Mavzu:Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. Bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar
2.2.Tuproqning paydo bo`lishida barcha tabiiy geografik omillari
2.3. Tuproqni unumdorligini oshirish yo`llari
2.4.Yerlarni baholashni morfologik usuli
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Tajriba uchun dala tanlash o`ta ma’suliyatli ish bo`lib, etti o’lchab, bir kesishni taqozo etadi. Aks holda tajriba davomidagi barcha ishlar o`z qimmatini yo`qotadi. G’o’za-beda, g‘o‘za-g‘alla majmuidagi ekinlar agrotexnikasiga oid tajribalarni o’tkazish mo’ljallanganda tadqiq etiladigan hudud tuproqlarini batafsil o’rganib chiqish zarur. Ularning viloyat va O’zbekiston miqyosidagi o’rni va salmog’ini tasavvur etish uchun ilmiy adabiyot va respublikamiz, Shu ningdek, tajriba o’tkaziladigan xo’jalik va ilmiy muassasa tuproq xaritalari bilan tanishib chiqish talab etiladi. Bu, tanlangan dala tuproqlarining muayyan hudud uchun xosligi (o’xshashligi) haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va dala tajribalari natijalarini tuprog’i Shu tuproq turlariga xos boshqa hududlarga ham tavsiya qilish imkonini byeradi.Ta’kidlash joizki, har bir xo’jalik ishlab chiqarish yo’nalishidagi xo’jalik ham tajriba xo’jaligiga ham, tuproq va agrokimyoviy xaritanomalarga ega.G’o’zani parvarishlashda qo’llaniladigan agrotexnik va meliorativ tadbirlar tizimini to’g’ri amalga oshirish maqsadida respublikamiz viloyatlari o’ziga xos sharoitlaridan kelib chiqib, olimlarimiz tomonidan ikki guruhga - bo’z tuproqlar hamda sahro-cho’l mintaqalariga ajratildi. Quyida ularning tavsifi keltirilmoqda:Bo‘z tuproqlar mintaqasi tog’ va tog’ oldi hududlarini o’z ichiga oladi. U to’q tusli, tipik va och tusli bo’z tuproqlar mintaqasiga bo’linadi.
Sahro mintaqasi 3 ta mintaqadan: shimoliy, markaziy va janubiy mintaqachalardan tashkil topgan. Hududlar tabiiy sharoiti bo’yicha bunday bo’linishi ularning tuproqlari, Shu ningdek, bu tuproqlarda amalga oshiriladigan meliorativ va argotexnik tadbirlarga ko’ra bir-biridan farqlanishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |