Mavzu: Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari
Download 65.36 Kb.
|
Bir x`ojalik misolida bo`z tuproqlar tarqalgan hududdagi jigarrang tuproqlarni paydo qiluvchi omillar,tarqalish qonuniyatlari, ball boniteti va unumdorlikni oshirish yo`llari
III.Xulosa
Hozirgi vaqtda Kraft usuli o‘rniga Dokuchayev-Sibirtsev usullariga tayangan uslubiyatlardan foydalaniladi. Angliyada tuproqni baholashda ikki tipdagi usullardan foydalaniladi. Bu usullar tuproqni potentsial unumdorligi va daliliy mahsuldorligiga tayangan holda ishlangan. Rassel fikriga ko‘ra hosil taqdiri 3 guruhdagi sabablarga bog‘liq. 1. Dehqonga bog‘liq bo‘lmagan omillar, sabablar. 2. Qimmatbaho tadbirlarni qo‘llash bilan bog‘liq omillar. 3. Oddiy omillar, qaysiki dehqon har yili qo‘llay oladi. Birinchi guruh omillariga iqlim, joyning geografik o‘rni, relyef , tuproq qatlami qalinligi va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruh omillariga esa yerlarni zovurlash, sug‘orish kabi katta miqdordagi kapital sarflanishi lozim bo‘lgan ishlar kiradi. Uchinchi guruhga tuproqqa ishlov berish, o‘g‘itlash, begona o‘tlardan tozalish va boshqalar kiradi. Yana guruhlarni e’tiborga oluvchi 2 tipdagi uslubiyat ishlab chiqilgan bo‘lib, tuproqlar baholanadi. Birinchi tipdagi bonitirovkalash usulida tuproqni potentsial unumdorligi e’tiborga olinadi. Rassel fikriga ko‘ra bunda iqlim, relyef kabi tabiiy kattaliklarga tayangan holda tuproq 3 kategoriyaga 10 ta sinfga bo‘linishi kerak. Ikkinchi tipdagi uslubiyatda tuproqni baholash olingan hosil asosida olib boriladi, bu usul albatta juda dag‘al bo‘lib, buni Rasselni o‘zi ham ta’kidlagan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida tuproqni baholash ishlari 1899 yildan toki 1952 yilga qadar qishloq xo‘jaligi vazirligini tuproq xizmati guruhi tomonidan olib borilgan. Hozirgi kunda tuproq muxofazasi xizmati tashkil etilgan va ular tuproqni bonitirovkalash bilan shug‘ullanadi. AQSH da 2 usul keng qo‘llaniladi: a) majmuaviy usul bo‘lib, ko‘p yillik hosil asosida yerlar baholanadi, b) omilliy usul bo‘lib, tabiiy omillar e’tiborga olinadi, bunda tuproq xossalari va ularni yaxshilash nazarda tutiladi. Tuproqlar ularning mexanik tarkibi, qalinligi, suv o‘tkazuvchanligi, toshliligi va boshqalarga qorab sinflarga ajratiladi va ballar beriladi. Bu usul o‘zining ma’no va mazmuniga ko‘ra tabiiy tarixiy hisoblanadi. Usulda 100 balli shkaladan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda AQSH da yerdan foydalanishni qulaylashtiruvchi maxsus agroguruhli, tasnifli jadval ishlandi Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Yerlarni tasniflash uchun 8 ta sinf ajratilgan. Eng yaxshi va eng yuqori baholi sinflarga I-II sinflar kiradi. Qolganlari ozmi-ko‘p cheklanishlarga, ya’ni qaysidir o‘simliklarni hosildorligiga salbiy ta’sir qilishiga asoslangan. Kanadada tuproqlarni baholash ishlari Stori usuli bilan olib boriladi. Bu usul ham tabiiy tarixiy usulga yaqin bo‘lib, unda O‘zbekiston usuliga o‘xshash joylari ko‘p. Masalan, O‘zbekistonda tuproqlar 10 sinfga ajratilsa Kanadada 7 taga ajratiladi. Farqi O‘zbekiston usulida 1 sinfdan 10 sinfgacha tuproqlar yaxshilana boradi. Stori usulida 1 sinfdan 7 sinfgacha yomonlasha boradi. Sinflarga bo‘lish usuli agroguruhlarga bo‘lishni eslatadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolarida tuproq bonitirovkasi Dokuchayev va Sibirtsev usuli asosida mahalliy sharoitlarga moslashgan holda olib boriladi. Shunday qilib, Rossiyada o‘z zamonasida Dokuchayev tomonidan yaratilgan tuproqni bonitirovkalash usuli to‘la-to‘kis talabga javob beradi desak bo‘ladi, chunki bu usul hozirgi kunda ham, nafaqat Rossiyada balki qator boshqa mamlakatlarda ham asosiy bo‘lib xizmat qilmoqda. Tayanch iboralar. Yer, tuproq, kadastr, bonitirovka, nisbiy baho, unumdorlik, potentsial, sun’iy, tabiiy unumdorlik, erkin iqtisodiy uyushma, kadastr komissiyasi, tamoyillar, geologik, kimyoviy, fizikaviy, majmuaviy, «Avesto», xarita, masshtab, loyiha, soliq, podzol, oq yer, haydaladigan, sug‘oriladigan, supa relyef, qayinzor, organik modda, guberniya, pichanzor, yaylov, o‘rmon, so‘rov-statistika, dehqonchilik Download 65.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling