‘ovaksimon nurash mahsulotlari va tuproqning mexanik tarkibi;
Organizmlar va tuproq hosil bo‘lishi hamda geografiyasi;
Tuproq hosil bo‘lishida iqlimning o‘rni;
Tuproq hosil bo‘lishida rel’efning ahmiyati;
Tuproq tuzilmasi va fizik – mexanik xususiyatlari;
Tuproq gumusi va unumdorligi;
Tabiat va jamiyat hayotida tuproqning ahamiyati hamda uni muhofaza qilish muammolari;
Tuproqlar geografik tarqalishining asosiy qonuniyatlari;
Arktika, tundra va o‘rmon tundra tuproqlari;
O‘rmon va o‘rmon dasht tuproqlari;
Dasht, chala cho‘l va cho‘l tuproqlari;
Savanna va siyrak o‘rmonlar hamda dag‘al bargli doimiy yashil o‘rmonlar (O‘rta dengiz) tuproqlari;
Mavsumiy nam (musson) va nam ekvatorial o‘rmonlar tuproqlari;
O‘zbekiston tuproqlari geografiyasi;
O‘zbekistonning balandlik mintaqasi tuproqlari joylashuvi;
Tuproq boniteti;
Tuproqlar tarqalishini xaritalashtirish;
Amaliy mashg’ulotlar multimediya qurilmalari bilan jihozlangan auditoriya bir akademik, guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |